"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
3.14K subscribers
11.5K photos
1.61K videos
20 files
5.46K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #biznes_forum #Vengriya

📣 Ayni daqiqalarda Budapesht shahrida Vengriya-Oʻzbekiston biznes-forumi boʻlib oʻtmoqda.

Unda ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, ushbu biznes-forum doirasida “O'zeltexsanoat” uyushmasiga aʼzo 10 ga yaqin korxonalar ham B2B formatidagi uchrashuvlarda ishtirok etadilar.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_ko'rgazma #Vengriya

📣 YURTIMIZ ELEKTROTEXNIKA KORXONALARI VENGRIYAGA YO'L OLDI

Joriy yilning 29-mart-2-aprel kunlari Vengriyaning Budapesht shahrida boʻlib oʻtadigan “HUNGAROTHERM-2023" xalqaro koʻrgazmasida “Oʻzeltexsanoat” uyushmasiga aʼzo 10 ga yaqin korxonalar oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Qayd etish kerakki, elektrotexnika sohasida Oʻzbekiston-Vengriya oʻrtasidagi savdo va tovar aylanmasini oshirish hamda Yevropa kompaniyalari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida yurtimizdagi elektrotexnika sanoati korxonalari ushbu koʻrgazmada ilk marotaba ishtirok etmoqda. Bu esa Oʻzbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarining Yevropa bozorlariga kirib borish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi.

- Koʻrgazma doirasida nafaqat ishtirok etish, balki Vengriyaning nufuzli kompaniyalari bilan investitsiya va eksport imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida bir qator uchrashuvlarni rejalashtirganmiz – deydi uyushma Boshqarma boshligʻi I. Homidov.Bu bilan biz Yevropaning qator kompaniyalarini Oʻzbekistonga kengroq jalb etish va ushbu mamlakatga eksport shartnomalarini koʻpaytirish boʻyicha aniq takliflar bilan boryapmiz. Shu boʻyicha amaliy natijalar bilan qaytishimizga ishonaman.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Vengriya

📣 VENGRIYANING "AVICENNA HOLDING" KOMPANIYASI BILAN ANGLASHUV MEMORANDUMI IMZOLANDI

Mamlakatimiz elektrotexnika sanoatini rivojlanitirishda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, xorijiy tajribani mukammal o'rganish va jahon bozorirda yanada mustahkamroq o'rin egallash alohida ahamiyat kasb etadigan jihatlar hisoblanadi.

O'tgan hafta mobaynida, "O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sul xodimlari, uyushmaga a'zo korxonalar bilan birga "HUNGAROTHERM-2023" xalqaro ko'rgazmasida ishtirok etdilar. Ushbu safar doirasida vakillarimiz va Vengriyaning "Avicenna Holding" kompaniyasi prezidenti Shahrokh MirzaHosseini o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda kechgan samimiy muzokaralar natijasida uyushma va ushbu kompaniya o'rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Memroandumga ko'ra, kompaniya "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo korxonalarning mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilishda uyushma bilan hamkorlik qilish bo'yicha ish olib borishi belgilandi.

Shuningdek, ushbu kompaniyaning ehtiyoji uchun mamlakatimizda ishlab chiqarilgan ba'zi turdagi elektrotexnika mahsulotlarini xarid qilish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv so'ngida, "Avicenna holding" kompaniyasi prezidenti yurtimizga tashrif buyurib, uyushma rahbariyati bilan kengaytirilgan doirada uchrashuvlar o'tkazish va hamkorlik hajmini kengaytirish, shartnomalar imzolash niyatida ekanligini ta'kidlab o'tdi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Vengriya #Avicenna_holding

🟢 Vengriyaning "Avicenna Holding" kompaniyasi prezidenti uyushmaga tashrif buyurdi

➡️ Bir necha oy avval "O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sul xodimlari va uyushmaga a'zo korxonalar "Hungarotherm-2023" xalqaro sanoati ko'rgazmasida ishtirok etib qaytgan edilar.

➡️ Ushbu ko'rgazma doirasida ma'sullarimiz va Vengriyaning "Avicenna Holding" kompaniyasi prezidenti Shahrokh MirzaHosseini o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgan edi. Unda hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish, uyushma rahbariyati bilan O'zbekistonda ham muzokaralar o'tkazish bo'yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.

➡️Ushbu kelishuvga asosan, bugun Shahrokh MirzaHosseini "O'zeltexsanoat" uyushmasiga tashrif buyurdi va uyushma raisining birinchi o'rinbosari Mansur Xashimov bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Muzokaraning bosh mavzusi uyushma korxonalari mahsulotlarini Vengriya orqali Yevropa bozorlariga eksport qilish hajmini kengaytirish va bunda o'zaro hamkorlikni o'rnatish masalalari bo'ldi.

➡️ Uchrashuvda Shahrokh MirzaHosseini uchun tayyorlangan maxsus dastur bo'yicha bir nechta mahalliy korxonalarimizda o'rganish ishlari olib borilishi belgilandi. Shu bilan birga, mamlakatimiz elektrotexnika sanoati bilan dastlabki tanishuvdan so'ng, muzokaralarni davom ettirishga kelishildi.

➡️ Albatta Vengriya Yevropa bozorlariga kirishda qulay darvoza bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bunda esa ushbu mamlakatning tadbirkorlari, korxonalari bilan yaqindan hamkorlik aloqalarini o'rnatish muhim ahamiyat kasb etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Будапештга расмий ташрифи Венгриянинг йирик компания ва банклари раҳбарлари билан учрашувдан бошланди.

Программа официального визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Будапешт началась со встречи с главами крупнейших компаний и банков Венгрии.

#Mirziyoyev #tashrif #Vengriya #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X