"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Rossiya

📣 ROSSIYANING "ЛЮДИНОВОКАБЕЛЬ" KOMPANIYASI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO'LIB O'TDI

Kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasida, uyushma mutasaddilari va Rossiyaning "Людиновoкабель" kompaniyasi vakillari o'rtasida hamkorlik masalalari muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda tomonlar o'zaro hamkorlikning yangi yo'nalishlari va istiqbollari haqida fikr almashdilar. Xususan, Rossiya kompaniyasi vakillari mamlakatimizda kabel-sim mahsulotlarini mahalliylashtirish loyihalarida ishtirok etish istagida ekanliklarini bildirdilar.

O'z navbatida, uyushma ma'sullari o'zaro teng manfaatli hamkorlik aloqalari o'rnatilishidan mamnun bo'lishlarini ta'kidladilar.

Uchrashuv so'nggida, tomonlar joriy yil 24-26-aprel kunlari bo'lib o'tadigan "Innoprom. Markaziy Osiyo ko'rgazmasi" doirasida uyushma va Rossiya kompaniyasi rahbariyati o'rtasida muzokaralar o'tkazish imkoniyatini ko'rib chiqishga kelishdilar.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya_iqtisodiyoti #statistika

🟢 E'tiboringizga Rossiya iqtisodiyotiga oid statistik ma'lumotlarni o'zida jamlagan videomaterialni taqdim etamiz.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #hamkorlik

🟢 O'zbekiston va Rossiya bosh vazirlari uchrashdi

➡️ Bugun, 18-sentyabr kuni Moskvadagi Hukumat uyida O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning 4-yig‘ilishi bo’lib o'tdi.

➡️ Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin boshchiligidagi ikki mamlakat siyosiy doiralari muzokaralar olib bordilar.

➡️ Uchrashuvda gaz sohasidagi sheriklikni kengaytirish, shuningdek, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

➡️ O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisining o'rinbosari Jahongir Jamalov ham ushbu komissiya yig'ilishida ishtirok etdi.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#hamkorlik #texnopark #rossiya #tatariston

🇺🇿🇷🇺ROSSIYANING SALOHIYATLI “ALABUGA” ERKIN IQTISODIY ZONASI BILAN HAMKORLIK O‘RNATILADI

Xabaringiz bor, o‘tgan hafta O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi Rossiya Federativ Respublikasiga tashrifi chog‘ida, bir qator tadbirlarda ishtirok etib, nufuzli kompaniya vakillari bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi.

Delegatsiya tarkibida borgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Jahongir Jamalov va uyushmaning mas'ul xodimlari Rossiyaning yetakchi kompaniya vakillari bilan ham uchrashdilar.

🇷🇺Rossiyadagi barcha EIZlar umumiy daromadining 31 foizini, shuningdek, respublika sanoat-ishlab chiqarish daromadining 68 foizini tashkil qiluvchi Tatariston Respublikasida joylashgan “ALABUGA”maxsus erkin iqtisodiy zonasi mas'ul rahbari Pyotr Merabishvili bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar ancha samarali kechdi.

📝Bu yerda Uyushma boshqarma boshlig‘i E.Fayziyev, “Ohangaron Tech Industrial” texnoparki direktori J.Xitoyatovlar Toshkent viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “HI-TECH” klaster loyihasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar. Shuningdek, o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali Rossiyaning yuqori texnologik kompaniyalari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, investitsiya loyihalarini imtiyozli moliyalashtirish va eksport salohiyatini yanada oshirish yuzasidan kelishib olindi.

⚙️Alabuga eng yaxshi muhandislik, qurilish, kadrlar va ijtimoiy infratuzilmani ta'minlovchi to'liq tsiklli hamkordir. EIZ hududida 30 dan ortiq noyob import o‘rnini bosuvchi sanoat korxonalari joylashgan bo‘lib, ular o‘z tarmoqlarida yetakchi hisoblanadi. Xususiy investitsiyalarning umumiy hajmi 162 milliard rublni tashkil etadi, 11 ming ish o'rni yaratildi. Rezidentlarning 2022-yildagi umumiy daromadi 130 milliard rubldan oshgan. Ushbu texnoparkda kasb-hunar kolleji va alohida oliy ta'lim muassasasi faoliyat yuritadi. Muhandislik sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha “Alabuga” Rossiyada yetakchi hisoblanadi.

@uzeltexsanoat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Qozon #hamkorlik #Rossiya

🟢 Qozon shahrida Oʻzbekiston–Rossiya va Rossiya–Oʻzbekiston ishbilarmonlar kengashining 8-qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

➡️ Ushbu tadbir O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi doirasida o'tkazildi. Mazkur yig'ilishda yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari ham ishtirok etdi.

➡️ Oʻzbekiston–Rossiya ishbilarmonlar kengashi ikki mamlakat biznes doiralari orasida oʻzaro manfaatli sheriklik munosabatlarini oʻrnatish, qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, hamkorlik yoʻlida yuzaga keladigan masalalarga yechim topish maqsadida 2005-yilda Oʻzbekiston va Rossiya Savdo-sanoat palatalari negizida tashkil etilgan.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #sankt_peterburg #rossiya

🇷🇺SANKT-PETERBURG SHAHRIDA "ROSSIYA SANOATCHISI" XALQARO FORUM-KO'RGAZMASI BO‘LIB O‘TMOQDA

⚙️Ayni paytda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mahalliy kompaniyalarning eng so'nggi innovatsiyalarini taqdim etuvchi "Rossiya sanoatchisi" xalqaro forum-ko'rgazmasi o’z ishini boshladi.

➡️Forum “Barqarorlik va rivojlanish: asosiy texnologiyalar, davlatning roli, sanoat uchun kadrlar, xalqaro hamkorlikning yangi konturlari" mavzusida bo‘lib o‘tmoqda.

➡️Unda yirik kompaniya vakillari, soha mutaxassislari, shuningdek davlat korporatsiyalari va sanoat korxonalari, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar, turli mamlakatlardan kelgan tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.

➡️Jumladan, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari J.Jamalov va "Ohangaron Tech Industrial" texnoparki direktori J.Hidoyatovlar ham ishtirok etib, Rossiyaning mahalliy ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. Rossiyalik tadbirkorlarni O‘zbekistonga jalb etish bo‘yicha ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etilmoqda.

Forum 30-noyabrgacha davom etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#forum #sankt_peterburg #rossiya

🇷🇺"ROSSIYA SANOATCHISI" XALQARO FORUM SESSIYALARI BO’LIB O’TMOQDA

⚙️Avval xabar berganimizdek, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida mahalliy kompaniyalarning eng so'nggi innovatsiyalarini taqdim etuvchi "Rossiya sanoatchisi" xalqaro forum-ko'rgazmasi o’z ishini boshlagan edi.

➡️Forumda 140 dan ortiq turli formatdagi uchrashuv, plenar sessiya va ochiq majlislar o’tkazish belgilangan.

➡️Unda O’zbekiston tomonidan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari J.Jamalov va "Ohangaron Tech Industrial" texnoparki direktori J.Hidoyatovlar ham ishtirok etib, elektrotexnika va elektronika sanoatida hamkorlik masalalari, tajriba almashuv va sohadagi ilg’or texnologiyalar yuzasidan plenar sessiyalarda o’zaro fikr almashmoqdalar.

➡️Forum 30-noyabrgacha davom etadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #STAN

🇷🇺 Rossiya sanoat va savdo vaziri o’rinbosari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi

➡️ Mamlakatimiz delegatsiyasining Rossiyaga joriy yil 20-24-may kunlari tashkil etilgan tashrifi doirasida “O’zeltexsanoat” uyushmasi mutasaddilari bir qator samarali kelishuvlarga erishdilar.

➡️ Xususan, uyushma raisi Mirziyod Yunusov Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri o’rinbosari Mixail Ivanov va “СТАН” xoldingi bosh direktori o’rinbosari Aleksey Moguchev bilan muzokaralar o’tkazdi.

➡️ Muzokaralar mobaynida, tomonlar istiqbolli hamkorlik aloqalarini o’rnatishga doir takliflarni berdilar.

➡️ Uchrashuv yakunida, sanoat uchun muhim bo’lgan dastgohlar ishlab chiqarish va elektrotexnika yo’nalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #Moskabel

🇷🇺«Москабель-Обмоточные провода» zavodi bosh direktori bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi

➡️"O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov hukumat delegatsiyasi tarkibida Rossiyaga qilgan tashrifi mobaynida «Москабель-Обмоточные провода» zavodi bosh direktori Tatyana Bazilova bilan uchrashdi.

➡️Uchrashuvda tomonlar o'zaro faoliyat va hamkorlikning istiqbolli imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.

➡️Ayniqsa, O'zbekistonda hamkorlikda yuqori kuchlanishli kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarish bo'yicha yangi quvvatlarni yaratish har ikki tomon uchun ham manfaatli bo'lishi ta'kidlandi.

➡️«Москабель-Обмоточные провода» zavodi Rossiyada o'rta va yuqori kuchlanishli o'rama kabel-simlarni ishlab chiqarish bo'yicha eng yirik zavodlardan biri hisoblanadi.

➡️Shuningdek, ushbu zavodning yuqori texnologik asosga ega transpozitsiyali kabel-simlarni ishlab chiqarish bo'yicha Rossiyada analogi yo'q.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #Mishustin

⚡️ Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin Oʻzbekistonga keladi

➡️ Joriy yilning 9-10-sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin Oʻzbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi.

➡️ Bu haqda Bosh vazirning matbuot kotibi maʼlum qildi.

➡️ Tashrif dasturidan Oʻzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qoʻshma komissiyaning navbatdagi majlisini oʻtkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa obyektlarga tashrif buyurish koʻzda tutilgan.

Manba

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
➡️ #Peterburg #Rossiya

⚡️Sankt-Peterburgda O'zbekiston mahsulotlari namoyish etiladi

➡️ Joriy yilning 23-25-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida XX-Umumrossiya "Davlat buyurtmasi" forum ko'rgazmasi bo'lib o'tadi.

➡️ Unda elektrotexnika, to‘qimachilik, kimyo, oziq-ovqat, qurilish materiallari kabi yo‘nalishdagi yetakchi mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini namoyish etadilar.

➡️ Ishtirokchilar soni va ko‘lami: 400 dan ortiq Rossiya va xorijiy davlatlar kompaniyalari

➡️ Soha vakillari: Mashinasozlik, metallni qayta ishlash, kon sanoati, radioelektronika, IT, robototexnika va boshqa sohalar

➡️ Xalqaro delegatsiyalar: Xitoy, Hindiston, Turkiya, Indoneziya, BAA, Afrika va Lotin Amerikasi davlatlari

➡️ Ushbu ko‘rgazma O‘zbekiston kompaniyalari uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

👀 Rossiya davlat xaridlari tizimiga kirish;

👀 Eksport hajmini oshirish;

👀 Yirik chakana tarmoqlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatish;

👀 Uzoq muddatli sanoat kooperatsiyalariga asos yaratish.

📞 Qo'shimcha ma'lumot uchun: +99890-974-42-74

#MadeInUzbekistan #UzbekExport #DavlatBuyurtmasi2025 #SanktPeterburg

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Qozon #Rossiya

⚡️ O‘zbek elektrotexnika mahsulotlari Qozonda namoyish qilinmoqda

➡️ 2025-yil 14–16-may kunlari Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o‘tkazilayotgan “Russia Halal Expo 2025” xalqaro ko‘rgazmasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi korxonalar faol ishtirok etmoqda.

➡️ Mazkur nufuzli tadbir doirasida O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatiga oid mahsulotlari “Made in Uzbekistan” milliy stendi orqali keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilinmoqda. Ko‘rgazmadagi ishtirok O‘zbekistonning sanoat salohiyatini xorijiy bozorlarda targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ko‘rgazmada alohida ekspozitsiya bilan qatnashib, maishiy texnika va kabel sanoatiga oid mahsulotlarni uchta funksional zona shaklida taqdim etmoqda:

🔊 Oshxona zonasi – bu bo‘limda zamonaviy maishiy texnika namunalari namoyish etilgan;
🔊 Qurilish zonasi – bu qismda elektr energiyasi uchun mo‘ljallangan turli quvvatdagi kabel mahsulotlari joylashtirilgan;
🔊 Hammom zonasi – bu zonada esa maxsus maishiy texnika turlari bilan tanishish mumkin.

➡️ Milliy stend doirasida quyidagi o‘zbek brendlari o‘z mahsulotlarini ko‘rgazmaga olib chiqqan:
KLEO, IDEAL, MAGNA, BRANDO, MONO ELECTRIC hamda Artikul Aziya Kabel.

➡️ Mazkur ishtirok nafaqat sanoat salohiyatini ko‘rsatmoqda, balki O‘zbekiston brendlari uchun yangi eksport imkoniyatlarini yaratmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #hamkorlik

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ Joriy yilning 16 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi vakillari hamda uyushma raisi Mirziyod Yunusov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda Rossiya tomonidan Savdo vakili K.Zligostev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o‘rtasida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish va savdo aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️ Muzokaralar davomida tomonlar Rossiyaning elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, ularning Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Shuningdek, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish, O‘zbekistonga Rossiya kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalarni jalb qilish va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishi ta'kidlandi. Tomonlar kelgusida ham izchil va amaliy sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM