➡️ #Nukus #elektrotexnika⚡️NUKUSDA PANEL RADIATORLAR ISHLAB CHIQARISH LOYIHASINING BORISHI OʻRGANILDI ➡️ “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi raisi o'rinbosari J. Jamalov boshchiligidagi Ishchi guruhi
Qoraqalpog’iston Respublikasidagi elektrotexnika sanoati korxonalarining ishlab chiqarish jarayoni va 2024-yilda ishga tushadigan yangi loyihalarning mavjud holati yuzasidan oʻrganishlar olib bormoqda.
➡️ Jumladan,
Nukus shahrida
“Оsten technologies” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan
“Radiator va lift ishlab chiqarish” loyihasining qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
➡️ Loyihaning umumiy qiymati
23,5 mln dollar boʻlib,
1,7 gektar yer maydonida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Mazkur korxona ishga tushsa,
300 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.
➡️Ishchi guruhi loyihani
tezroq ishga tushirish yuzasidan barcha zarur choralarni koʻrish va tadbirkorga bu borada
amaliy yordam berishini maʼlum qildi.____________
⚡️Shuningdek, "Artel Electronics Manufacturing" korxonasining Qoraqalpog'iston Respublikasidagi filiali
"Nukus Samsung" korxonasi faoliyati bilan tanishildi.
➡️Mazkur korxonada xorijdan olib kelingan ilg'or texnologiyalar yordamida zamonaviy changyutgichlar ishlab chiqarilmoqda.
______________
‼️Ma'lumki, ushbu loyihaga Prezidentning 19 avgust kuni Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi chog'ida start berilgan edi.📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw