"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#yashil_energetika
#navoiy

⚡️Навоий вилоятида йирик шамол электр станцияси барпо этилади

Бирлашган Араб Амирликларининг «Masdar» компанияси томонидан Навоий вилоятининг Томди туманида қуввати 500 МВт бўлган шамол электр станцияси қуриляпти.

2024 йил якунига қадар ишга туширилиши режалаштирилган мазкур электр станцияси орқали йилига 1 миллиард 800 миллион кВт/соат электр энергияси ишлаб чиқарилади. Бунинг натижасида йилига 540 миллион куб/метр табиий газ тежалишига эришилади ҳамда атмосферага 720 минг тонна зарарли газлар чиқишининг олди олинади.

Ушбу мега лойиҳанинг умумий қиймати 600 миллион долларни ташкил этиб, юз фоиз хорижий инвестиция ҳисобига амалга оширилади.

Аҳамиятлиси, станция қурилиши давомида 800 нафаргача ва ишга тушгандан сўнг 30 нафар янги иш ўрни яратилади.

✍️Эслатиб ўтамиз, ушбу йирик лойиҳа Президентимизнинг 2020 йил 22 декабрдаги қарори асосида амалга оширилмоқда.
➡️ #Navoiy #taqdimot

📣NAVOIYDA – NAVBATDAGI TARG'IBOT TADBIRLARI O’TKAZILDI

Kuni kecha Navoiy viloyatida mahalliy tadbirkorlarimiz tomonidan ishlab chiqarilayotgan muzlatkich omborlari va issiqlik tizimlari targ'ibotlariga oid uchrashuv va ko'rgazmali taqdumot bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillari, uyushmaga a'zo "Texnopark", "Komfort" kabi korxonalar mutaxassislari, navoiylik fermerlar, dehqonlar, issiqxonachilar, mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu taqdimot ko'rinishidagi uchrashuvda, boshqa viloyatlarda bo'lgani kabi katta va kichik hajmli muzlatkich omborlari va ko'mirda ishlaydigan issiqlik tizimlariga oid barcha ma'lumotlar yig'ilganlarga atroflicha tushuntirildi.

📝Imtiyozli kreditlar, davlat tomonidan ushbu texnologiyalarni xarid qilishda beriladigan subsidiyalar, uzoq muddatli kafolat va tezkor servis xizmatlariga oid faktlar uchrashuv qatnashchilarida katta taassurot qoldirdi.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Navoiy #Hayat_Power_Cable_Sytsems

📣MEDIA TUR: "Hayat Power Cable Systems" MChJ korxonasining faoliyati o'rganildi

Mamlakatimizda kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ulushi tobora o’sib bormoqda. Ushbu yo’nalishda faoliyat olib borayotgan ishlab chiqaruvchilarning ayniqsa jahon bozorlariga chuqur kirib borayotganligi quvonarli holat. Albatta bunda ushbu korxonalarni qo’llab-quvvatlash, ularning muammolariga birgalikda yechim izlash "O’zeltexsanoat" uyushmasining asosiy vazifalaridan biridir.

Shu sababli uyushma mas’ul xodimlari yurtimizning barcha hududlari bo’ylab elektrotexnika korxonalari faoliyatini yaqindan o’rganib, tahlil etib boradilar. Shunday o’rganishlardan biri Navoiy viloyati, Karmana tumani, Navoiy EIZ hududida joylashgan "Hayat Power Cable Systems" MChJ korxonasida bo’lib o’tdi.

➡️ BATAFSIL

🇺🇿 O'zbekcha 🇷🇺 Русский 🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kooperatsiya #Navoiy

🟢 "Hayat Power Cable Systems" korxonasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida uchrashuv tashkil qilindi

Navoiy viloyatida joylashgan "Hayat Power Cable Systems" korxonasi respublikamizdagi yetakchi kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri.

"O'zeltexsanoat" uyushmasi "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi" ma'sul xodimlari tomonidan ushbu korxonada davlat tashkilotlari va mahalliy korxonalar vakillari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvdan ko'zlangan asosiy maqsad importni optimallashtirish uchun kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdan iborat bo'ldi. Tadbirda davlat tashkilotlari va bir qator tarmoq korxonalari vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir ishtirokchilari "Hayat Power Cable Systems" korxonasidagi ishlab chiqarish jarayoni, laboratoriya-sinov texnologiyalari, mahsulotlar sifati, turi, kafolati va korxona imkoniyatlarini o'zida aks ettirgan ma'lumotlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bugungi kunda ushbu korxonada barcha turdagi, xatto respublikada analogi yo'q 110-120-kVt kuchlanishda ishlovchi kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati mavjud.

Bundan tashqari, ushbu korxona ISO:9001, ISO:17025 kabi laboratoriya muvofiqligini baholash standartlariga ega. Korxona o'z mahsulotlarini so'nggi vaqtlarda Turkiya, Eron kabi xorijiy davlatlarga, shuningdek, respublikamizda o'z loyihasini amalga oshirayotgan "Mitsubishi" kompaniyasiga ham yetkazib berib kelmoqda.

Korxonada hattoki yaroqlilik muddati tugagan kabel-sim mahsulotlarini qayta ishlab, sifatli mahsulot yaratish jarayonlari ham tashkil etilgan.

Uchrashuv so'ngida korxona mutasaddilari va ishtirokchi davlat tashkilotlari o'zaro muzokara olib borib, yaqin kelajakda hamkorlik aloqalarini kengaytirishni maqsad qilayotganliklarini ta'kidladilar.

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Gidrostankoservis #kooperatsiya #Navoiy

🟢 Kooperatsiya aloqalarini kengaytirish maqsadida "Gidrostankoservis" korxonasida uchrashuv bo'lib o'tdi

"O'zeltexsanoat" uyushmasi ma'sullarining Navoiy viloyatiga qilgan ishchi tashriflari doirasida, ushbu viloyatda joylashgan "Gidrostankoservis" korxonasi mutasaddilari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvni tashkil etishdan asosiy maqsad, uyushma korxonalarining ehtiyoji uchun xorijdan import qilinib kelinayotgan butlovchi qismlarni "Gidrostankoservis" korxonasidan xarid qilish istiqbollarini o'rganishdan iborat bo'ldi.

Korxonaga uyushmaning "Mahalliylashtirish, kooperatsiyani kengaytrish va importni optimallashtirish boshqarmasi" ma'sul xodimlari boshchiligida mahalliy "Sam elektro servis", "Rosso" va boshqa korxonalar vakillaridan iborat jamoa tashrif buyurdi.

Shu bilan birga, "Milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Dehqonobod kaliy zavodi" AJ korxonalaridan ham ma'sullar ushbu tashrif ishtirokchilari bo'ldilar.

➡️ BATAFSIL»

🇺🇿 O'zbekcha
🇷🇺 Русский
🇺🇸 English

📝 Fb 📝 Tg 💻 Insta 🎞 Ytube 🌍 Site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Navoiy #kooperatsiya

🟢 "NAVOIYAZOT" AJDA KOOPERATSIYA YARMARKASI TASHKIL ETILDI

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ko'magi bilan "Navoiazot» AJ" hududida "TEXNOPARK" MChJ korxonalari tomonidan zavod xodimlari, mutaxassislar va rahbarlarga innovatsion qurilish hamda keng turdagi sanoat mahsulotlari namoyish qilindi.

➡️ Kooperatsiya yarmarkasida kompaniya vakillari isitish va sovitish tizimlari, lift va eskalatorlar, suv nasoslari, izobazalt mahsuloti, HPL hamda PIR panellar, metall konstruktsiyalar, shuningdek boshqa bir qator mahsulotlar bilan ishtirok etdilar.

➡️ Bunday kooperatsiya uchrashuvlari boshqa hudud va korxonalarda ham tashkil qilinadi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Navoiy #Universal_Filter

🟢 Avtomobil filtrlari ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati o’rganildi

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari Navoiy viloyatiga qilgan xizmat safarlari mobaynida avtomobillar uchun “Universal Filter” brendi ostida turli xil filtrlarni ishlab chiqaruvchi “Navpromlitmash” korxonasiga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrif avvalida, korxona mutasaddilari hamrohligida mas’ullarimiz ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Shuningdek, ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish, imtiyozli kreditlardan foydalanish bo’yicha korxona rahbariyatiga vakillarimiz tomonidan atroflicha ma’lumotlar berildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Uzerae_Cable #Navoiy

⚡️Yurtimizda yana bir yangi kabel turi mahalliylashtirilmoqda

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ul xodimlari ayni paytda Navoiy viloyatida xizmat safarida bo'lib turibdilar.

➡️ Safar mobaynida, viloyatda joylashgan soha korxonalari, tashkilotlar o'rtasida kooperatsiya, uyushmaga a'zolik va boshqa masalalarda uchrashuvlar o'tkazilmoqda.

➡️ Xususan, bugun uyushma mas'ullari viloyatda joylashgan "Uzerae Cable" korxonasiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida korxona vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvda uyushmaga a'zolik, elektrotexnika sanoatiga oid huquqiy yangiliklar va kooperatsiya masalalari muhokama qilindi.

➡️ O'z o'rnida korxona mas'ullari "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo bo'lish va birgalikda, ishlab chiqarish, eksport va sertifikatlashtirishni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.

➡️ Shu bilan birga uyushma xodimlari tomonidan korxonaning ishlab chiqarish va laboratoriya sinov jarayonlari yaqindan o'rganildi.

➡️ Ayni paytda ushbu korxona respublikada ishlab chiqarilmaydigan yangi kabel mahsuloti - avtomobillar motori uchun kabel-sim mahsulotini ishlab chiqarishni yo'lga qo'ymoqda.

➡️ Uyushma mas'ul xodimlari ertaga "Navoiyazot" AJ korxonasida bo'lib o'tadigan kooperatsiya uchrashuviga "Uzerae Cable" korxonasi mutaxassislarini taklif qildilar.

📝Fb 📝 Tg 🌐 In 📹 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Navoiy #loyihalar

⚡️Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan yangi loyihalarning holati o'rganildi

➡️ Bir necha kun avval davlatimiz rahbari tomonidan elektrotexnika sanoatida ishlab chiqarish, eksport va investitsiya oqimini oshirish bo'yicha videoselektor yig'ilishi o'tkazilgan edi.

➡️ Ushbu yig'ilishda elektrotexnika sanoati iqtisodiyotimizning drayver tarmoqlaridan biriga aylanayotganligi aytib o'tildi. Shu bilan birga, davlatimiz rahbari bugungi natijalar bilan cheklanib qolmaslik, ishlab chiqarish va eksport hajmlarini oshirish bo'yicha mas'ullarga bir qator vazifalar berdilar.

➡️ Sohada ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo'yicha har bir hududda amalga oshirilayotgan yangi loyihalarning o'rni beqiyos. Navoiy viloyatida ham bugungi kunda 10 ga yaqin yangi loyihalarning qurilish, ishga tushirilish jarayonlari amalga oshirilmoqda.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ul xodimlari mazkur loyihalarning borishini o'rganish maqsadida viloyatda xizmat safarida bo'ldilar.

➡️ Bugungi kunda Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalarning aksariyati quyidagilar:

💬 Navoiy shahrida - "Navpromlitmash" korxonasi tomonidan har xil turdagi filtr ishlab chiqarishni kengaytirish va modernizatsiya qilish;

💬 "Navoiy Elektroremont" korxonasi tomonidan yuqori kuchlanishli elektrodvigatellar ishlab chiqarish;

💬 Karmana tumanida - "Davud Karmana" korxonasi tomonidan har xil turdagi sovutgichlar, muzlatgichlar va uskunalar ishlab chiqarish;

💬 "UzEraeCable" korxonasi tomonidan dvigatel simlarini ishlab chiqarish;

💬 "Ihlas Elektrik" korxonasi tomonidan kabel-sim mahsulotlarini ishlab chiqarish;

💬 "Ihlas Elektrik" korxonasi tomonidan polipropilen va polietilendan quvur va fitinglar ishlab chiqarish.

➡️ Ushbu loyihalarning umumiy qiymati $ 20 mln dollarni, yaratiladigan yangi ish o'rinlari soni esa 225 tani tashkil etadi.

➡️ Uyushma mas'ullari ushbu loyihalarni o'rganish mobaynida korxonalar mutasaddilari bilan muloqot qilib, ularni qiynayotgan muammolarni o'rgandilar. Shuningdek, ushbu muammolarga birgalikda yechim topish borasida fikrlar almashildi.

➡️ Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan joriy yil 5-sentyabr kuni o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida bayon etilgan yangiliklar haqida ma'lumotlar berildi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Навоий шаҳридаги саноат зонасида бўлиб, вилоятдаги саноат корхоналарининг маҳсулотлари ва салоҳияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил промышленную зону в городе Навои, где ознакомился с продукцией и потенциалом промышленных предприятий области.

#Mirziyoyev #safar #Navoiy #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X