"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Malayziya #DNeX

⚡️ Malayziyaning DNeX kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi

➡️ Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Malayziyada bo‘lib turibdi.

➡️ Delegatsiya tarkibida bo‘lib turgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov bir qator yirik kompaniya hamda tashkilot rahbarlari bilan muzokara olib bormoqda.

➡️ Tashrif doirasida savdo aylanmasi $ 1.2 mlrd dollarni tashkil etuvchi, yirik “DNeX” xoldingi ijrochi raisi Syed Zainal Abidin bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Malayziya #MIMOS

⚡️ Malayziyaning “MIMOS Berhad” R&D markazi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi

➡️ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Malayziyada bo‘lib turibdi.

➡️ Bugun Malayziya Fan, texnologiyalar va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi “MIMOS” yarimo‘tkazgichlar, mikroelektronika va AKT texnologiyalari sohasidagi yetakchi innovatsion markaz vakillari bilan muzokara olib borildi.

➡️ "MIMOS" 1000 dan ortiq patent va mualliflik huquqiga ega bo’lib, uning loyihalari va ishlanmalari amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etilgan. Bundan tashqari, markaz nufuzli xalqaro kompaniya xodimlarini yarimo'tkazgichlar yo'nalishida o'qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini amalga oshiradi.

➡️ Shu bilan birga, "MIMOS" laboratoriyasida yarimo'tkazgichlar sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning nuqsonlarini aniqlash, sabablarini tahlil qilish va uni bartaraf etish choralari yuzasidan tegishli xulosalar taqdim etiladi. Bu borada kompaniya katta tajriba va amaliyotga ega.

➡️ Uchrashuv davomida kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va loyihalar haqida to'liqroq ma'lumot taqdim etildi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #biznes_forum #malayziya

⚡️ Malayziyadagi biznes-forumda yurtimiz elektrotexnika sanoati taqdimot qilindi

➡️ Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi Hukumat delegatsiyasi Malayziyada bo‘lib turibdi.

➡️ Bugun Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Unda iqtisodiyotning muhim “drayver" tarmoqlari qatori O’zbekiston elektrotexnika sanoatining bugungi istiqbollari, oxirgi yillarda erishilgan yutuqlari, sohaning o’sish ko’rsatkichlari, xalqaro brendlarning jalb etilishi, Koreya kompaniyalari ishtirokida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari yuzasidan “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov taqdimot qildi.

➡️ Shuningdek, bizes-forumda Malayziyaning nufuzli kompaniya vakillari, 100 dan ortiq ishbilarmon doira vakillari ishtirok etib, «B2B» va «G2B» shaklidagi muzokaralarda faol qatnashdilar.

➡️ Jumladan, "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi M.Yunusov, Boshqarma boshlig'i F.Abdualimovlar ham Malayziyaning yirik kompaniya rahbarlari bilan elektrotexnika sanoatida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, investorlarni O‘zbekistonga jalb etish va eksport shartnomalarini ko‘paytirish bo‘yicha muzokaralar olib bordi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Malayziya #memorandum

⚡️ Malayziya ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (FMM) bilan anglashuv memorandumi imzolandi

➡️ Kuni kecha Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston-Malayziya biznes forumi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Malayziya ishlab chiqaruvchilar federatsiyasi (FMM) vitse-prezidenti Goh Bun Kim bilan anglashuv memorandumini imzoladi.

➡️ Memorandumga ko'ra, tomonlar yarimo‘tkazgichlar tarmog‘ini rivojlantirish, ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, elektrotexnika sohasidagi boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma dasturlar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан 4-5 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима 4-5 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Prezident #Malayziya

⚡️ Kuala-Lumpur shahridagi “Perdana Putra” hukumat majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Malayziya

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Strategik sheriklik yoʻlida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzoladilar.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Malayziya

⚡️ Oʻzbekiston va Malayziya qoʻshma sheriklik bo'yicha innovatsion rivojlanish davri boshlanganini eʼlon qildi

➡️ O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim o‘zaro hamkorlik uchun 2025-2026-yillarni innovatsion rivojlanish davri deb e’lon qilishga kelishib oldilar.

➡️ Bu kelishuv 5-fevral kuni Kuala-Lumpurda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tuzilgan.

➡️ O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, iqtisodiy hamkorlik yangi modelining asosiy yo‘nalishlari sifatida, neft-kimyo, elektronika, yarimo‘tkazgichlar sanoati, innovatsion texnologiyalar, aqlli qishloq xo‘jaligi, yashil energiya, ziyorat turizmi va boshqalar belgilab olindi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident #Malayziya

⚡️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim Kuala-Lumpur shahrida qoʻshma biznes forumida ishtirok etdilar.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM