"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.55K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Prezident_tashrifi #Munosabat

“SAMO TECHNO”: 4 kishilik jamoadan katta bir korxonaga aylangan tadbirkor


➡️Xabaringiz bor, kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi sanoat hududida amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishgan edi. Ushbu tashrif mobaynida Prezidentimiz Chilonzor tumanida monoblok va planshetlar ishlab chiqarish bilan shug'ullanib, qariyb 50 nafar aholini ish bilan ta'minlagan tadbirkor, "Samo Techno" MChJ rahbari Alisher Xo'jamberdiyev bilan suhbatlashgan edi.

➡️Ushbu muloqotda aytilgan gaplar, takliflar va fikr-mulohazalar haqida "Hanson" brendi asoschisi Alisher Xo'jamberdiyev "O'zbekiston-24" telekanali uchun maxsus intervyu berdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍92👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Malaka #reklama

Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish kursiga
qabul davom etmoqda


➡️ "O'zeltexsanoat" huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kursiga qabullar davom etmoqda.

➡️Siz ham oʻqishga va malaka oshirishga shoshiling!

➡️Kurslar offline shaklda kunduzgi va kechki soatlarda olib boriladi!


📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko'kcha darvoza ko'chasi, 10-uy.

☎️ Telefon: +99890-964-01-97

ℹ️ Email: s.ulashov@uzeltexsanoat.uz

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1👏1👌1
➡️ #China #CEC #Hamkorlik

🇺🇿🇨🇳"O‘zeltexsanoat" uyushmasi va "China Electronic Corporation" o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi


➡️“O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Pekin shahrida Xitoyning yetakchi korporatsiyalaridan biri — “China Electronic Corporation” (CEC) vitse-prezidenti boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar olib bordilar.

➡️Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi sanoat hamkorligini chuqurlashtirish, xususan, elektrotexnika, elektron komponentlar ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat avtomatizatsiyasi va “yashil texnologiyalar” sohalarida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

➡️Mazkur uchrashuv O‘zbekistonda yuqori texnologiyali sanoatni rivojlantirishga qaratilgan strategik hamkorlik yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, tomonlar o‘rtasida uzoq muddatli va sermahsul aloqalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🟦🟦🟦🟦

❗️Бутун интернет атиги 400 та кабелга таянади


Бу — халқаро миқёсдаги интернет трафигининг 95 фоизи узатиладиган сув ости оптик толали кабеллар харитаси.

YouTube'даги видеолар, банк карталари орқали амалга ошириладиган тўловлар, телефон қўнғироқлари, ёзишмалар — ҳаттоки ушбу пост ҳам айнан шу кабеллар орқали етказилади. Кўпчилик интернетни аллақачон симсиз тизим деб тасаввур қилади. Аммо аслида интернет тизими симли бўлиб, бу кабеллар сони унчалик кўп эмас.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Eng yaxshi odam – bu har kuni biroz yaxshiroq bo‘lishga harakat qiladigan odam.


ROBIN SHARMA

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥21👏1👌1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 13-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (07-12-iyul, 2025-yil)

➡️ Turkiyaning “Yamankoc Danışmanlık” kompaniyasi bilan hamkorlikda eksklyuziv o‘quv dasturini tashkil etiladi

➡️ Elektrotexnika korxonalariga eksport faoliyatini yo‘lga qo‘yish va uni kengaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar

➡️ “Sam-Ferre” korxonasida Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchi korxonalar uyushmasi rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi

➡️ "Alp Texno Servis" korxonasi ishlab chiqarish jarayonidan eksklyuziv lavha

➡️ Yarimo'tkazgichlar sohasini rivojlantirishda KOICA bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Farg'onada metall panelli radiatorlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy sanoat korxonasi ishga tushdi

➡️ Voltalia va mahalliy elektrotexnika korxonalari: yashil energiya loyihalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

➡️ Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish kursini navbatdagi tinglovchilar yakunladi

➡️ Energetika vazirligi va "O'zeltexsanoat" uyushmasi vakillari "Nammotors" korxonasi faoliyatini o'rgandilar

➡️ Qashqadaryodagi "Solar Cluster" hududida amalga oshirilayotgan elektrotexnika loyihalari holati o‘rganildi

➡️ “SAMO TECHNO”: 4 kishilik jamoadan katta bir korxonaga aylangan tadbirkor

➡️ Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish kursiga qabul davom etmoqda

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va "China Electronic Corporation" o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Industrial

⚡️ Uyushma raisi “Eltech Industrial” texnoparkida amalga oshirilayotgan loyihalar holati bilan tanishdi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi boshchiligidagi Ishchi guruhi Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkiga tashrif buyurib, ushbu hududda amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish loyihalarining joriy holatini o‘rgandilar. Tashrif davomida loyihalarning texnik-texnologik parametrlari, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot turlari va eksport salohiyati bo‘yicha batafsil tanishtiruvlar o‘tkazildi.

➡️ Har bir loyiha bo‘yicha uning mahalliylashtirish darajasi, xomashyo ta’minoti, mehnat resurslari va infratuzilma bilan ta’minlanish holatidan kelib chiqib tahlil qilindi. Joylarda loyihalarning tezroq ishga tushishini ta’minlash, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va eksport imkoniyatlarini oshirish yuzasidan aniq topshiriqlar va zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar oldiga texnologik yangilanish, mahsulot sifati va xalqaro standartlarga muvofiqlik borasida ham muhim vazifalar qo‘yildi.

➡️ “Eltech Industrial” texnoparki bugungi kunda elektrotexnika sanoati bo‘yicha mamlakatdagi eng yirik loyihalarni o‘zida jamlagan sanoat maydonchasiga aylanmoqda. Bu yerda mikroprotsessor modullari, yuqori kuchlanishli kabellar, mis quvurlar, transformator simlari, maishiy texnika va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Tashabbuskorlar orasida “Vades Group”, “Enco Group”, “Metal Processing Technology”, “Premier Electrotech”, “United Cable-Co”, “Nura Group” kabi mahalliy va xorijiy investorlar ishtirokidagi kompaniyalar mavjud.


➡️ Texnopark hududida amalga oshirilayotgan barcha loyihalarning umumiy qiymati $ 439 million dollardan oshadi. Ular orqali 3 800 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yiliga $ 590 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan. Bunda ishlab chiqariladigan mahsulotlar nafaqat ichki bozorga, balki xalqaro talabga ham mos kelishi ko‘zda tutilgan.

➡️ Tashrif yakunida texnopark infratuzilmasini rivojlantirish, ijtimoiy obyektlar — oliy ta’lim muassasasi, texnikum, sport majmuasi, poliklinika, ofis va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etilishi bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
➡️ #lift #qaror

⚡️ Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilandi


➡️ Hukumat qarori (431-son, 12.07.2025 y.) bilan “Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

➡️ Nizomga koʻra, bino va inshootlarda oʻrnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda boʻlgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1 marta tartibda majburiy davriy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

➡️ Foydalanishga topshirilgan va yangi oʻrnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida roʻyxatga olinishidan avval dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazilishi shart.

➡️ Dastlabki texnik koʻrik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Bunda texnik koʻrik natijalarining toifasiga qarab quyidagi ranglarda maʼlumot yorligʻi liftga yopishtiriladi:

⏺️ foydalanishga yaroqli liftga “yashil”;
⏺️ qisman nosoz liftga “moviy”;
⏺️ nosoz liftga “sariq”;
⏺️ foydalanish uchun xavfli liftga “qizil”.

➡️ Texnik koʻrik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli maʼlumot yorligʻi bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim.

Batafsil»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM