"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.56K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Thermo_Tech #Ferghana

⚡️ Farg'onada metall panelli radiatorlar ishlab chiqaruvchi zamonaviy sanoat korxonasi ishga tushdi


➡️ Farg'ona viloyati, Uchko‘prik tumanida joylashgan “Thermo Tech” MChJ tomonidan metall panelli radiatorlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonasi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.

➡️ Loyiha “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshirilgan bo‘lib, umumiy qiymati 30 million AQSh dollarini tashkil etadi.

➡️ Korxona hududi 6,6 gektarni tashkil etib, 38 ming kvadrat metr bino va inshootlarga ega. Italiya va Turkiyadan olib kelingan ilg‘or texnologiyalar asosida jihozlangan ishlab chiqarish sexlari hozirda test rejimida ish boshlagan.

➡️ Korxona yiliga 900 ming dona metall panelli radiator ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lib, bu orqali 400 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

➡️ 300 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi — bu esa tuman aholisining bandligini ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.

➡️ Mazkur zamonaviy korxona faoliyati “O‘zbekiston 24” telekanali ijodkorlari tomonidan atroflicha yoritildi. Reportajda zavodning texnologik imkoniyatlari, iqtisodiy samaradorligi hamda yangi ish o‘rinlari yaratilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Uzeltexsanoat #ElectricSales #Partnership #export #investitsiya #Tashkent

#UZELTEXSANOAT yangi a'zo – "Electric Sales" korxonasini a’zolikka qabul qiladi


➡️ “Electric Sales” MChJ xorijiy korxona shaklida tashkil etilgan bo‘lib, 2024-yil 6-fevral kuni davlat ro‘yxatidan o‘tgan.

➡️ Korxona Toshkent shahri, Shayxontohur tumanida joylashgan bo‘lib, hozirda elektr taqsimlovchi va boshqaruv apparatlari ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda.

➡️ “Electric Sales” korxonasi “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga rasmiy a’zo sifatida qabul qilindi.

➡️ Korxonada 50 nafar xodim faoliyat yuritmoqda. 2024-yilda korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati quyidagilardan iborat bo'lgan: 2 703 dona elektr qalqonlari (Электрические щиты), 3 921 dona yoritgichlar uchun metall ustunlar hamda 30 mln dona shtamplangan metall buyumlar.

➡️ Uyushma yangi a’zo korxona – #ElectricSales bilan hamkorlikni rivojlantirishga tayyor va uni vakolat doirasida har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

📍 "Electric Sales" korxonasi yuridik manzili - geolokatsiya

🖥 Korxona haqida: ma'lumot

#Uzeltexsanoat #ElectricSales #NewMember #Membership #export #industry #uzbekistan #innovation #growth

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #world_news

⚡️ XALQARO YANGILIKLAR DAYJESTI

E'tiboringizga xalqaro savdo, jahon bozori va elektrotexnika sanoatiga ta'sir etuvchi eng muhim yangiliklarni havola etamiz.


➡️ Donald Tramp Yaponiya va Janubiy Koreyaga qarshi 25% lik boj tariflari o'rnatilishini e'lon qildi

➡️ AQShda import qilinadigan misga nisbatan 50% bojlar o'rnatiladi

➡️ Qozog‘istondan AQShga eksport qilinadigan tovarlar uchun 25 % tarif bojlari joriy etiladi

➡️ Sun'iy intellekt markazlari rivojlanishi ortidan elektr energiyasiga bo'lgan talab 2 baravar oshadi

➡️ Yevropa Ittifoqi AQSh bilan savdo bitimini tezda yakunlamoqchi

➡️ AQSh Xitoyga yo‘naltirilishi mumkinligi sababli Tailand va Malayziyaga AI chip eksportini cheklamoqchi

➡️ Pokiston Ko'rfaz va Afrika davlatlariga energiya te'jamkor elektr ventilyatorlar eksportini ko'paytirishni rejalashtirmoqda

➡️ Ummon elektrotexnika mahsulotlari eksporti 2025-yil I chorakda 141% ga o'sdi

➡️ Pokiston AQShga transformatorlar eksport qila boshladi

➡️ Xitoy-AQSh “Rare Earth” bitimi: Jahon elektrotexnika sanoatiga ta’siri

🔔 BATAFSIL»
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Biror narsani boshlash uchun zo‘r bo‘lish shart emas, ammo zo‘r bo‘lish uchun boshlash shart.


FRED DEVITO

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1💯1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 09-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Voltalia #hamkorlik

⚡️ Voltalia va mahalliy elektrotexnika korxonalari: yashil energiya loyihalarida hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda


➡️ O‘zbekistonning muqobil energetika yo‘nalishidagi loyihalarida ishtirok etayotgan Fransiyaning yetakchi kompaniyalaridan biri — Voltalia hamda mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbirda Energetika vazirligi mas'ullari, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o'rinbosari Abror Boyev, Voltalia kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Carole Pontais xonim boshchiligidagi delegatsiya va Uzkabel, Techno Cable Group, Artikul Aziya Kabel, O‘zelektroapparat-Elektroshield, Nura-High Technologies, Sitan kabi uyushmaga a’zo korxonalar vakillari ishtirok etdi.

➡️ Uchrashuv davomida Voltalia tomonidan O‘zbekiston hududlarida amalga oshirilayotgan quyosh fotoelektrik stansiyalari va energiya saqlash tizimlari (BESS) qurilishi bo‘yicha loyihalarda mahalliy elektrotexnika mahsulotlarini yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.


➡️ Mahalliy ishlab chiqaruvchilar xorijiy delegatsiyaga o‘zlarining ishlab chiqarish quvvatlari, mahsulot assortimenti va texnologik imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazdi.

➡️ Muzokaralar yakunida tomonlar kooperatsion aloqalarni mustahkamlash, Voltalia loyihalarida mahalliy mahsulotlardan foydalanishni kengaytirish bo‘yicha hamkorlikda ishlashga kelishdilar.

➡️ Ma’lumot uchun: Voltalia — 2005-yilda Fransiyada tashkil etilgan, bugungi kunda 30 dan ortiq mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya sohasida faoliyat yurituvchi yirik kompaniya.

➡️ Bugungi kunda kompaniya Buxoro va Xorazm viloyati hududlarida umumiy quvvati 500 MW qayta tiklanuvchi energetika loyihalarni amalga oshirmoqda.

🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #YamanKoc #export

⚡️ "GO GLOBAL" - “O‘zeltexsanoat” uyushmasidan yangi loyiha: Tashqi savdoda bilim va salohiyatni oshirish imkoniyati!


➡️ Tashqi savdo, eksport yo'nalishida kadrlar malakasini oshirishni xohlovchi korxonalar diqqatiga!

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Turkiyaning TOP-5 talikdagi eng nufuzli konsalting kompaniyalaridan biri – “Yamankoc Danışmanlık” bilan hamkorlikda eksport yo‘nalishida zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni beruvchi eksklyuziv o‘quv dasturini tashkil etmoqda.

➡️ Treningni kim o‘tkazadi?

➡️ Yaman Koç - Turkiyaning tashqi savdo va marketing bo‘yicha 25 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro darajadagi ekspert. Yaman Koç Yevropa va Turkiyaning yuzlab kompaniyalari uchun tashqi savdo tahlil tizimlari, strategik rejalashtirish, bozorga chiqish modellarini yaratgan. O‘zbekistonning yirik kompaniyalari bilan ishlash tajribasiga ega.

➡️ Dastur taqvimi:

14–iyul - 01-avgustgacha – Toshkentda nazariy mashg‘ulotlar

11–15 avgust – Anqara (Turkiya) shahrida amaliyot va diplom topshirish marosimi


➡️ Dastur quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

Mahsulotlar va TIF TN kodlari bilan to'g'ri ishlash;

Maqsadli bozor matritsasini tuzish;

Bozorlarni saralash va aniqlashtirish;

Mijoz turlarini segmentatsiya qilish;

Mijozlar bazasini tuzish va tahlil qilish;

Raqobatchilarni aniqlash va baholash;

Eksport strategiyasini ishlab chiqish.


➡️ Batafsil ma’lumot: yamankoc.com

☺️ Qo`shimcha malumotlar uchun quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
+99897-744-22-44 | +99871-207-44-66 (711)

‼️ Ishtirokchilar soni cheklangan! Ro'yxatdan o'tishning so'ngi kuni 10-iyul. Dasturda ishtirok etishni istagan korxonalar imkon qadar ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlari tavsiya etiladi.

📍 Manzil: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi binosi, 3-qavat, Eltech malaka o'quv markazi. (geolokatsiya)

🟢 Eslab qoling: bilimli va strategik fikrlovchi kadr – har qanday kompaniya muvaffaqiyatining kalitidir.
Eksportda raqobatbardosh bo‘lish uchun birinchi qadamni bugun tashlang!


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев пойтахтимизнинг Чилонзор туманидаги саноат ҳудудида амалга оширилаётган лойиҳалар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с реализуемыми проектами в промышленной зоне Чиланзарского района столицы.

#Mirziyoyev #tanishuv #Chilonzor #sanoat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Xato qilishdan qo‘rqmang. Faqat undan hech narsa o‘rganmaslikdan qo‘rqing.


ROBERT KIYOSAKI

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 10-iyul kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Malaka #bitiruv

Quyosh panellariga texnik xizmat ko'rsatish kursini navbatdagi tinglovchilar yakunladi


➡️ "O'zeltexsanoat" huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kursinining navbatdagi guruhi a'zolari o'qishni tamomladilar.

➡️ Bugun ushbu o'quv kursinida tahsil olgan tinglovchilar test sinovlaridan o'tdilar va maxsus sertifikatlarni qo'lga kiritdilar.

➡️ Siz ham oʻqishga va malaka oshirishga shoshiling!

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko'kcha darvoza ko'chasi, 10-uy.

☎️ Telefon: +99890-964-01-97

ℹ️ Email: s.ulashov@uzeltexsanoat.uz

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM