"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.5K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #AI #seminar

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi


➡️ Bugun, 20-iyun kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida “Sanoatda sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari va rivojlanish tendensiyalari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

➡️ Unda uyushma ijro apparati xodimlari faol ishtirok etdi.

➡️ Seminar-treningdan asosiy maqsad — elektrotexnika sohasida raqamli texnologiyalar, ayniqsa, sun’iy intellekt imkoniyatlarini amaliyotga joriy etish, kadrlar salohiyatini oshirish hamda bu yo‘nalishda soha mutaxassislarini yangi bilimlar bilan qurollantirishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi vakillari tomonidan taqdimotlar qilindi.

➡️ Seminar davomida mavzu yuzasidan ochiq muloqot shaklida savol-javoblar o‘tkazildi, sun’iy intellektning ishlab chiqarish jarayonlaridagi qo‘llanilishi, mehnat unumdorligiga ta’siri va xavfsizlik choralari yuzasidan muhim fikr-mulohazalar bildirildi.

➡️ Uyushma tomonidan bunday bilim almashish uchrashuvlari muntazam davom ettirilishi rejalashtirilgan.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Eltech_Malaka #intervyu

KELAJAK SOHANI O'RGANISHGA TALAB KATTA


➡️ "O'zeltexsanoat" huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kursini tamomlab, sertifikat olgan tinglovchimiz oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

➡️ Siz ham oʻqishga va malaka oshirishga shoshiling!

📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko'kcha darvoza ko'chasi, 10-uy.

☎️ Telefon: +998 90-964-01-97

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Afghanistan #yarmarka #OAV

⚡️ O'zbek elektrotexnika mahsulotlari Afg'onistonda talabgir bo'lib bormoqda


➡️ Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida o‘tkazilayotgan savdo yarmarkasining 3-kuni doirasida ham “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi mamlakatimiz elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar keng namoyish etilmoqda.

➡️ Mazkur tadbirda o'zbek elektrotexnika mahsulotlari joy olgan stendlar potensial xaridorlar va hamkorlik istagidagi tadbirkorlar bilan gavjum.

➡️ Yurtimiz elektrotexnika sanoati korxonalari yarmarka doirasida o'z mahsulotlarini to'g'ridan-to'g'ri, cheklanmagan miqdorda sotish va Afg'onistonda dilerlik markazlarini ochish bo'yicha kelishuvlarga erishish imkoniyatiga ega bo'lmoqdalar.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi Eksport va marketing boshqarmasi mas'ul xodimi A'zamjon Qulmurodov mazkur yarmarka, uning ahamiyati va mamlakatimiz tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar xususida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Муборакдаги Газни қайта ишлаш заводи атрофидаги тайёр инфратузилмаси бор, темир йўл ўтган 200 гектар майдонда инновацион саноат зонаси ташкил этилади.

Ушбу саноат зонасида кластер тизими асосида нефть-кимё, электротехника, робототехника ва қурилиш материаллари бўйича 5 та йирик лойиҳани бошлаш вазифаси қўйилди.

Вилоят пахта етиштириш бўйича етакчи бўлсада, тўқимачилик саноатидаги улуши 10 фоизга ҳам етмайди. Ҳозирда 100 минг тонна ип-калаванинг атиги 28 фоизи қайта ишланади.

Шу мақсадда Косондаги 40 гектарда ташкил этилган янги технопаркда 200 миллион долларлик 12 та лойиҳа қилиш режалаштирилган. Лекин сув тозалаш иншооти ва канализация йўқлиги учун ишлар тўхтаб қолган. Мутасаддиларга технопарк инфратузилмаси учун маблағ ажратиш топширилди.

Умуман, 400 миллион долларлик 35 та лойиҳани бошлаб, бу йил ип-калавани қайта ишлашни 51 фоизга, келгуси йили 100 фоизга етказиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|X
Ҳозирнинг ўзида вилоятдаги 20 минг оилада уй-жойга эҳтиёж бор.

Шу муносабат билан жорий йилда 7 минг 700 та хонадон қурилишини якунлаш, аҳоли зич бўлган Шаҳрисабз ва Қарши шаҳри, Китоб, Косон, Чироқчи, Яккабоғда яна 5 минг хонадонли уйлар қуришни бошлаш зарурлиги кўрсатиб ўтилди.

Хонадонлар энергия самарадор тизимга ўтиши учун Кўкдала ва Нишон туманлари, Қарши шаҳридаги ижтимоий объектлар ва хонадонларга қуёш панели, гелиоколлектор ўрнатишига кўмаклашиш топширилди.

Вилоят бошқармалари ва туман бўлимлари эса йил якунигача биносига камида 20 киловаттли қуёш панеллари ўрнатиши белгиланди.

Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Ferghana #yarmarka

⚡️ Farg‘onadagi sanoat yarmarkasining yakuniy kunida elektrotexnika sohasi vakillari faol ishtirok etdi


➡️ Bugun Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan “Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi” o‘z ishini yakunlamoqda. Tadbirning ikkinchi kuni ham “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari uchun faol muloqot va hamkorlik maydoniga aylandi.

➡️ Yarmarka doirasida uyushmaning “Mahalliylashtirish va kooperatsiyani kengaytirish boshqarmasi” vakillari hamda korxonalar mas'ullari tomonidan o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga doir muzokaralar olib borildi.

➡️ Elektrotexnika, qurilish, energetika va boshqa sohalardagi B2B formatidagi uchrashuvlar davomida ko‘plab hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.

➡️ Ko‘rgazmada ishtirok etgan “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo korxonalar o‘z mahsulotlarini namoyish etibgina qolmay, raqobatbardoshlik, eksport salohiyati va mahalliylashtirish darajasini oshirish borasida yangi tashabbuslarni ilgari surishdi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥3
Президент Шавкат Мирзиёев Қашқадарё вилояти Кўкдала тумани маъмурий марказидаги улкан бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Шу билан давлатимиз раҳбари Қашқадарёга ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с масштабной созидательной работой в административном центре Кукдалинского района Кашкадарьинской области.

На этом глава государства завершил поездку в Кашкадарью и вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #Kukdala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X