"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.51K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.53K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Metsol

⚡️ Uyushma mas'ullari tomonidan "Metsol" korxonasi faoliyati o'rganildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari tomonidan “Metsol” MCHJ korxonasi faoliyati o‘rganildi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi, mavjud sharoit va imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

➡️ Korxona rahbariyati bilan suhbat davomida ishlab chiqarishni kengaytirish bo`yicha, bir nechta texnik-uskunalar yangilanganligi aytib o`tildi, hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va fikrlar almashildi.

➡️ Shuningdek, korxona tomonidan hozirgi kunda elektr ta’minotida ko`p uzilishlar vujudga kelayotganligi aytib o`tildi, bu masalani ijobiy hal qilishda uyushmaning mas’ul xodimlari tomonidan amaliy yordam ko`rsatilishiga kelishib olindi.

➡️ Bu kabi tashriflar sanoat korxonalarining faoliyati bilan bevosita joyida tanishish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Artel #Afghanistan

⚡️ Artel Electronics – Mozori-Sharifdagi yarmarkada o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda


➡️ Artel kompaniyasi Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida bo‘lib o‘tayotgan savdo yarmarkasi doirasida o‘zining keng turdagi mahsulotlarini taqdim etmoqda. “Made in Uzbekistan” brendi ostida namoyish etilayotgan elektrotexnika, maishiy texnika vositalari va innovatsion texnologik yechimlar Afg‘oniston iste’molchilarida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

➡️ Yarmarka Afg‘oniston bozorining real ehtiyojlarini o‘rganish, potensial xaridorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish, mahalliy hamkorlar bilan barqaror iqtisodiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.


➡️ Mazkur ishtirok orqali O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarining tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kengaytirish va “Made in Uzbekistan” brendi nufuzini mustahkamlashga erishish ko‘zda tutilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2💯2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Siz dunyoni o‘zgartira olmaysiz. Ammo dunyoni anglagan holatda yashashingiz mumkin.


ALBERT KAMYU

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2💯1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 22-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (16-21-iyun, 2025-yil)

➡️ “Samo Techno” korxonasining yangi bosqichdagi faoliyati o‘rganildi

➡️ Talabalarning uyushmada bo'lib o'tgan bitiruv ishi himoyalari "O‘zbekiston 24" telekanalida yoritildi

➡️ "Premier" korxonasi Afg'onistonga ilk eksportini yo‘lga qo‘ydi

➡️ Raqamlashtirish bo'yicha Turkiyaning "Trex" kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi

➡️ “Envision Group” vakillari bilan uchrashuv: O‘zbekistonda BESS texnologiyalarini mahalliylashtirish masalalari muhokama qilindi

➡️ Elektrotexnika sanoati korxonalariga MES tizimini joriy qilish o'rganildi

➡️ Afg‘onistonda o'zbek elektrotexnika mahsulotlari savdo yarmarkasi bo'lib o'tdi

➡️ Prezident Qashqadaryoga tashrifini "Alp texno servis" korxonasi faoliyatini o'rganishdan boshladi

➡️ Farg‘ona viloyatida hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi tashkil etildi

➡️ “Power Electric Group” korxonasi faoliyati o‘rganildi

➡️ O'zbek elektrotexnika mahsulotlari Afg'oniston bozoriga chuqurroq kirib bormoqda

➡️ Afgʻonistonga Royal brendi ostidagi mahsulotlar eksport qilindi

➡️ Prezidentning "Alp texno servis" korxonasiga tashrifi bo'yicha maxsus reportaj

➡️ Oʻzbekiston – Ozarbayjon: “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar koʻrgazmasida Artel kompaniyasi ishtirok etdi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida sun’iy intellektdan foydalanish mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсухнинг таклифига биноан 24-25 июнь кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Монголии Ухнаагийна Хурэлсуха 24-25 июня посетит эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Biznes_forum #Mongolia

⚡️ O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi: elektrotexnika sanoatida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


➡️ 2025-yil 23-iyun kuni Mongoliya poytaxti Ulan-Bator shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi arafasida O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki davlat vazirlik va idoralari, tarmoq uyushmalari, hududiy hokimiyatlar hamda 300 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.

➡️ Forumga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Mongoliya tomoniga esa Bosh vazir o‘rinbosari Saynbuyangiyn Amarsayxan rahbarlik qildi.

➡️ Forumda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov ham qatnashdi. U forum va uning doirasida tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etib, elektrotexnika sanoatidagi hamkorlik imkoniyatlari, xususan, maishiy texnika eksporti va qo‘shma tashabbuslar yuzasidan fikr almashdi.


➡️ Tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlari belgilandi. Xususan, elektrotexnika va maishiy texnika mahsulotlari savdosi ham ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi.

➡️ Forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Unda o‘zbek ishlab chiqaruvchilar, jumladan elektrotexnika sohasidagi korxonalar mahsulotlarini namoyish qildi. Shuningdek, B2B va G2B uchrashuvlari o‘tkazilib, amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Президент Администрацияси тузилмасига ўзгартиришлар киритилди. Президент Администрацияси раҳбари лавозими ташкил қилинди.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Саида Шавкатовна Мирзиёева Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари лавозимига тайинланди.

Указом Президента Республики Узбекистан внесены изменения в структуру Администрации Президента. Введена должность руководителя Администрации Президента.

Указом Президента Республики Узбекистан Мирзиёева Саида Шавкатовна назначена на должность руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан.

Facebook|Instagram|X
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Aqlli odam har bir vaziyatdan chiqish yo‘lini topadi. Dono odam esa bunday vaziyatga tushmaydi.


ALBERT EYNSHTEYN

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1
➡️ #london_metall_birjasi

📊 23-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мўғулистон Президенти Ухнаагийн Хурэлсухнинг таклифига биноан давлат ташрифи билан ушбу мамлакатга жўнаб кетди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Монголии Ухнаагийна Хурэлсуха отбыл в эту страну с государственным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Muguliston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Memorandum #Mongolia

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va “Gerege Systems” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


➡️ 2025-yil 23-iyun kuni Ulan-Bator shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston–Mongoliya biznes-forumi doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi va Mongoliyaning “Gerege Systems” kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

➡️ Mazkur hujjat elektr va gaz hisoblagichlarini joriy etish, ularni nazorat qilish hamda boshqarish sohalarida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi.

➡️ Xususan, O‘zbekistondagi ishlab chiqaruvchilarning tajribasi asosida Mongoliyada elektr va gaz hisoblagichlarini hisobga olish tizimini joriy etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

➡️ Ushbu hamkorlik ikki davlat o‘rtasidagi sanoat aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi va o‘zaro texnologik sheriklikni yanada mustahkamlashi kutilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1
➡️ #President #export

⚡️ Yaqin Sharqdagi vaziyat Oʻzbekistonni yangi eksport yoʻllarini ochishga majbur qilmoqda


➡️ Soʻnggi kunlarda Yaqin Sharqda roʻy bergan harbiy harakatlar shundoq ham notinch vaziyatni yanada keskinlashtirib yubordi. Bu esa, albatta, Oʻzbekistonning jahonga chiqish yoʻllariga va tashqi savdo aloqalariga salbiy taʼsir qilishi mumkin.

➡️ Shavkat Mirziyoev 23-iyun kuni oʻtkazgan yigʻilishda, bu vaziyatni toʻgʻri baholash va tezkor choralar koʻrish zarurligini taʼkidlab oʻtdi.

➡️ Yaqin Sharqdagi vaziyat tufayli, Oʻzbekiston eksport yoʻnalishlarini diversifikatsiya qilish, yuklarni boshqa xavfsiz portlarga koʻchirishi zarur. Boshqa portlar orqali yuk tashish xarajatlari 30 foizga oshishi mumkin. Shuning uchun, hamkor davlatlar bilan yangi yoʻllarni kelishib olish va eksportchi korxonalarni qoʻllab-quvvatlash topshirildi.


➡️ Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va boshqa idoralarga eksport-import ishlari boʻyicha yordam berish va yangi bozorlar topish vazifasi berildi. Shuningdek, ichki bozorda narxlarni barqaror saqlash ham muhim ekanligi taʼkidlandi.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Aql – bu har bir narsani anglash emas, balki nimani e'tiborga olish kerakligini bilishdir.


UILYAM JAMES

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3