"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.38K subscribers
11.6K photos
1.63K videos
20 files
5.54K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Savdo_yarmarkasi

⚡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi tashabbusi bilan Afg'onistonning Mozori Sharif shahrida "Made in Uzbekistan" brendi ostida savdo yarmarkasi tashkil etiladi


➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi mamlakatimiz elektrotexnika sanoati korxonalarining tashqi bozorlarda faol ishtirokini ta'minlash, eksport salohiyatini oshirish hamda qo'shni davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash maqsadida qator tadbirlarni amalga oshirmoqda.

➡️ Joriy yilning 18-20-iyun kunlari Afg'onistonning Mozori-Sharif shahrida O'zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning savdo yarmarkasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur yarmarkada "Made in Uzbekistan" brendi ostida ishlab chiqarilgan yuqori sifatli elektrotexnika mahsulotlari, maishiy texnika vositalari va innovatsion yechimlar taqdim etilishi ko'zda tutilgan.

➡️ Savdo yarmarkasi doirasida ikki davlat ishbilarmon doiralari va tadbirkorlari o'rtasida biznes uchrashuvlar, eksport shartnomalarini imzolash, yangi hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralar o'tkazilishi ham rejalashtirilgan.

➡️ Mazkur tadbir Afg'oniston bozoridagi talab va ehtiyojlarni o'rganish, mahalliy hamkorlar bilan yaqindan muloqotni yo'lga qo'yish hamda ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdo aylanmasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

➡️ "O'zeltexsanoat" uyushmasi ushbu yarmarkada mamlakatimizning yetakchi elektrotexnika sanoati korxonalarining faol ishtirokini ta'minlaydi hamda "Made in Uzbekistan" brendi ostidagi mahsulotlar orqali tashqi bozorda raqobatbardoshlikni oshirishga yordam beradi.

➡️ Savdo yarmarkasiga barcha mahalliy va xalqaro hamkorlar, tadbirkorlar va investorlar taklif etiladi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +99893-686-88-60

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Insonning eng katta kuchi — o‘z fikrini o‘zgartirishga jur’at qilgan lahzada paydo bo‘ladi.


JORJ BERNARD SHOU

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 04-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Statura #Kommet_Pro

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari “Statura” va “Kommet Pro” korxonalarida bo'ldilar


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasining mas’ul xodimlari tomonidan “Statura” va “Kommet Pro” korxonalarining amaldagi faoliyati o‘rganildi, ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishildi, mavjud sharoit va imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

➡️ Korxona rahbariyati bilan suhbat davomida ayrim amaliy masalalar muhokama qilindi. Jumladan, ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik-uskunalarni yangilash, hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va fikrlar almashildi.

➡️ Shuningdek, uyushma vakillari tomonidan korxonalarning kelgusidagi rejalariga oid fikrlar tinglandi, muloqot davomida o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

➡️ Bu kabi tashriflar sanoat korxonalarining faoliyati bilan bevosita joyida tanishish, ularni qo‘llab-quvvatlash va amaliy yechimlar ishlab chiqish imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Dolzarb_90_kun

⚡️ Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar: “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktablarga tashriflar boshlandi


➡️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning yozgi ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o'qitish bo‘yicha qator muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda.

➡️ Bugun ushbu ezgu maqsadlar doirasida Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov hamda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 24-maktab va 11-maktablarga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif chog‘ida maktab rahbariyati, pedagoglar, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari bilan ochiq va samimiy muloqotlar o‘tkazildi.

➡️ Muloqot davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

Ta’til davrida maktab o‘quvchilari uchun bepul zamonaviy kasb kurslarini tashkil etish;

Yoshlarni robototexnika va boshqa texnik yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish;

Maktab jamoasi va o‘quvchilarning taklif va fikrlarini amaliy rejaga kiritish.


➡️ Tashrif natijasida birinchi bosqichda mazkur maktablarda robototexnika, dasturlash va maishiy texnikalarga xizmat ko'rsatish bo‘yicha bepul o‘quv kurslari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

➡️ Ushbu kurslar orqali o‘quvchilar nafaqat yangi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, balki kelajak kasblariga ilk qadamlarini qo‘yadilar.

➡️ “Dolzarb 90 kun” — bu yoshlar uchun imkoniyat, o‘z ustida ishlash, rivojlanish va kelajakka ishonch bilan qarash loyihasi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
Ўзбекистон халқига Қурбон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Курбан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥🔥🔥🔥🔥🔥 🔥🔥🔥🔥🔥🔥

Hurmatli yurtdoshlar!

🙏 “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi siz, aziz vatandoshlarimizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etadi!

🙏 Qurbon hayiti — mehr-oqibat, sabr-toqat, saxovat va bag‘rikenglik singari ezgu fazilatlarni yana bir bor yurakdan his etishga undaydigan ulug‘ ayyomdir. Bu bayram xalqimizning asrlar davomida shakllangan ezgu an’analari, birlik va hamjihatlik qadriyatlarini namoyon etuvchi muqaddas kunlardan biridir.

🙏 Yurtimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyoti barchamizning birdamligimiz va fidoyiligimiz mevasidir.

🙏 Shu qutlug‘ kunda sizlarga sihat-salomatlik, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilaviy baxt va cheksiz shodlik tilaymiz!

🙏 Yurtimiz ravnaqi, xalqimiz baxti va ezgu niyatlarimiz ijobati yo‘lida qilinayotgan barcha duolar qabul bo‘lsin.

🙏 Qurbon hayiti bayramingiz muborak bo‘lsin!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг таклифига биноан Словакия Республикаси Бош вазири Роберт Фицо 8-10 июнь кунлари расмий ташриф билан мамлакатимизда бўлади.

По приглашению Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева 8-10 июня Премьер-министр Словацкой Республики Роберт Фицо посетит нашу страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Slovakiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Baxt — yo‘lda yurganingda boshdan kechiradigan hissiyotdir, manzilga yetganingda emas.


GREG ANDERSON

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 08-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #investment #tashkent

Ertaga Toshkent shahrida Toshkent xalqaro investitsiya forumi oʻz ishini boshlaydi


➡️ Bu yilgi forumning oʻziga xos jihati shundaki, uning doirasida ilk bor investitsiya koʻrgazmasi tashkil qilinmoqda.

➡️ Koʻrgazmada yirik mahalliy xususiy kompaniyalar xalqaro investorlarga oʻz imkoniyatlarini namoyish etish imkoniga ega boʻladilar.

Shuningdek, forum doirasida panel muhokamalari va uchrashuvlar oʻtkaziladi.


➡️ Forumda 3000 dan ziyod ishtirokchilar: vazirlar, xalqaro moliya institutlari vakillari, siyosatchilar, iqtisodchilar, dunyoning yetakchi korporatsiyalari va investitsiya fondlari top-menejerlari, shuningdek, barqaror rivojlanish, innovatsiyalar va raqamli transformatsiya boʻyicha ekspertlar kelishlari kutilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2