"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.38K subscribers
11.6K photos
1.63K videos
20 files
5.54K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Кўксарой қароргоҳида мамлакатимизга расмий ташриф билан келган Словакия Республикаси Бош вазири Роберт Фицони расмий кутиб олиш маросими бўлди.

В резиденции «Куксарой» прошла церемония официальной встречи Премьер-министра Словацкой Республики Роберта Фицо, совершающего официальный визит в нашу страну.

#Mirziyoyev #tashrif #Slovakiya #marosim

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Cashgenics #Hindiston

⚡️ "Cashgenics" korxonasi Hindistonda 3,5 million AQSh dollarilik eksport shartnomalariga erishdi


➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan "Cashgenics" korxonasi Hindistonda o‘tkazilgan xalqaro biznes tadbirlari doirasida o‘zining yangi eksport imkoniyatlarini kengaytirib, mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha muhim shartnomalarga erishdi.

➡️ Mazkur muvaffaqiyat Hindiston – Markaziy Osiyo biznes kengashi tomonidan tashkillashtirilgan tadbirlar doirasidagi uchrashuvlar va B2B muzokaralar natijasida qo‘lga kiritildi. Aynan ushbu tadbirlar davomida "Cashgenics" o‘z mahsulotlariga qiziqish bildirgan hamkor kompaniyalar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi va o‘zaro manfaatli shartnomalar tuzishga muvaffaq bo‘ldi.

➡️ Natijada, "Cashgenics" Hindistonning yetakchi kompaniyalari bilan umumiy qiymati 3,5 million AQSh dollari miqdoridagi eksport shartnomalarini imzoladi. Kompaniya o‘z faoliyatini kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan yaqin hamkorlikni davom ettiradi.

➡️ "Cashgenics" Hindistonda quyidagi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi: "Wald Wide International", "BharatiyaZPM", "Wimman", "Cosmic Care", "Big Hearts", "Velogic", "Shymal Khmathan" va "Art International".


➡️ Ushbu muvaffaqiyat "Cashgenics" korxonasining xalqaro bozordagi mavqeini mustahkamlash bilan birga, O‘zbekistonning ishlab chiqarish va eksport salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#biznes_forum

O‘zbekiston–Slovakiya biznes forumi bo'lib o'tdi


➡️Toshkent shahrida Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitso rasmiy tashrifi doirasida O‘zbekiston – Slovakiya biznes-forumi o‘tkazildi.

➡️Ushbu forum O‘zbekiston Respublikasi va Slovakiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlashga xizmat qildi.

➡️Tadbirda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham ishtirok etib, elektrotexnika sohasidagi investitsion imkoniyatlar, raqamli iqtisodiyot va ishlab chiqarish kooperatsiyasi borasidagi so‘nggi yangiliklar bilan o‘rtoqlashdi.

➡️B2B formatda tashkil etilgan uchrashuvlarda O‘zbekiston tomonidan elektrotexnika sanoati uchun qulay investitsiya muhiti, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

➡️Slovakiya ishbilarmon doiralari tomonidan hamkorlik istiqbollari, o‘zaro eksport-import imkoniyatlari va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qiziqarli takliflar bildirildi.


➡️Ushbu forum ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratish hamda biznes aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilgan muhim tadbir sifatida baholandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

G‘alaba sari yo‘l bu — kunlik kichik odatlarni yengishdan boshlanadi.


JAMES CLEAR

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21