"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.26K subscribers
11.6K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Sport #futbol

⚡️ Uyushma xodimlari o'rtasida "Rahbar kubogi" futbol musobaqalari o'tkazildi

➡️ Bugun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi Markaziy apparati xodimlari o‘rtasida tashkil etilgan “Rahbar kubogi” futbol musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 4-dekabrdagi PQ-421-son qarori ijrosini ta’minlash, xodimlar o‘rtasida sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.

➡️ Respublika Olimpiya zahiralari kolleji mini futbol maydonchasida o‘tkazilgan o‘yinlarda 4 ta jamoa“Yangi avlod”, “Yengilmas kuch”, “Vatanparvar” va “Yangi O‘zbekiston” jamoalari ishtirok etdi.

➡️ Bugungi o‘yinlar saralash bosqichi sifatida o‘tkazilib, final va 3-o‘rin uchun bahslar keyingi sport tadbirlarida bo'lib o'tadi.

➡️ Barcha ishtirokchilarga keyingi bahslarda ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12🔥5👏3💯1
➡️ #Eltech_Malaka

NAVBATDAGI KURS BITIRUVCHILARIGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILDI


✍️Yil boshidan shu kungacha 160 nafar bitiruvchilarga sertifikatlar berildi.

➡️ Ma’lumki, “O'zeltexsanoat" huzuridagi "Eltech-malaka" o'quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus o'quv kurslari yanvar oyidan buyon davom etmoqda.

➡️ Mazkur kurslar malakali o'qituvchi va mutaxassislar tomonidan offlayn tarzda olib borildi.

➡️Ikki haftalik kurs yakunida barcha tinglovchilarga test sinovlari yakuni boʻyicha sertifikatlar berildi. Va ularning kelgusi ishlariga ulkan muvaffaqiyatlar tiladilar.

➡️ Eslatib oʻtamiz, keyingi guruhlar uchun o'quv kursi 9-iyundan boshlanadi.


📍 Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko'kcha darvoza ko'chasi, 10-uy.

🤙 Telefon: +99890-964-01-97
ℹ️ Email: s.ulashov@uzeltexsanoat.uz

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Muvaffaqiyat — bu biror narsani boshlashga jur’at qilishdir.


AMELIYA ERXART

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 01-iyun kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #london_metall_birjasi

Mis xomashyosining jahon bozoridagi oylik narx dinamikasi (MAY. 2025)


📊 Jahon bozorida mis narxi: 1 oylik o‘zgarishlar dinamikasi (02-maydan 30-maygacha)

➡️ "London Metal Exchange (LME)" rasmiy statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning may oyi davomida global bozordagi mis narxlari o‘zgaruvchanlikni saqlab qoldi.

➡️ Oy boshida $9,350–$9,400 atrofida bo‘lgan misning har bir tonnasi uchun narxi o‘rtacha oshib borib, oyning ikkinchi yarmida $9,650–$9,700 chegarasiga yaqinlashdi.

➡️ Bu davrda talabning o‘sishi va ba’zi yetkazib berish cheklovlari narxlarning ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

➡️ Narxlar dinamikasi:

⚪️ Oy boshida narxlar $9,350–$9,400 atrofida past bo‘lishiga qaramay, 6–7-may kunlari sezilarli o‘sish kuzatildi va $9,550 ga yaqinlashdi.
⚪️ 13-may kuni narxlar keskin ko'tarilib, $9,600 dan oshdi.
⚪️ 16–22-may oralig‘ida nisbatan barqarorlik (pastki tebranishlar) kuzatildi.
⚪️ 23–29-may kunlari yana narxlar ko‘tarilib, $9,650–$9,700 chegarasiga yaqinlashdi.

➡️ Global bozorda misga bo‘lgan talab va yetkazib berishdagi qiyinchiliklar (logistika va ishlab chiqarishdagi uzilishlar) narxlarga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

➡️ Yilning qolgan davrida ham talabning yuqoriligi va ishlab chiqarish zanjiridagi risklar narxlarda yuqoriga qarab harakatlanish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (26-31-may, 2025-yil)

➡️ "Sam-Ferre" korxonasi faoliyati OAVda yoritildi

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari "Project Qatar" ko‘rgazmasida

➡️ “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasining ikkinchi kuniga oid videokontent

➡️ Xitoyning yirik energetika investori “Dongfang Electrical Corporation” vakillari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

➡️ Doha muzokaralari: “O‘zeltexsanoat” uyushmasi xalqaro savdo va eksport aloqalarini kengaytirmoqda

➡️ O‘zbekiston elektrotexnika sanoatiga oid maxsus reportaj Yevropaning "Euronews" telekanalida efirga uzatildi

➡️ "Eltech-malaka" o‘quv markazida quyosh fotoelektrik stansiyalariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o'quv mashg‘ulotlari qizg‘in davom etmoqda

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari “Samo Techno” korxonasida amalga oshirilayotgan mahalliylashtirish jarayonlari bilan tanishdi

➡️ O'zbekistonning “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasidagi ishtiroki Pokistonning "Rahbar Kisan" nashrida yoritildi

➡️ Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalida elektrotexnika korxonalari faol ishtirok etdi

➡️ O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari “Mikroelektronika Plyus” korxonasi mutasaddilari bilan kooperatsiyani kengaytirishni muhokama qildilar

➡️ Fakt 24 | “Euronews”: O‘zbekiston elektrotexnika sanoati 5 yilda 8 barobar o‘sgan tarmoq

➡️ Elektrotexnika korxonalarining "Project Qatar 2025" xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki OAVda yoritildi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xorazm #loyiha

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ullari Xorazm viloyatida elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlarining Xorazm viloyatiga ishchi tashrifi doirasida ushbu hududda faoliyat yuritayotgan elektrotexnika sohasi tadbirkorlari bilan qator uchrashuvlar va ochiq muloqotlar tashkil etildi.

➡️ Tashrif davomida uyushma vakillari Xorazm viloyatining “Al-Xorazmiy” hududida joylashgan va elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Eltech Industrial” texnoparkining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Texnoparkda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining joriy holati, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulot turlari va ularning mahalliylashtirish darajasi yuzasidan atroflicha o‘rganishlar olib borildi.

➡️ O‘tkazilgan muloqotlar davomida tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan dolzarb masalalar, mavjud muammolar va ularning sabablari ochiq muhokama qilindi. Uyushma xodimlari bu muammolarni joyida o‘rganib chiqib, tegishli yechimlar bo‘yicha hamkorlik qilishlarini ta'kidladilar.

➡️ Shuningdek, sohaga oid qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar, investorlar uchun yaratilayotgan imtiyoz va qulayliklar, eksport salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida tadbirkorlarga batafsil ma’lumotlar berildi.

➡️ Tadbirkorlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi, sohaga oid taklif va mulohazalar tinglandi.

➡️ Ushbu uchrashuv hududiy tadbirkorlar bilan yaqindan ishlash, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va elektrotexnika sanoatining hududlardagi salohiyatini oshirishga qaratilgan amaliy qadam hisoblanadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM