"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.21K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.56K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Mudofaa_festivali

⚡️ Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalida elektrotexnika korxonalari faol ishtirok etmoqda

➡️ 2025-yil 29-maydan boshlab Toshkent shahrida “MSITF-2025” – Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivalining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan mahalliy sanoat korxonalarining harbiy va texnologik yo‘nalishdagi salohiyatini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan.

➡️ Festival doirasida “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo elektrotexnika sanoati korxonalari o‘zlari ishlab chiqargan ilg‘or mahsulotlar, texnologiyalar va ishlanmalar bilan keng ko‘lamda ishtirok etmoqdalar.

➡️ Jumladan, quyidagi yo‘nalishlarda namunalar taqdim etildi:

sanoat va harbiy maqsadlarda qo‘llaniladigan texnika vositalari;

aloqa tizimlari va AKT mahsulotlari;

robototexnika qurilmalari;

elektr ta’minoti komponentlari hamda boshqa zamonaviy yechimlar.


➡️ Ko‘rgazma davomida ishtirokchilarga elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha texnik tafsilotlar, qo‘llanilish sohalari va eksport salohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

➡️ Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatlari, texnologik yechimlari va hamkorlik takliflari mudofaa sohasidagi mutaxassislar, harbiy ekspertlar va davlat tashkilotlari vakillarida katta qiziqish uyg‘otdi.

➡️ Festival doirasida mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari bilan mudofaa sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlar o‘rtasida bir qator hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, elektr ta’minoti, aloqa va boshqaruv tizimlariga oid mahsulotlarni mudofaa tizimiga yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

➡️ “MSITF-2025” festivali 31-mayga qadar davom etadi. Tadbir doirasida elektrotexnika sohasidagi yangi ishlanmalar, texnik namoyishlar va B2B uchrashuvlar davom etmoqda. Mahalliy sanoatning harbiy soha uchun taklif etayotgan texnologik salohiyati esa yildan-yilga ortib borayotgani e’tirof etilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Mikroelektronika_Plyus

⚡️ O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas'ullari “Mikroelektronika Plyus” korxonasi mutasaddilari bilan kooperatsiyani kengaytirishni muhokama qildilar


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi mas’ul xodimlari Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan “Mikroelektronika Plyus” MChJ korxonasiga tashrif buyurib, korxonaning texnologik jarayonlari, mahsulot turlari va ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Ishlab chiqarish va mahsulot assortimenti

➡️ Bugungi kunda 50 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritayotgan ushbu korxonada quyidagi yo‘nalishlarda zamonaviy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda:

sanoat boshqaruv panellari;

konditsioner boshqaruv modullari;

havoni tozalovchi uskunalar;

temir yo‘llarni boshqarish qurilmalari;

quvvat rostlagichlar.


➡️ Korxona tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hozirda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshkent metropoliteni” DUK kabi yirik tashkilotlarga yetkazib berilmoqda. 2024-yil yakuniga qadar “Zarafshon” brendi ostida 400 dona turli xil qurilma va tizimlar ishlab chiqarilgan.

➡️ Hamkorlik istiqbollari va qo‘llab-quvvatlash

➡️ Tashrif davomida uyushma mas’ullari korxona mutasaddilari bilan birgalikda sohadagi amaldagi qonunchilik yangiliklari, mavjud imkoniyatlar va kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Tashrif jarayonida korxona rahbariyati o‘zlarini qiynayotgan dolzarb masalalarni ko‘tarib o‘tdi. Uyushma vakillari esa mazkur muammolarni hal etishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

➡️ Yangi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

➡️ Korxonaning yaqin istiqboldagi rejalaridan biri sifatida yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirish va boshqa yirik tarmoqlar bilan kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish belgilangan. Jumladan, Tog‘-kon va geologiya vazirligi tizimidagi:

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ,

“Navoiyuran” davlat korxonasi
bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


➡️ “Mikroelektronika Plyus” korxonasi — texnik mahsulotlar bozorida innovatsion yechimlar taklif etayotgan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lib, uning faoliyati elektrotexnika sanoatining barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #Euronews #Uz24

⚡️ Fakt 24 | “Euronews”: O‘zbekiston elektrotexnika sanoati 5 yilda 8 barobar o‘sgan tarmoq


➡️ Yevropa Ittifoqining dunyoga mashhur "Euronews" telekanali ijodkorlari "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi yurtimiz elektrotexnika sanoatiga oid maxsus reportaj tayyorlagan edi.

➡️ Mazkur reportaj tafsilotlari "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari tomonidan atroflicha yoritildi.

➡️ E'tiboringizga ushbu kontentni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Project_Qatar #OAV

⚡️ Elektrotexnika korxonalarining "Project Qatar 2025" xalqaro ko'rgazmasidagi ishtiroki OAVda yoritildi


➡️ Joriy yilning 26-29-may kunlari Qatar davlatining Doha shahrida qurilish va infratuzilma yo‘nalishida mintaqaning eng nufuzli tadbirlaridan biri — “Project Qatar 2025” xalqaro ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.

➡️ Mazkur ko‘rgazmada “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshchiligidagi elektrotexnika sanoatining ilg‘or korxonalari “Made in Uzbekistan” brendi ostidagi markazlashgan stend orqali o‘z mahsulot va imkoniyatlarini namoyish etdi.

➡️ "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari mazkur ko'rgazma va unda elektortexnika sanoati korxonalarining ishtirokiga oid reportaj tayyorladilar.

➡️ E'tiboringizga mazkur reportajni havola etamiz.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Mudofaa_festivali

⚡️ Uyushma raisi Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivalida ishtirok etdi


➡️ 2025-yil 29-maydan boshlab Toshkent shahrida “MSITF-2025” – Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivalining navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tashabbusi bilan mahalliy sanoat korxonalarining harbiy va texnologik yo‘nalishdagi salohiyatini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan.

➡️ Festivalda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov ham ishtirok etdi. U tadbir doirasida elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan ilg‘or mahsulotlar va innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishdi.

➡️ Uyushma raisi elektrotexnika mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqaruvchilar bilan bevosita suhbat olib bordi, ularning mahsulotlari va texnologik yechimlari bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar oldi. Shuningdek, kooperatsiyani kengaytirish va xalqaro hamkorlik imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha tadbirkorlarga tavsiyalar berdi.

➡️ Mirziyod Yunusov ushbu tadbir doirasida elektrotexnika sanoati korxonalarining mudofaa sohasiga qo‘shayotgan hissasini yuqori baholab, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

➡️ “MSITF-2025” festivali 31-mayga qadar davom etadi. Unda elektrotexnika sanoatining yangi ishlanmalari, texnik namoyishlar va hamkorlik uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Mahalliy sanoatning harbiy soha uchun taklif etayotgan texnologik salohiyati esa yildan-yilga ortib borayotgani e’tirof etilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4