"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.05K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.57K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Gruziya #hamkorlik

⚡️ “O‘zbekiston–Gruziya” biznes forumida elektrotexnika sanoati bo'yicha taqdimot qilindi


➡️ 2025-yil 21-may kuni Toshkent shahrida Gruziya Savdo-sanoat palatasi prezidenti G.Pertaya boshchiligidagi ishbilarmon doira vakillaridan iborat delegatsiya tashrifi doirasida “O‘zbekiston–Gruziya” biznes forumi hamda ikki tomonlama uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur forumda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov ishtirok etdi va elektrotexnika sanoatining jadal rivojlanayotgan yo‘nalishlari, investitsiya imkoniyatlari hamda Gruziya bilan hamkorlik qilish istiqbollari yuzasidan taqdimot qildi.

➡️ Taqdimot davomida Gruziya davlatining “10 yillik (2024-2034) energetika tarmog'ini rivojlantirish rejasi” doirasida modernizatsiya qilinayotgan Enguri, Nenskra, Adjaristsqali, Khudoni va Namakhvani, gidroenergetika inshootlarida mahalliy elektrotexnika soha korxonalarining o'z mahsulotlari bilan ishtiroki bo'yicha takliflar berildi.

➡️ Hozirda ushbu mahalliy korxonalar respublikada "Masdar", "Acwa Power", "Intesca Industrial", "Calik Enerji", "China Energy Engineering Corporation" and "China Gezhouba Group Investment Company" kabi kompaniyalar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalarda ishtirok etib kelmoqdalar va katta tajribaga egadirlar.

➡️ Tadbir doirasida Gruzin ishbilarmon doira vakillari bilan B2B uchrashuvlar ham o‘tkazildi. Tomonlar o‘zaro qiziqish uyg‘otgan yo‘nalishlarda hamkorlik masalalarini muhokama qilib, istiqbolli tashabbuslar yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Shu kabi tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasida sanoat hamkorligining yangi ufqlarini ochishga xizmat qilishi kutilmoqda. Bu esa do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlab, hamkorlikdagi ezgu niyatlarni amalga oshirishga zamin yaratadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Будапешт шаҳрида бўлиб ўтган Туркий давлатлар ташкилотининг норасмий саммитида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в работе неформального саммита Организации тюркских государств, состоявшегося в городе Будапеште.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Singapur #hamkorlik

⚡️ O‘zbekiston Singapur bilan yarimo'tkazgichlar sanoati bo'yicha yangi memorandum imzoladi. Xo'sh nega aynan Singapur?


Zamonaviy texnologiyalar asri — bu raqamli suverenitet, texnologik mustaqillik va ilg‘or ishlab chiqarish quvvatlari uchun global poyga asri. Ayniqsa, yarimo‘tkazgichlar sanoati bugungi raqamli iqtisodiyotning yuragi, sun’iy intellekt, 5G, IoT va robototexnika kabi texnologiyalar zamini sifatida alohida ahamiyat kasb etmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston ham ushbu to‘lqin markazida bo‘lishga qat’iy bel bog‘lagan. Mamlakat to‘rtinchi sanoat inqilobi sharoitida texnologik yutuqlarning iste’molchisi emas, balki yaratuvchisiga aylanishni maqsad qilgan.


Bu esa, eng avvalo, yarimo‘tkazgichlar ekotizimini shakllantirish va sohada chuqur bilimga ega malakali mutaxassislarni yetishtirishni taqozo etadi.

🇸🇬 Shu maqsadda, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan Singapurning A*STAR agentligi huzuridagi Mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti (IME) hamda Singapur Yarimo‘tkazgichlar sanoati uyushmasi (SSIA) bilan o‘zaro Anglashuv Memorandumi (MoU) imzolandi.

Bu hamkorlik — oddiy bitim emas. Bu — O‘zbekistonning global texnologik maydonga dadil kirib kelishidagi strategik burilish nuqtasidir. Singapur — yarimo‘tkazgichlar bo‘yicha dunyodagi eng ilg‘or bilim markazlaridan biri. U bilan bog‘lanish — bu tajriba, texnologiya va kelajakni birlashtirish degani.

🟢 Memorandum doirasida quyidagilar nazarda tutilgan:

kadrlar tayyorlash va malaka oshirish dasturlari,

qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish,

innovatsion texnologiyalar bo‘yicha trening va o‘quv modullarini joriy etish,

hamda bilim, texnologik yechimlar va laboratoriya tajribalari almashinuvi.


Bu tashabbus orqali O‘zbekiston nafaqat texnologiyalarni import qiladi, balki ularni o‘zlashtiradi, takomillashtiradi va eksport salohiyatini shakllantiradi.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi ushbu strategik yo‘nalishda zamonaviy infratuzilma, ilg‘or hamkorlik va inson kapitaliga tayangan holda O‘zbekistonni Markaziy Osiyoda yarimo‘tkazgichlar sanoati markaziga aylantirishni ko‘zlagan. Bu yo‘l — murakkab, lekin istiqbolli. Va aynan Singapur kabi tajribali hamkor bilan boshlangani — bu yo‘lda mustahkam poydevor qo‘yilganidan dalolat beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Har doim nima bilmasliging emas, nimani o‘rganishga tayyorliging muhim.


MARIYA FORLEO

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 21-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #eksport #Tojikiston

⚡️ "Sam-Ferre" korxonasi Tojikistonga 2000 dona vitrinali sovutkichlar eksport qildi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan “Sam-Ferre” kompaniyasi o‘zining eksport salohiyatini izchil kengaytirib bormoqda. Joriy yil boshidan to hozirgi kunga qadar korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 2000 dona vitrinali muzlatkich Tojikistonga yetkazib berildi. Bu mahsulotlar Tojikistonning yirik kompaniyalari — “Coca-Cola”, “Pepsi” va boshqa sanoat korxonalariga yetkazilgan.

➡️ Yil yakuniga qadar Tojikistonga yana 8000 dona vitrinali sovutkichlar eksport qilish rejalashtirilgan.

➡️ Korxonaning ishlab chiqarish va rejalashtirish bo'yicha direktori Atajan Najmeddinovning so'zlariga ko'ra, 2024-yilda korxonaning umumiy eksport ko'rsatkichi $ 6mln dollarni tashkil etgan bo'lsa, shundan $ 2 mln dollari aynan Tojikistonga qilingan eksport hajmini ifodalaydi.

➡️ Umuman olganda, “Sam-Ferre” kompaniyasining 2025-yil yakunidagi umumiy eksport ko‘rsatkichlari $10 million dollarni tashkil etishi reja qilingan. Shundan $3,5 million dollari Tojikiston Respublikasi xissasiga to'g'ri keladi.


➡️ Kompaniya mahsulotlarining Tojikiston bozorida yuqori talabga ega bo‘lishi, eng avvalo, ularning yuqori sifati, hamyonbopligi va xalqaro standartlarga to‘liq javob berishi bilan bog‘liq. Shuningdek, “Sam-Ferre” korxonasi qo‘shni mamlakatlarga nisbatan barqaror va samarali eksport siyosatini yo‘lga qo‘ygan.

➡️ Hozirda korxona gaz plitalari, dudbo‘ronlar va boshqa turdagi maishiy texnika mahsulotlari bo‘yicha ham eksport hajmini kengaytirish, xususan, yangi eksport shartnomalarini imzolash ustida faol ish olib bormoqda.

➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tarkibidagi ilg‘or sanoat korxonalaridan biri sifatida “Sam-Ferre” o‘z mahsulotlari bilan nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlarda ham raqobatbardoshligini namoyon etib kelmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥2👏2