"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.05K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.57K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Toshkent #loyihalar

⚡️ Toshkent shahridagi yangi ishlab chiqarish loyihalari joyiga chiqib o‘rganildi


➡️ Toshkent shahrida elektrotexnika yo‘nalishida ishga tushirilgan va hozirda amalga oshirilayotgan bir qator yirik sanoat loyihalari "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov boshchiligidagi mas'ullar tomonidan joyiga chiqqan holda o'rganildi.

➡️ O'rganishlar davomida ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalar, loyihalarning bosqichma-bosqich joriy etilishi va mahalliylashtirish darajasi atroflicha tahlil qilindi.

➡️ Jumladan, quyidagi loyihalar joyida ko‘rib chiqildi:

"NEW CENTURY ELECTRONIC TECHNOLOGY" korxonasi tomonidan to‘liq ishga tushirilgan "Kuchlanish qurilmalari ishlab chiqarish" loyihasi;

"Perfect Leader Electrical" korxonasi tomonidan amalga oshirilgan "Elektr yoritish uskunalari ishlab chiqarish" loyihasi;

"Artikul Aziya Kabel" korxonasi tomonidan hozirda amalga oshirilayotgan "Mis quvurlar ishlab chiqarish" loyihasi;

"Best Mega Tech" korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan "TEN (isitish elementlari) ishlab chiqarish" loyihasi.


➡️ Tashrif chog‘ida ushbu loyihalarni amalga oshirayotgan korxonalar vakillari bilan ishlab chiqarishdagi mavjud muammolar, taklif va tashabbuslar bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

➡️ Uchrashuvlar yakunida korxonalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va yangi rejalarni birgalikda amalga oshirish borasida hamkorlikda ishlashga kelishildi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #Xitoy #kooperatsiya

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Xitoyning yirik energetika kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️ Joriy yil 22-may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Xitoyning yirik energetika kompaniyalari – "China Electrical Equipment", "China Huadian Overseas Investment" va "Poly Changda" vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi.

➡️ Uchrashuvda Xitoy tomonidan "China Electrical Equipment" kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakili Ma Jun, shuningdek "China Huadian Overseas Investment" va "Poly Changda" kompaniyalarining mas’ul vakillari ishtirok etdi.

➡️ O‘zbekiston tomonidan Energetika vazirligi, “O‘zeltexsanoat” uyushmasi hamda mamlakatda faoliyat yuritayotgan kabel mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalar vakillari qatnashdi.

➡️ Muhokama mavzusi: Jizzax viloyati Forish tumanida barpo etilishi rejalashtirilayotgan 500 MVt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi hamda kompaniyalarning respublika hududida muqobil energetika yo'nalishida kelgusida amalga oshirishi rejalashtirilgan loyihalari doirasida, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan kabel mahsulotlarini kooperatsiya asosida yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.


➡️ Tomonlar ushbu yirik energetika loyihasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlardan keng foydalanish, ayniqsa kabel mahsulotlarini mahalliylashtirish, transport va logistika jarayonlarini optimallashtirish, shuningdek uzoq muddatli hamkorlik yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Uchrashuv yakunida loyiha ishtirokchilari o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash va mahalliy sanoat salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy choralarni belgilab olishdi.

➡️ Mazkur loyiha O‘zbekistonning qayta tiklanuvchi energiya manbalarini kengaytirish hamda milliy energetika tizimini modernizatsiya qilishda muhim bosqichlardan biri bo‘lib, xususiy sektor bilan xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirish imkonini beradi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
⚡️ "PREMIER Electrotech": O‘zbekiston maishiy texnika brendi xalqaro bozorlarda!


➡️ "PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024–2025-yillarda o‘zining eksport salohiyatini sezilarli darajada kengaytirmoqda.

➡️Kompaniyaning eksport hajmi 2024-yilda $3 million dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilga mo‘ljallangan eksport rejasi — $15 million dollarga teng!

➡️ "PREMIER Electrotech" kompaniyasi 2024-yilda Rossiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Pokiston va Saudiya Arabistoni kabi davlatlarda o‘tkazilgan xalqaro ko‘rgazmalarda faol ishtirok etdi.

📊 2025-yil uchun asosiy eksport bozorlari:

🇦🇿 Ozarbayjon – $2 mln

🇷🇺 Rossiya – $2 mln

🇰🇿 Qozog‘iston – $3.5 mln

🇹🇯 Tojikiston – $5 mln

🇰🇬 Qirg‘iziston bilan ham eksport bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.


➡️ Kompaniya tomonidan 10 dan ortiq turdagi maishiy texnika mahsulotlari — sovutkich, televizor, gaz plita, konditsioner, changyutgich, kir yuvish mashinasi, dudbo‘ron, mikroto‘lqinli pech va boshqalar eksport qilinmoqda.

➡️ O‘zbek brendi sifatida "PREMIER Electrotech" mintaqaviy bozorlarda o‘z o‘rnini mustahkamlab, eksport geografiyasini kengaytirishda davom etmoqda.

#PREMIER #Eksport #Uzeltexsanoat #MadeInUzbekistan #MaishiyTexnika #IqtisodiyRivojlanish

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Muvaffaqiyat – bu yakun emas, muvaffaqiyatsizlik – bu falokat emas. Muhim narsa – davom etish jasoratidir.


UINSTON CHERCHILL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
➡️ #london_metall_birjasi

📊 22-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #VDE #vebinar

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Germaniyaning VDE tashkiloti hamkorligida ONLAYN VEBINAR!

➡️ Hurmatli tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar!


➡️ Yevropaning yetakchi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkilotlaridan biri — VDE tashkiloti hamda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi hamkorligida mahalliy tadbirkorlar uchun maxsus onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

➡️ Mavzu: Yevropa va boshqa tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish talablari. VDE belgisi orqali Yevropa bozorlariga qanday kirish mumkin? Ishlab chiqaruvchi qanday tayyorgarlik ko‘rishi kerak? Yangi mijozlarni qanday topish mumkin?

🗓 Sana: 27-may, seshanba kuni
🕔 Vaqti: 15:00 (Toshkent vaqti bilan)
☺️ Format: Onlayn (GoToWebinar platformasida)

☺️ Vebinarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
https://attendee.gotowebinar.com/register/2960854418830856030

➡️ Ro‘yxatdan o‘tgach, sizga elektron pochta orqali vebinarga qo‘shilish uchun havola yuboriladi.

☺️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871-207-44-66

➡️ Sizni vebinarda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM