"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.05K subscribers
11.7K photos
1.63K videos
20 files
5.57K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #Rossiya #hamkorlik

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ Joriy yilning 16 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi vakillari hamda uyushma raisi Mirziyod Yunusov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda Rossiya tomonidan Savdo vakili K.Zligostev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o‘rtasida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish va savdo aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️ Muzokaralar davomida tomonlar Rossiyaning elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, ularning Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Shuningdek, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish, O‘zbekistonga Rossiya kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalarni jalb qilish va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishi ta'kidlandi. Tomonlar kelgusida ham izchil va amaliy sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏2🔥1
#Eron #hamkorlik

"O‘zeltexsanoat" uyushmasida Eronning “Iran Transfo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


➡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Eronning energetika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalaridan biri — “Iran Transfo” vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Delegatsiyaga kompaniyaning O‘zbekistondagi vakili Muhammad Reza Jafari boshchilik qildi.

➡️ Uchrashuvda uyushma raisi o‘rinbosari Faridun Abdualimov xorijiy mehmonlar bilan muzokaralar olib bordi. Tomonlar o‘rtasidagi muloqot davomida yurtimizda yangi turdagi kuchlanish qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha Eron kompaniyasi tomonidan ilgari surilgan loyihaviy takliflar muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, bu mahsulotlarni mahalliylashtirish, texnologik yechimlarni joriy etish hamda qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyatlari yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

➡️ Uchrashuv davomida “O‘zeltexsanoat” uyushmasi vakillari mehmonlarga O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay investitsion muhit, infratuzilmaviy imkoniyatlar va davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari haqida batafsil ma’lumot berdilar.

➡️ Tashrif yakunida “Iran Transfo” vakillari mazkur muzokaralarda ilgari surilgan takliflarni chuqur tahlil qilishlari, ichki muhokamadan so‘ng loyiha bo‘yicha yakuniy qarorlarini taqdim etishlarini bildirdilar.

➡️ Mazkur uchrashuv Eron va O‘zbekiston o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda muhim bosqich sifatida baholanmoqda.


🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 – 22-may kunlari rasmiy tashriflar bilan Vengriya va Sloveniya Respublikasida boʻladi.

—————

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 19 – 22 мая посетит с официальными визитами Венгрию и Республику Словения.
👍2👏1👌1
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Eng katta g‘alaba – bu har kuni o‘z ustingda erishgan kichik yutuqlardir.


NAPOLEON
HILL

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 18-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hafta_dayjesti #uzeltexsanoat

🟢 "O'zeltexsanoat" uyushmasi o'tgan hafta ichida (12-17-may, 2025-yil)

➡️ Afg‘oniston bozoriga kirish: o'zbek elektrotexnika mahsulotlari Qobulda

➡️ Afg‘onistonning Qobul shahrida O'zbekiston elektrotexnika mahsulotlari namoyish etildi

➡️ “Dongfang Electric” kompaniyasi vakillari “Techno Cable Group” korxonasiga tashrif buyurdi

➡️ Afg‘oniston bilan elektrotexnika sohasida hamkorlik: Qobulda B2B uchrashuvlar tashkil etildi

➡️ NOCOMMENT. AFG'ONISTON - videokontent

➡️ Uyushma raisi Zomindagi yirik loyihaning qurilish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi

➡️ "Energy Week 2025” forumida O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalari ishtirok etdi

➡️ NOCOMMENT. "Energy Week 2025” - videokontent

➡️ Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov AKFA BUILD kompaniyasi mahsulotlari sifatini yuqori baholadi

➡️ “Uzbekistan Energy Week – UEW 2025” doirasidagi intervyular - videokontent

➡️ O‘zbek elektrotexnika mahsulotlari Qozonda namoyish qilindi

➡️ NOCOMMENT. RUSSIA HALAL EXPO 2025 - videokontent

➡️ Uyushma korxonalarining xalqaro ko'rgazmadagi ishtiroki Sputnik nashri nigohida

➡️ Yangi avlod televizorlarini ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi

➡️ Uyushma mas'ullari O'zbekiston energetika haftaligi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etdi

➡️ Xitoyning "Mega Energy" kompaniyasi vakillari mahalliy kabel sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ “L&T Construction” kompaniyasi vakillari mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Eronning “Iran Transfo” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
➡️ #Shanghai_Mitsubishi #TEXNOPARK

⚡️ O‘zbekistonda "Shanghai Mitsubishi" liftlari ishlab chiqariladi

“O‘zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan TEXNOPARK korxonasi va dunyoga mashhur "Shanghai Mitsubishi Elevator" o‘rtasidagi 5 yillik samarali hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi.

TEXNOPARK korxonasi va "Shanghai Mitsubishi" kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi. Bu hujjat doirasida 2025–2028-yillar mobaynida "Shanghai Mitsubishi" brendi ostida mahalliylashtirilgan 500 dona lift ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Innovatsion texnologiyalar, xalqaro standartlar va milliy salohiyatni uyg‘unlashtirgan ushbu hamkorlik sanoat raqobatbardoshligini oshirish, ichki bozorni to‘liq ta’minlash va eksport geografiyasini kengaytirishga xizmat qiladi.

"Shanghai Mitsubishi" singari yirik xalqaro brendlarning O‘zbekistonda faoliyat yuritishi — bu mamlakatimizda shakllanayotgan zamonaviy va ishonchli biznes muhitining yorqin dalilidir.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi TEXNOPARK kompaniyasi jamoasini ushbu muhim bosqich bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ma'lumot o'rnida: TEXNOPARK hududida yiliga 4000 dona lift ishlab chiqarish quvvatiga ega zamonaviy zavod faoliyat yuritmoqda. AKFA BUILD va OSTEN brendlari ostida ishlab chiqarilayotgan liftlar xalqaro talablar asosida, Yevropa Ittifoqining 2014/33/EU direktivasiga muvofiq CE sertifikatiga ega.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #kun_hikmati #iqtibos

Har bir sinov – sening kuchingni namoyon qilish uchun bir imkoniyatdir.


FRIDRIX NITSSHE

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2
➡️ #london_metall_birjasi

📊 19-may kuni bo'yicha jahon bozoridagi rangli metallar savdosiga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishing.

⚡️ Ma'lumotlar LONDON metall birjasi va investing.com platformasi ko'rsatkichlariga asosan tayyorlandi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #VDE #vebinar

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasi va Germaniyaning VDE tashkiloti hamkorligida ONLAYN VEBINAR!

➡️ Hurmatli tadbirkorlar va ishlab chiqaruvchilar!


➡️ Yevropaning yetakchi standartlashtirish va sertifikatlashtirish tashkilotlaridan biri — VDE tashkiloti hamda "O‘zeltexsanoat" uyushmasi hamkorligida mahalliy tadbirkorlar uchun maxsus onlayn vebinar tashkil etilmoqda.

➡️ Mavzu: Yevropa va boshqa tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish talablari. VDE belgisi orqali Yevropa bozorlariga qanday kirish mumkin? Ishlab chiqaruvchi qanday tayyorgarlik ko‘rishi kerak? Yangi mijozlarni qanday topish mumkin?

🗓 Sana: 27-may, seshanba kuni
🕔 Vaqti: 15:00 (Toshkent vaqti bilan)
☺️ Format: Onlayn (GoToWebinar platformasida)

☺️ Vebinarda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
https://attendee.gotowebinar.com/register/2960854418830856030

➡️ Ro‘yxatdan o‘tgach, sizga elektron pochta orqali vebinarga qo‘shilish uchun havola yuboriladi.

☺️ Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +99871-207-44-66

➡️ Sizni vebinarda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2