"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
#hamkorlik #qozogiston

🇰🇿🇺🇿O‘zbekiston va Qozog‘iston 7 mlrd dollarlik shartnoma tuzdi

➡️«Qozog‘iston-O‘zbekiston» biznes-forumi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda ikki davlat bosh vazir o‘rinbosarlari Jamshid Xodjayev va Serik Jumangarin 4,4 mlrd dollar qiymatidagi 34 ta investitsiya loyihasi va 2,6 mlrd dollar qiymatidagi 7 ta savdo shartnomalarini birgalikda amalga oshirishga kelishib olishdi.

➡️Ular asosan sanoatning turli tarmoqlari: energetika, geologiya, transport, kimyo sanoati, qurilish, elektrotexnika, mashinasozlik, farmasevtika va boshqa sohalarda investisiya loyihalarini amalga oshirishni ko'zda tutadi.

➡️Mazkur loyihalarning amalga oshirilishi ikki davlatning sarmoyaviy va savdo salohiyatidan samarali foydalanish imkonini beradi, bu esa Qozog‘iston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan qo‘yilgan maqsadga erishish – o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazishga xizmat qiladi.

✍️Bo'lib o'tgan biznes-forum doirasida "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo korxonalar tomonidan ham bir qator kelishuvlarga erishilganligini ma'lum qilgan edik.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #hamkorlik #OAV

⚡️ Qozog'iston va O'zbekistonning elektrotexnika sohasidagi hamkorligi kengayadi

➡️ Davlatimiz rahbarining Qozog'iston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida o'tkazilgan biznes-forumda ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan bir qancha kelishuvlar imzolandi.

➡️ Elektrotexnika sohasida ham o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha bir qator kelishuvlarga erishildi.

➡️ "O'zbekiston 24" telekanali ijodkorlari bu bo'yicha maxsus reportaj tayyorladilar. Reportaj doirasida "Texnopark MChJ" direktori Sarvar Axadov va uning qozog'istonlik hamkori intervyu berdilar. E'tiboringizga ushbu mediakontentni havola etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Sunby_Solar #hamkorlik

⚡️ Xitoy bilan hamkorlikda fotovoltaik lentalar ishlab chiqarish bo’yicha ishchi guruh tuzildi

➡️ Yurtimizda zamonaviy texnologiyalar xususan yashil energiya manbalarini ishlab chiqarish bo’yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

➡️ Bunda ushbu texnologiyalarni mahalliylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.

➡️ “O’zeltexsanoat” uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi vakillarimiz ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo’lib turibdilar.

➡️ Safardan ko’zlangan maqsad, yangi investitsiyalarni jalb etish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish va tajriba almashishdan iborat.

➡️ Uyushma raisi M.Yunusov tashrif mobaynida Xitoyning “Shanghai SunBy Solar Technology” kompaniyasi vitse-prezidenti Vu Lyan bilan uchrashuv o’tkazdi.

➡️ Uchrashuvda mazkur korxonaning texnologik ko’magida yurtimizda fotovoltaik lentalar (PV-Ribbon) ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish muhokama etildi.

➡️ Fotovoltaik lentalar (PV-Ribbon) – quyosh panellarini ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Ushbu lentalar quyoshdan olinayotgan energiyani butun panel bo’ylab harakatlanishini ta’minlaydi.

➡️ Tomonlar o’zaro muzokaralar natijasida kelishuvga erishdi. Xususan, ikki tomonlama o’zaro ishchi guruh tuzildi. Ushbu guruh yurtimizda fotovoltaik lentalar ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishi belgilandi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Осиё инфратузилмавий инвестициялар банки Бошқарувчилар кенгашининг Самарқанд шаҳрида ўтаётган IX йиллик йиғилиши очилиш сессиясида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в инаугурационной сессии IX Ежегодного заседания Совета управляющих Азиатского банка инфраструктурных инвестиций, проходящего в городе Самарканде.

#Mirziyoyev #sammit #OIIB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Малайзия Бош вазири Анвар Иброҳимнинг таклифига биноан 4-5 февраль кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Малайзии Анвара Ибрагима 4-5 февраля посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #Malayziya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #hamkorlik #MSIA

⚡️ O‘zbekiston – Malayziya: texnologik hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Davlatimiz rahbarining Malayziyaga rasmiy tashrifi arafasida O‘zbekiston delegatsiyasi ushbu mamlakatda muhim muzokaralar o‘tkazmoqda.

➡️ Xususan, O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ilhom Xaydarov va "O‘zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov va Malayziya Yarimo'tkazgichlar sanoati uyushmasi (MSIA) direktori Endrew Chan o'rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda o‘zaro hamkorlik masalalari, istiqbolli yo‘nalishlar va qo‘shma loyihalar bo'yicha takliflar muhokama qilindi.

➡️ Malayziya yarimo‘tkazgichlar sanoati uyushmasi (MSIA) mamlakatning elektronika va yarimo‘tkazgichlar sanoatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan asosiy tashkilotlardan biri hisoblanadi. U Malayziyadagi yuzlab yetakchi kompaniyalarni birlashtirib, global bozor bilan integratsiyani ta’minlaydi.

➡️ MSIA faoliyatining asosiy yo'nalishlari:

Mikrochiplar va elektronika sanoatini rivojlantirish.
Innovatsion texnologiyalarni joriy etish va kadrlar tayyorlash.
Hukumat va xususiy sektor o‘rtasida muvofiqlashtiruvchi rolni bajarish.

➡️ Uyushmaning xalqaro aloqalari:

Intel, AMD, Infineon kabi global texnologiya gigantlari bilan hamkorlik qiladi.
AQSh, Yevropa va Osiyo davlatlari bilan elektron komponentlar eksportini yo‘lga qo‘ygan.
Dunyo bo‘ylab yarimo‘tkazgichlar sanoati uyushmalari bilan strategik hamkorlik qiladi.

➡️ Kelajakda Malayziya bilan texnologiyalar sohasida hamkorlik qilish yangi loyihalar uchun mustahkam poydevor bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Tatlift #hamkorlik

⚡️ Qashqadaryoda lift ishlab chiqaruvchi yangi korxona qurilishi muhokama qilindi

➡️ Bugungi kunda Tataristonning "Tatlift" kompaniyasi tomonidan Qashqadaryo viloyatida rejalashtirilayotgan lift ishlab chiqarish loyihasi bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

➡️ Xususan, kuni kecha "Tatlift" kompaniyasi mutasaddilari "O'zeltexsanoat" uyushmasiga tashrif buyurdilar.

➡️ Tashrif doirasida tashkil etilgan uchrashuvda uyushma raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov, "Tatlift" kompaniyasi bosh direktori Gulshat Zagidullina, Qashqadaryo viloyati hokimi o'rinbosari Alisher Zakirov va boshqa mas'ullar ishtirok etdilar.

➡️ Uchrashuv avvalida, "Tatlift" kompaniyasi faoliyati, yangi loyiha bo'yicha rejalari haqida taqdimot qilindi.

➡️ Shu bilan birga, uyushma mas'ullari tomonidan yurtimiz elektrotexnika sanoati, unda yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma'lumotlar taqdim etildi.

➡️ Yakunda, tomonlar loyihani amalga oshirishning navbatdagi bosqichlarini aniqlab, bu bo'yicha hamkorlikni izchil davom ettirishga kelishdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Indoneziya #hamkorlik

⚡️ O'zbekiston-Indoneziya biznes-forumi doirasida muzokaralar olib borildi

➡️ Joriy yil 11-12-fevral kunlari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida bo'lib turibdi.

➡️ Tashrif doirasida 11-fevral kuni O'zbekiston-Indoneziya biznes forumi hamda B2B formatidagi ikki tomonlama uchrashuvlar tashkil etildi.

➡️ Mazkur forumda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi o'rinbosari Faridun Abdualimov ham ishtirok etdi va bir qator kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ "Mutia Sari", "MBA", "PT Trans Asia Minerals", "GMT Group" kabi kompaniyalar vakillari bilan olib borilgan muzokaralarda o'zaro savdo hamkorligi masalalari muhokama qilindi.

➡️ Muhokamada O'zbekistonda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlarini Indoneziyada sotish bo'yicha uyushma mas'ullari tomonidan takliflar berildi.

➡️ Tomonlar muzokaralar yakuniga ko'ra bu masalalarni hamkorlikda o'rganishga kelishdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев расмий ташриф билан Кувайт Давлатига келди. Ал-Кувайт халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини Амир Шайх Мишъал ас-Сабоҳ, Валиаҳд Шайх Сабоҳ Холид ал-Ҳамад ас-Сабоҳ ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Шу ернинг ўзида олий мартабали меҳмонни расмий кутиб олиш маросими бўлиб ўтди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Государство Кувейт с официальным визитом. В международном аэропорту Эль-Кувейта главу нашего государства встретили Эмир Шейх Мишааль ас-Сабах, Наследный принц Шейх Сабах Халид аль-Хамад ас-Сабах и другие официальные лица.

Здесь же состоялась церемония официальной встречи высокого гостя.

#Mirziyoyev #tashrif #Kuvayt #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
➡️ #Jezetek #hamkorlik

⚡️ Xitoyning “Jezetek” kompaniyasi bilan hamkorlik muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga Xitoyning yirik “Jezetek” (Sichuan Investment Holding Group) kompaniyasining bosh direktor o‘rinbosari Zhang Yu boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

➡️ Uyushma raisi Mirziyod Yunusov, rais o’rinbosari Faridun Abdualimov va rais o’rinbosari Abror Boyev xorijiy kompaniya vakillari bilan muzokaralar o’tkazdilar.

➡️ Muzokarada:

⚪️ elektrotexnika sanoati uchun malakali kadrlar tayyorlash;

⚪️ hamkorlikda yuqori kuchlanishli kabel-sim mahsulotlari ishlab chiqarish;

⚪️ elektronika yo’nalishida loyihalarni birgalikda amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

➡️ Yuqori malakali kadrlarni tayyorlash bo’yicha “Jezetek” kompaniyasi kolleji filialini yurtimizda ochish, shuningdek malaka oshirish bo’yicha kurslar tashkil etish muzokaralar markazida bo’ldi.

➡️ Uchrashuv yakunida xorijiy kompaniya delegetasiyasi a’zolari uyushma huzuridagi “Eltech-malaka” o’quv markazi faoliyati va unda yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Ma’lumot uchun: “Jezetek” kompaniyasiga 1958-yilda asos solingan bo’lib, bugungi kunda uning tarkibiga 51 ta kompaniya, 5 ta ilmiy markaz, 7 ta qo’shma laboratoriya va boshqalar kiradi. Kompaniya yuqori texnologiylari uskunalar, multimedia qurilmalari ishlab chiqarish, dasturiy ta’minot va moliyaviy boshqaruv bilan shug’ullanadi.

🔔 BATAFSIL»

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ Skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi

➡️ Bugun "O'zeltexsanoat" uyushmasiga Xitoyning "Shandong Qinlu Energy Technology" va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyalari vakillari tashrif buyurdi.

➡️ Tashrif doirasida uyushma raisi o'rinbosari Jahongir Jamalov "Shandong Qinlu Energy Technology" kompaniyasi bosh direktori Jeyms Ji va "Celco Innovation Energy Technology" kompaniyasi sotuv direktori Dun Szinli bilan muzokaralar olib bordi.

➡️ Muzokarada mazkur kompaniyalar bilan hamkorlikda yurtimizda skuter va quyosh stansiyalari uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish muhokama qilindi.

➡️ Shuningdek, ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan mahsulotlarni kooperatsiya asosida ichki bozorda sotish bo'yicha ham fikrlar bildirildi.

➡️ Uyushma mas'ullari Xitoy kompaniyalari vakillariga mamlakatimda biznes uchun yaratilgan qulay-muhit, shart-sharoitlar haqida atroflicha ma'lumotlar berdilar.

➡️ Xorijiy kompaniyalar vakillari o'z navbatida yangi loyihalar bo'yicha takliflar va kutiladigan ijobiy natijalarga oid fikrlarini bildirib o'tdilar.

➡️ Uchrashuv so'ngida tomonlar yuqorida ta'kidlangan yo'nalishlarida o'zaro hamkorlik imkoniyatlarini o'rganishlarini, hamkorlikdan manfaatdor ekanliklarini ta'kidladilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️ Alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchi korxonalarga vitrinali sovutgichlarni yetkazib berish muhokama qilindi

➡️ Kuni kecha "O'zeltexsanoat" uyushmasida kooperatsiya aloqalarini yanada kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

➡️ Uchrashuvda "O'zeltexsanoat" uyushmasi mas'ullari, Alkogolsiz ichimliklar va sharbat ishlab chiqaruvchilar uyushmasi va unga a'zo korxonalar vakillari ishtirok etdilar.

➡️ Shu bilan birga, ko'plab turdagi sovutgichlar ishlab chiqaruvchi "Sam-Ferre", "Premier", Texnopark", "Artel" va "Devi Tashkent" kabi mahalliy elektrotexnika sanoati korxonalari mutaxassislari ham ushbu uchrashuvda qatnashdilar.

➡️ Uchrashuvda vitrinali sovutgichlarga bo'lgan ichki talabni mahalliy mahsulotlar hisobiga qoplash, kooperatsiya asosida mahsulotlarni yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

➡️ Xususan, Pepsi, Lipton, Coca-cola, Fanta, Dinay, Montella, Chortoq, Tropic kabi ko'plab brendlar ostida ishlab chiqarilayotgan ichimliklarni saqlashga mo'ljallangan bir necha turdagi vitrinali sovutgichlar bilan ta'minlash bo'yicha fikrlar almashildi

➡️ Ushbu turdagi mahsulotlarga ehtiyoji bo'lgan ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonalardan mazkur mahsulotga oid texnik talablarni olishga kelishildi.

➡️ Tomonlar hamkorlikdan o'zaro manfaatdor ekanliklarini, bu borada birgalikda ish olib borishlarini ta'kidladilar.

➡️ Importni optimizatsiya qilish, mahalliy tadbirkorlarni qo’llab-quvvatlash va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish bo’yicha uyushma va a’zo korxonalar tomonidan olib borilayotgan bu kabi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Тожикистон Республикаси Президенти Эмомали Раҳмоннинг таклифига биноан 31 март куни амалий ташриф билан Хўжанд шаҳрида бўлади. Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғизистон етакчиларининг қўшма учрашуви ҳамда икки томонлама музокаралар ўтказилиши режалаштирилган.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Таджикистан Эмомали Рахмона 31 марта совершит
рабочий визит в город Худжанд. Предусматривается проведение совместной встречи лидеров Узбекистана, Таджикистана и Кыргызстана, а также двусторонних переговоров.

#Mirziyoyev #tashrif #Tojikiston #hamkorlik
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ “O‘zeltexsanoat” uyushmasi delegatsiyasi Xitoyda 20 dan ortiq yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazdi

➡️ 2025-yil 15-17-aprel kunlari “O‘zeltexsanoat” uyushmasi boshqaruv raisi M.Yunusov boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan 137-Xalqaro “Canton Fair” ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

➡️ Delegatsiya tarkibida uyushmaga a'zo “Premier Electrotech”, “Sam-Ferre”, "Artel Electronics Manufacturing" “Texnopark”, “Trinity Technology”, “Sam-Nur-Tafviz” kabi mahalliy soha korxonalarining 16 nafar vakili ham ushbu ko'rgazmada ishtirok etdi.

➡️ Ko‘rgazma doirasida “GREE”, “AUX”, “CHIGO”, “AUCMA”, “XINGX”, “WANBAO”, “MIDEA”, “KEG”, “SKYWORTH”, “LAMO”, “CHANGHONG” “TCL”, “CANDOR”, “YEHOS”, “ICCOLD”, “BLUECARBON”, “HOMA”, “GREATWAY”, “JEZETEEK”, “JG” kabi 20 dan ortiq yirik Xitoy kompaniyalari bilan muzokaralar olib borildi.

➡️ Uchrashuvlarda O‘zbekistonning elektrotexnika sanoatida yaratilgan qulay sarmoya muhiti va infratuzilma imkoniyatlari tanishtirilib, Xitoy kompaniyalariga O‘zbekiston orqali xorijiy bozorlarga chiqish taklifi bildirildi.

➡️ Shuningdek, xorijiy investorlar uchun yurtimizda yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

➡️ Xitoy kompaniyalarini O‘zbekistonga keng jalb etish, eksport hajmini oshirish hamda ikki tomonlama texnologik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kelishuvlar ham muzokaralar markazida bo'ldi.

🇺🇿 Uz 🇷🇺 Рус 🇬🇧 En

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xitoy #hamkorlik

⚡️ O'zbekiston hukumati delegatsiyasi Xitoyda

➡️ Urumchi shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qoʻmitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uygʻur avtonom rayoni Partqoʻmi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi ikki mamlakat delegatsiyalarining uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

➡️ Ushbu tashrif doirasida tashkil etilayotgan uchrashuv va muzokaralarda "O'zeltexsanoat" uyushmasi raisi Mirziyod Yunusov boshchiligidagi elektrotexnika sanoati korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.

Manba

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Kooperatsiya #hamkorlik

⚡️ “Acwa Power” va “L&T Construction” kompaniyalari vakillari O‘zbekistonning elektrotexnika sanoati korxonalariga tashrif buyurdi

➡️ Saudiya Arabistonining “Acwa Power” kompaniyasi mintaqaviy direktori Jon Zaidi, ushbu kompaniyaning strategik pudratchisi – Hindistonning “L&T Construction” kompaniyasi MDH davlatlari bo‘yicha rahbari Radjan Bansal boshchiligidagi delegatsiya “Uzelectroapparat-electroshield” va Texnopark korxonalariga tashrif buyurdi.

➡️ Tashrifdan asosiy maqsad – O‘zbekiston hududlarida “Acwa Power” investitsiyalari hisobidan qurilishi rejalashtirilgan quyosh elektr stansiyalari loyihalari doirasida, “L&T Construction” tomonidan amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlari uchun zarur bo‘lgan kabel-sim mahsulotlari, kuchlanish qurilmalari, metall-karkas, sovutish tizimlari va boshqa elektrotexnika jihozlarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.

➡️ Delegatsiya vakillari mazkur korxonalar ishlab chiqarish maydonlari, texnologik liniyalari, mahsulot sifati, xalqaro standartlarga muvofiqlik va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdilar.

➡️ Shuningdek, tomonlar o‘zaro texnik talablar, hamkorlik shartlari hamda ehtimoliy kelishuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

➡️ Mazkur tashrif O‘zbekiston elektrotexnika mahsulotlarini xalqaro energetika loyihalariga integratsiya qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning “yashil energetika” sohasidagi global loyihalarda ishtirokini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Rossiya #hamkorlik

⚡️ "O‘zeltexsanoat" uyushmasida Rossiya Savdo vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

➡️ Joriy yilning 16 may kuni “O‘zeltexsanoat” uyushmasida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekiston Respublikasidagi Savdo vakolatxonasi vakillari hamda uyushma raisi Mirziyod Yunusov ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️ Uchrashuvda Rossiya tomonidan Savdo vakili K.Zligostev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdilar. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki mamlakat o‘rtasida elektrotexnika sanoati yo‘nalishida o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, ishlab chiqarish va savdo aloqalarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

➡️ Muzokaralar davomida tomonlar Rossiyaning elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini O‘zbekistonga jalb qilish, ularning Toshkent viloyatida joylashgan “Eltech Industrial” texnoparkida joylashtirish masalalarini muhokama qildilar.

➡️ Shuningdek, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmlarini oshirish, O‘zbekistonga Rossiya kapitali ishtirokidagi investitsion loyihalarni jalb qilish va texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

➡️ Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sanoat-innovatsion hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga yordam berishi ta'kidlandi. Tomonlar kelgusida ham izchil va amaliy sheriklikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM