"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.68K subscribers
11K photos
1.58K videos
20 files
5.24K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kurishni_tavsiya_qilamiz
#bilasizmi #xalqaro_laboratoriya #yevropa_standarti

Нидерлендиянинг «KEMA» лабораторияси ҳақида биласизми? 🎬Унда биргаликда саёҳат қиламиз!!!

Нидерландиянинг "KEMA" лабораториясида узатиш ва тарқатиш ускуналарининг ишлаши мустақил баҳоланиб, консалтинг, синов ва сертификатлаш ишларига бажарилади. Бугун сизга ушбу лабораториянинг ишлаш жараёнлари ҳақидаги видеони тақдим этамиз.

Энг аҳамиятлиси, 2020 йилда Республикада биринчилардан бўлиб, "Ўзэлтехсаноат" уюшмаси таркибига кирувчи "Чирчиқ трансформатор заводи"да ишлаб чиқарилаётган ТМГ-серияли (160, 250, 400 kVA) трансформаторлар ҳам халқаро IEC (МЭК) стандарти талабларига мувофиқ бўлиши учун мазкур "KEMA" лабораториясидан муваффақиятли ўтиб, махсус сертификатга эга бўлган эди.
✈️📈📶Бу сертификатлар билан эндиликда трансформаторларимиз дунёнинг ҳохлаган нуқтасига экспорт қилиниши мумкин. Бу билан Ўзбекистон МДҲ давлатлари орасида трансформаторларга IEC (МЭК) стандартига мувофиқ сертификат олган ягона давлат бўлган.

👉@uzeltexsanoat
#hamkorlik
#yevropa
#eksport
#investitsiya

🇪🇺ЕВРОПАНИНГ ЙИРИК КОМПАНИЯЛАРИ БИЛАН МУЛОҚОТ ҲАМ МАНФААТЛИ, ҲАМ САМАРАЛИ КЕЧМОҚДА

Батафсил👇👇👇
➡️ #xalqaro_hamkorlik #Yevropa #eksport

📣 QIYMATI 5 MLN AQSH DOLLARIGA TENG YANGI EKSPORT SHARTNOMALARI IMZOLANDI

Xabaringiz bor, "O'zeltexsanoat" uyushmasi boshchiligidagi mahalliy korxonalarimiz "HUNGAROTHERM-2023" xalqaro ko'rgazmasida, yurtimizda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlari bilan ishtirok etdilar.

Ushbu ko'rgazma doirasida, vakillarimiz va Yevropaning bir qancha davlatlaridan kelgan kompaniya va tashkilotlar mutasaddilari o'rtasida hamkorlik qilish bo'yicha B2B uchrashuvlar va muzokaralar tashkil etildi.

Mazkur sayi-harakatlar natijasida mamlakatimizda ishlab chiqarilgan elektrotexnika mahsulotlarini Yevropa bozorlariga eksport qilish bo'yicha bir qancha hamkor tashkilotlardan ijobiy javoblar kelishni boshladi.

Jumladan, ko'rgazma doirasida tuzilgan shartnomalarga ko'ra, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan, qiymati 5 mln AQSh dollariga teng elektrotexnika mahsulotlari Yevropaga eksport qilinishi belgilandi.

Xususan, "O'zeltexsanoat" uyushmasiga a'zo "Sharq Tubes" korxonasi va Sloveniyaning "Cargo X" kompaniyasi o'rtasida tuzilgan shartnomaga ko'ra, O'zbekistonda ishlab chiqarilgan, qiymati 2 mln AQSh dollariga teng mis-quvur mahsulotlari Sloveniyaga eksport qilinishi belgilandi.

Albatta, yuqorida keltirilgan qiymat boshlang'ich ko'rsatkich bo'lib, ko'rgazma doirasida amalga oshirilgan ishlarning ijobiy natijalari bundanda yuqori bo'ladi.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
🌐 Facebook 🌐 Telegram 🌐 Instagram 🔻 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sertifikatlashtirish #standart #yevropa #eksport #kabel

📝“Uzkabel” АЖ ҚК Британия кабель сертификатлаш хизматидан (BASEC) маҳсулот сифатини тасдиқловчи сертификат олди

🌐Ушбу сертификат Европа ва Осиё мамлакатлари билан экспорт алоқаларини ривожлантиришда муҳим омил бўлиб хизмат қилади. Бу билан корхона маҳсулотлар сифатини оширишда ва “Uzkabel” брендининг хорижий мамлакатларда муносиб ўрин эгаллашига эришади.

🪢Биламизки, Буюк Британиянинг кабель маҳсулотларини сертификатлаш хизмати (одатда “BASEC” номи билан танилган) аккредитациядан ўтган мустақил ташкилот ҳисобланади. Шунингдек, ушбу марказ Европадаги энг йирик ихтисослашган синов лабораторияларига ҳам эга.

🔬BASEC 1971 йилда ташкил этилган ва асосан кабель-сим маҳсулотларининг барча турларини ва бошқарув тизимлари учун сертификатлаш хизматларини тақдим этади. Ташкилот бутун дунёда, жумладан, Африка, Яқин Шарқ, Америка, Осиё ва Европада ўз фаолиятини олиб боради.

Ijtimoiy tarmoq sahifalarimiz:
📝 Facebook 📝 Telegram 💻 Instagram 🎞 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #eksport #sertifikat #ce #yevropa

🟢 “VITECH” INFRAQIZIL ISITISH PANELLARI ANGLIYAGA EKSPORT QILINMOQDA

➡️ Kuni kecha “O’zeltexsanoat” uyushmasiga a’zo “Statura” MChJ korxonasi infraqizil isitish panellarini Yevropaga, shu jumladan Angliyaga eksport qilish maqsadida CE belgisidan (Conformité Européenne) foydalanish uchun xalqaro sertifikatga ega bo’ldi.

➡️ Endi mazkur sertifikat korxonaga “Vitech” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi infraqizil isitish panellarini Yevropa bozorlariga eksport qilish imkonini beradi.

➡️ Korxona bosh iqtisodchisi Elyor Babayevning so’zlariga ko’ra, ayni paytda isitish panellarining birinchi partiyasi (720 dona) Angliyaga yuborilgan. Hozirda navbatdagi buyurtmani tayyorlash ishlari davom etmoqda.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #standart #yevropa #eksport #kabel

🟢 “Uzkabel” AJ QK Britaniya kabel sertifikatlash xizmatidan (BASEC) mahsulot sifatini tasdiqlovchi sertifikat bilan eksport geografiyasini kengaytirmoqda

➡️ Ushbu sertifikat Yevropa va Osiyo mamlakatlari bilan eksport aloqalarini rivojlantirishda muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Bu bilan korxona mahsulotlar sifatini oshirishda va “Uzkabel” brendining xorijiy mamlakatlarda munosib oʻrin egallashiga erishadi.

➡️ Bilamizki, Buyuk Britaniyaning kabel mahsulotlarini sertifikatlash xizmati (odatda “BASEC” nomi bilan tanilgan) akkreditatsiyadan oʻtgan mustaqil tashkilot hisoblanadi. Shuningdek, ushbu markaz Yevropadagi eng yirik ixtisoslashgan sinov laboratoriyalariga ham ega.

➡️ BASEC 1971-yilda tashkil etilgan va asosan kabel-sim mahsulotlarining barcha turlarini va boshqaruv tizimlari uchun sertifikatlash xizmatlarini taqdim etadi. Tashkilot butun dunyoda, jumladan, Afrika, Yaqin Sharq, Amerika, Osiyo va Yevropada oʻz faoliyatini olib boradi.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM