"Ўзэлтехсаноат" уюшмаси
2.55K subscribers
11.6K photos
1.62K videos
20 files
5.52K links
"Ўзэлтехсаноат" уюшмасининг расмий телеграм канали
Расмий веб-сайт: uzeltech.uz
Facebook: fb.com/uzeltexsanoat.uzbekistan/
Instagram: https://www.instagram.com/uzeltechsanoat/
Таклифлар учун: @press_uzeltex
Боғланиш учун: +998712074466
Download Telegram
➡️ #chip #top_kompaniyalar

⚡️ Chip sanoatining yuragi: Dunyoning eng kuchli 10 kompaniyasi


➡️ Yarimo‘tkazgichlar (chiplar) — bu bugungi zamonaviy texnologiyalarni harakatga keltiruvchi asosiy vosita. Har bir smartfon, kompyuter, avtomobil, sun’iy intellekt tizimi yoki harbiy qurilma ichida millionlab tranzistorlar ishlovchi chiplar mavjud.

➡️ Chip ishlab chiqarish esa — dunyodagi eng murakkab, qimmat va strategik jihatdan muhim sohalardan biridir. Quyida aynan shu sanoatda eng yetakchi o‘rinni egallagan 10 ta kompaniya va ularning nega muhim ekani haqida so‘z yuritiladi.

BATAFSIL»

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

⁉️Liftlarida ARD funktsiyasi nimaga kerak?


ARD funktsiyasi — bu "Automatic Rescue Device" (Avtomatik qutqaruv qurilmasi) degan ma'noni anglatadi. Ya’ni elektr energiyasi uzilishi yoki har qanday avariya holati yuz berganda, liftda qolib ketgan odamlarni taxlikasiz ravishda chiqarib yuborish uchun ishlatiladi.

📣 E'tiborli jihati, bugungi kunda Toshkentdagi "TEXNOPARK" tomonidan ishlab chiqarilayotgan liftlar elеktr ta’minoti o‘chgan taqdirda yo‘lovchilarni avtomatik qutqarish tizimi (ARD) bilan jihozlangan.

☄️ ARD tizimi 40 soniya ichida avtomatik ravishda faollashadi. Kabinada yorug‘lik yonadi va lift eng yaqin qavatga harakatlanib, yo‘lovchilarni хavfsiz ravishda tushiradi. Bu hatto to‘liq elеktr o‘chgan holatda ham amalga oshadi!

💯 TEXNOPARKda "Sеrvis markazi" dispеtchеrlari 24/7 rеjimida ishlaydi. Lift kabinasida opеrator bilan bog‘lanish uchun maхsus tugma mavjud.

⚙️ ARD qanday ishlaydi?
▫️Tok o‘chganda, ARD funktsiyasi avtomatik ravishda faollashadi.
▫️U liftni eng yaqin qavatga harakatlantiradi (odatda, qo‘shimcha akkumulyator yoki UPS orqali).
▫️Lift eshiklari ochiladi, yo‘lovchilar tashqariga chiqishi mumkin.
▫️Bu tizim energiya tiklanmaguncha liftni qayta ishlatmaydi.


🔋 Texnik jihatdan:
ARD tizimida zahira akkumulyator, invertor, va kontroller mavjud bo‘ladi. Uning vazifasi — toksiz sharoitda ham harakatlanishga oz miqdorda energiya berish.

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #Xalqaro_hamkorlik #Ispaniya #green_energy

⚡️Ispaniyaning "Basque Energy Cluster" bilan qanday masalalar muhokama qilindi?


➡️"O‘zeltexsanoat" uyushmasi boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov hamda Ispaniyaning "Basque Energy Cluster" (BEC) bosh direktori Xose I. Ormaeche o‘rtasida onlayn formatda rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

➡️Muloqot davomida Uyushma raisi tomonidan O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yo‘lida yaratilgan qulay sharoitlar, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, "yashil" energetika yo‘nalishida olib borilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdim berildi. Jumladan, qayta tiklanuvchi energiya manbalari doirasida kuchlanish qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

➡️Shuningdek, O‘zbekistonning mavjud ehtiyojlari va sanoat salohiyatini inobatga olgan holda, "Basque Energy Cluster" tarkibidagi yetakchi kompaniyalarni mamlakatimizda "yashil" energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarda ishtirok ettirish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

🇪🇸Basque Energy Cluster — Ispaniyaning Strana Bask mintaqasida joylashgan, 1996-yilda tashkil etilgan yirik notijorat tashkilot bo‘lib, 400 dan ortiq kompaniya va institutlarni birlashtiradi. Klaster faoliyati quyosh va shamol energetikasi, vodorod texnologiyalari, elektromobil yechimlari, sanoatni dekarbonizatsiyalash va aqlli energiya tarmoqlari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.


➡️Ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish, innovatsion texnologiyalar almashinuvi va O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida xalqaro investitsion ishtirokni kengaytirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ladi.

#Xalqaro_hamkorlik #Ispaniya #green_energy #uzeltech #uzbekistan #NewMember #Membership #export #industry #innovation #growth

🌐 UZELTEXSANOAT | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️ #OAV #Belarus_1 #Texnopark

⚡️ TEXNOPARKda ishlab chiqarilgan iqlim texnologiyalari Minsk shahridagi "Levada" biznes-markazida keng foydalanilmoqda


➡️ Belarus Respublikasining "Беларусь-1" telekanali Minsk shahrida joylashgan yirik "Levada" biznes-markazida o'rnatilgan, O'zbekistonning "TEXNOPARK" korxonasida ishlab chiqarilgan iqlim texnologiyalari (sanoat konditsionerlari, ventilyatsiya tizimlari va h.k) haqida kontent tayyorladi.

➡️ E'tiboringizga ushbu kontentni taqdim etamiz.

📝Fb 📝 Tg 💻 In 🎞 Tube 🕊 Tw
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM