➡️ #Xalqaro_hamkorlik #Ispaniya #green_energy
⚡️Ispaniyaning "Basque Energy Cluster" bilan qanday masalalar muhokama qilindi?
➡️"O‘zeltexsanoat" uyushmasi boshqaruv raisi Mirziyod Yunusov hamda Ispaniyaning
"Basque Energy Cluster" (BEC) bosh direktori Xose I. Ormaeche o‘rtasida onlayn formatda rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
➡️Muloqot davomida Uyushma raisi tomonidan O‘zbekistonda elektrotexnika sanoatini rivojlantirish yo‘lida yaratilgan
qulay sharoitlar, Hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan
islohotlar, shuningdek,
"yashil" energetika yo‘nalishida olib borilayotgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot taqdim berildi. Jumladan,
qayta tiklanuvchi energiya manbalari doirasida kuchlanish qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
➡️Shuningdek, O‘zbekistonning mavjud ehtiyojlari va sanoat salohiyatini inobatga olgan holda,
"Basque Energy Cluster" tarkibidagi yetakchi kompaniyalarni mamlakatimizda
"yashil" energetika sohasidagi qo‘shma loyihalarda ishtirok ettirish bo‘yicha
takliflar ilgari surildi.🇪🇸Basque Energy Cluster — Ispaniyaning Strana Bask mintaqasida joylashgan, 1996-yilda tashkil etilgan yirik notijorat tashkilot bo‘lib, 400 dan ortiq kompaniya va institutlarni birlashtiradi. Klaster faoliyati quyosh va shamol energetikasi, vodorod texnologiyalari, elektromobil yechimlari, sanoatni dekarbonizatsiyalash va aqlli energiya tarmoqlari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
➡️Ushbu uchrashuv ikki tomonlama
hamkorlikni chuqurlashtirish,
innovatsion texnologiyalar almashinuvi va O‘zbekiston elektrotexnika sanoatida
xalqaro investitsion ishtirokni kengaytirish yo‘lida muhim bosqich bo‘ladi.
#Xalqaro_hamkorlik #Ispaniya #green_energy #uzeltech #uzbekistan #NewMember #Membership #export #industry #innovation #growth🌐 UZELTEXSANOAT |
Telegram