Forwarded from TDYU • KARYERA
#jarayon
🇺🇿 TDYUda 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi rahbariyati va kadrlar boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
🇺🇿 Uchrashuvda prokuratura organlari tizimi,faoliyati, prokuratura tizimida ishlash istagidagi nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish tartibi, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida talabalarga ma'lumot berildi.
Tadbirda:
🔴 TDYU birinchi prorektori A.Xashimhonov;
🔴 Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari Sh.Aminov;
🔴 Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshligʻi A.Abdullayev;
🔴 Oʻzbekiston Respublikasi faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazi raisi B.Kalonov;
🔴 Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi professori B.Pulatov;
🔴 Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari K.Mirsagatov;
🔴 Bosh prokuratura Kadrlar boshqarmasi prokurori O.Sultonov hamda universitet Bandlik (karyera) bo‘limi xodimlari va 250ga yaqin talabalar ishtirok etdilar.
🇺🇿 Tadbir so‘ngida "BPK"ga yangi a‘zo bo‘lgan talabalarga beydjiklar tantanali ravishda topshirildi.
Karyera — "Bo'lajak prokurorlar klubi" ga a'zolik
Tadbirda:
Karyera — "Bo'lajak prokurorlar klubi" ga a'zolik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TDYU • KARYERA (Aziza Alisherovna)
#uchrashuv #jarayon
🇺🇿 TDYUda bugun 17-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi kadrlar boshqarmasi vakillari bilan uchrashuv (karyera kuni) oʻtkazildi.
🇺🇿 Uchrashuvda prokuratura organlari tizimi va ularning faoliyati, prokuratura tizimida ishlash istagidagi nomzodlarga qo‘yilgan talablar, ishga qabul qilish jarayoni, xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Talabalar ushbu sohadagi faoliyatga qanday kirishishlari mumkinligi, shuningdek, "Bo‘lajak prokurorlar klubi" ga a’zo bo‘lish tartibi haqida to‘liq tushuncha oldilar.
🇺🇿 Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Kadrlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, adliya kichik maslahatchisi O.S. Sultonov hamda Toshkent davlat yuridik universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor A.M. Xashimhonov hamda Bandlik (Karyera) xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda 150 dan ortiq talabalar faol qatnashib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
🇺🇿 Shuningdek, "Oltin qalam" XVIII Milliy mukofotining "Publisistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olibi bo‘lgan "Tarixiy xotira beqiyos"nomli kitob haqida talabalarga ma‘lumot berildi. Ushbu kitob prokuratura tizimining boy tarixiy merosi, uning faxriy xodimlarining beqiyos mehnatlarini yodga olish hamda ularning tajribasini kelajak avlodlarga yetkazishdagi ahamiyatini aks ettiradi.
🇺🇿 Tadbirda prokurorlik faoliyati, uning ahamiyati, jamiyatdagi o‘rni va huquqni muhofaza qilish organlaridagi kasbiy imkoniyatlar haqida kengroq tushuncha berildi. Uchrashuv davomida talabalar uchun prokuratura tizimiga ishga qabul qilish va unda professional o‘sish imkoniyatlari haqidagi savollarga ham batafsil javob berilib, bu sohaga qiziquvchilarga qimmatli maslahatlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM