Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.1K photos
285 videos
7 files
657 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
📲 Onlayn test: test.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +998788883888

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
🚀 Universitetimizda Toshkent shahridagi Inha universiteti professori, doktor Abhijit Tawaradening “ChatGPT yordamida samaradorlikni oshirish” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir ta'lim uchun sun'iy intellektdan foydalanishda yangi istiqbollarni ochdi, ChatGPTni o'quv va tadqiqot jarayonlariga integratsiyalashning innovatsion usullarini taklif qildi.

🤖 Seminar ishtirokchilari ChatGPT’dan foydalangan holda o‘qitishni takomillashtirish, muntazam vazifalarni avtomatlashtirish hamda samaradorlikni oshirish bo‘yicha qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. Professor ushbu texnologiya o‘quv jarayonini qanchalik interaktiv va samaraliroq qila olishini amaliy misollar bilan ko‘rsatib berdi.

📚 Bu o'qituvchilar va talabalarga qanday yordam beradi?

Seminar ishtirokchilari quyidagilarni bilib oldilar:

- o'quv jarayonini takomillashtirish va uni yanada interaktiv qilish;
- ilmiy ish va maqolalar yozishda ChatGPT’dan samarali foydalanish;
- muntazam vazifalarni avtomatlashtirish va ta’lim olishning ijodiy jihatlariga e'tibor berish;
- ta'limning umumiy samaradorligi va sifatini oshirish.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

😃 Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani Gaibnazarova Zumrat Talatovna QS World University Rankings reytingida yuqori o’rinlarni egallab turgan AQSh universitetlaridan biri – Washington State University Everett’ga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida ushbu xorijiy universitet professorlari va talabalarini oliygohimiz faoliyati bilan tanishtirish, o’zaro xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish, hamda ikki universitet o’rtasida talabalar almashinuvini tashkil qilish masalalarini muhokama qilish ko’zda tutilgan.

👩‍🎓👨🏻‍🎓 Shu maqsadda bugun, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Zumrat Talatovna Everett universiteti talabalariga ma’ruza darsini o’tib beradi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Saparboyeva Dilshoda Sobir qizi 2024-yil 1-mart kuni Fan va texnologiyalar universiteti “Pedagogika” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.


Dilshoda Saparboyeva 1978-yil 4-iyul kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Amudaryo tumanida tug’ilgan.

Maʼlumoti – oliy. 1999-2001 yillarda 1-Toshkent pedagogika bilim yurtini, 2004-2007 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetining bakalavr bosqichini, 2007-2009 yillarda huddi shu universitetning magistratura bosqichini tamomlagan. 2023-yil 10-oktyabrda Chirchiq Davlat pedagogika universitetida pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2022-yil oktyabr oyidan tayinlovga qadar Fan va texnologiyalar universitetida katta o’qituvchi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, 5-mart kuni Fan va texnologiyalar universiteti o’qituvchisi Atadjanova Sevara Azamat qizi o’zining tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Hurmatli Sevara, sizga uzoq-umr, sihat salomatlik, oilaviy tinchlik, ishlaringizga zafarlar tilab qolamiz!

Yuzingizdan tabassum hech qachon arimasin. Omad doimiy hamrohingiz bo‘lsin!

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani Gaibnazarova Zumrat Talatovna hozirgi vaqtda tashrif bilan AQShdagi Washington State University Everett’da bo’lib turibdi.

U yerda Zumrat Talatovna universitet ma’muriyati, professor-o’qituvchilari va talabalari uchun ma’ruza darsini o’tib, mamlakatimiz hamda oliygohimiz haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, tashrif davomida WSU Everett’ning turli bo’lim rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazilib, ikki universitet o’rtasida hamkorlik, xususan talabalar almashinuvini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM