Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.14K photos
313 videos
7 files
695 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

🤝 University of Science and Technologies va Belarus milliy texnika universiteti o‘rtasidagi hamkorlikning yangi qirralari

18-oktabr kuni Belarus milliy texnika universitetining ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori, iqtisod fanlari doktori Yakushenko Kseniya Valentinovna University of Science and Technologiesga tashrif buyurdi. Shuni ta’kidlash kerakki, BMTU hozirda Belarusiyada texnik ta'lim bo'yicha yetakchi oliygoh hisoblanadi va QS Global World Ranking xalqaro reytingida 750-800-o'rinlarni egallaydi.

Uchrashuv davomida universitetlar o‘rtasida ilmiy faoliyat, ta’lim va o‘quv-uslubiy ishlar sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

👉 Batafsil

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🤝 USAT va Qatar University o’rtasida hamkorlik

University of Science and Technologies Iqtisodiyot fakulteti dekani iqtisodiyot fanlari doktori, professor Gaibnazarova Zumrat Talatovna Qatar poytaxti Doxa shahrida hizmat safarida bo‘lib turibdi.

Ushbu safarning asosiy maqsadi - Qatar University va USAT o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, universitetimiz taʼlim jarayoniga xorijiy tajriba va ko‘nikmalarni olib kirish, ilmiy yo‘nalishda universitet professor-o‘qituvchilarining salohiyatini oshirish, talabalar va o‘qituvchilar akademik mobilligini oshirishda yozgi amaliyot va stajirovkalarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Jumladan, Zumrat Talatovna ushbu universitet qoshida tashkil etilgan College of Business and Economics dekani professor Rana Sobh bilan uchrashuv o‘tkazdi va hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

Maʼlumot o‘rnida, Qatar University QS World University Rankings bo‘yicha 2023-yilda 208-o‘rinni egallagan bo’lsa, 2024-yil uchun tuzilgan reytingda 173-o‘ringa ko’tarildi va dunyodagi eng kuchli 200 ta universitetlar qatoriga kirdi. Bu, o’z navbatida, Qatar University barcha sohalarda izchil faoliyat olib borayotganligidan darak beradi.

Aytib o’tish lozim, professor Zumrat Talatovna ushbu xorijiy safari doirasida xalqaro konferensiya va seminarlarda ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🤝 University of Science and Technologies va Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi

USAT xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektori Muzaffar Hamdamov, “Iqtisodiyot” fakulteti dekani Zumrat Gaibnazarova va “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri Alisher Sultanovdan iborat delegatsiya Qozog’istonning Turkiston shahriga tashrif buyurib, u yerdagi dunyo universitetlari TOP-1000 ligiga kiruvchi Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti ma’muriyati bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida ikki universitet o’rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi, hamda tegishli memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumga ko’ra, tomonlar o’rtasida fan, taʼlim va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlik yo’lga qo’yiladi: bank ishi va audit, buxgalteriya hisobi va audit, iqtisodiyot va logistika.

👉🏻 Batafsil

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

😃 Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani Gaibnazarova Zumrat Talatovna QS World University Rankings reytingida yuqori o’rinlarni egallab turgan AQSh universitetlaridan biri – Washington State University Everett’ga tashrif buyurdi.

🤝 Tashrif davomida ushbu xorijiy universitet professorlari va talabalarini oliygohimiz faoliyati bilan tanishtirish, o’zaro xalqaro hamkorlik aloqalarini o’rnatish, hamda ikki universitet o’rtasida talabalar almashinuvini tashkil qilish masalalarini muhokama qilish ko’zda tutilgan.

👩‍🎓👨🏻‍🎓 Shu maqsadda bugun, Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da Zumrat Talatovna Everett universiteti talabalariga ma’ruza darsini o’tib beradi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani Gaibnazarova Zumrat Talatovna hozirgi vaqtda tashrif bilan AQShdagi Washington State University Everett’da bo’lib turibdi.

U yerda Zumrat Talatovna universitet ma’muriyati, professor-o’qituvchilari va talabalari uchun ma’ruza darsini o’tib, mamlakatimiz hamda oliygohimiz haqida ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, tashrif davomida WSU Everett’ning turli bo’lim rahbarlari bilan uchrashuv o’tkazilib, ikki universitet o’rtasida hamkorlik, xususan talabalar almashinuvini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani Gaibnazarova Zumrat Talatovna hozirgi vaqtda tashrif bilan AQShda bo’lib, hamkorlikni yo’lga qo’yish maqsadida u yerdagi universitet rasmiylari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xususan, Zumrat Talatovna Washington State University Pullman’ga tashrif buyurib, u yerda Iqtisodiyot fanlari maktabining direktori Jill McCluskey bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki o’quv muassasalari o’rtasidagi hamkorlik, xususan talabalar almashinuvini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Iqtisodiyot fanlari maktabida Zumrat Talatovna tomonidan “Integration of Uzbekistan Into the World Economy” (O'zbekistonning jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuvi) mavzusida professor-o’qituvchilar, talaba va doktorantlarga ma’ruza o’tildi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Avval xabar berganimizdek, Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiyot” fakulteti dekani Gaibnazarova Zumrat Talatovna AQShdagi Washington State University Pullman’ga tashrif buyurib, u yerda Xalqaro dasturlar bo'yicha vitse-prezident, doktor Asif Chaudri bilan, Talabalar almashinuvi va xalqaro dasturlar bo'yicha direktor, Kate Hellman bilan, hamda Vitse-prezidentning xalqaro dasturlar bo‘yicha maxsus yordamchisi bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Uchrashuvlar davomida ikki o’quv muassasalari o’rtasidagi hamkorlik, xususan talabalar almashinuvini tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, Zumrat Talatovna ushbu universitetdagi bizning hamyurtlarimiz - bakalavr talabalari Sevara Sharifova va Lazizbek Sadullaev bilan uchrashib, muloqot qildi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🤝 Shu bilan birga, Zumrat Talatovnaning AQShga tashrifi davomida Fan va texnologiyalar universiteti hamda Vashington davlat universiteti o’rtasida hamkorlik to’g’risida kelishuv imzolandi.

Hamkorlik quyidagi sohalarni o’z ichiga oladi:

- pedagog kadrlar malakasini oshirish, shu jumladan yetakchi o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini tashkil etish;

- PhD, MSc dasturlari bo'yicha hamkorlikda o'qitishni tashkil etish;

- xalqaro ta'lim dasturlarida va ilmiy loyihalarda birgalikda ishtirok etish;

- professor-o‘qituvchilar va talabalarni hamkor universitetlarda o‘tkaziladigan seminar va konferensiyalarda ishtirok etishga jalb qilish;

- qo'shma monografiyalar, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, to'plamlar va ilmiy ishlar, boshqa o'quv materiallarini nashr etish.

🎓 Aytib o’tish lozim, Vashington davlat universiteti 2024-yilgi Jahon universitetlari reytingida 301–350 o’rinni, QS World University Rankings’da esa 419-o’rinni egallagan.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Talabalar uchun AQShda ta'lim olish imkoniyati yaratilmoqda

🔈 Fan va texnologiyalar universitetida Vashington davlat universiteti Everett’ning ilmiy ishlar va oliy taʼlim boʻyicha prorektori, PhD, professor Sergey Lapin bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Universitet rahbariyati bilan uchrashuv davomida ikki oliygoh o’rtasidagi hamkorlik, kelajakdagi aloqalar, professor-o'qituvchilar hamda talabalar almashinuvi, stajirovka, malaka oshirish masalalari muhokama qilindi.

🔔 Onlayn hujjat topshirish: qabul.usat.uz

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

🔥 Xitoy universitetlari bilan talabalar almashinuvi yo'lga qo'yiladi

😃 27-iyun kuni Fan va texnologiyalar universiteti (USAT) hamda dunyoning nufuzli QS reytingining TOP 300 taligidan o'rin olgan Pekin texnologiyalar instituti o'rtasida muzokaralar o'tkazildi.

Unda dastlab USAT vakillari tomonidan O'zbekistonning hozirgi kundagi rivojlanish darajasi, ilm-fan sohasida bo'layotgan ijobiy o'zgarishlar haqida so'z yuritildi. Shu bilan birga, bugungi kunda Fan va texnologiyalar universitetida amalga oshirilayotgan ishlar, talaba-yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar hamda professor-o'qituvchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari xususida ham to'xtalib o'tildi.

👩‍🎓👨🏻‍🎓 Suhbat davomida ikki tomonlama diplom dasturi (double degree), professor-o'qituvchilarni stajirovka va malaka oshirishga yuborish, talabalar almashinuvi, professor-o'qituvchilar tomonidan ma'ruza darslarini o'tish, magistratura hamda doktorantura dasturlarini amalga oshirish to'g'risida kelishib olindi.

Oktyabr oyida ushbu oliygoh vakillarining universitetimizga tashrif buyurishi kutilmoqda.

🔔 Onlayn hujjat topshirish: qabul.usat.uz

📄 Litsenziya (№ 048714, 27.07.2022)

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

😃 Universitetimiz prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrif buyurib, Belarus Milliy Fanlar akademiyasining "Materialshunoslik ilmiy-amaliy markazi" Davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi olimlari bilan uchrashdi. Markaz zumrad, olmos, sapfir va aleksandrit kabi sintetik qimmatbaho toshlar ishlab chiqarishning noyob texnologiyasini yaratib, yuqori sifatli zargarlik mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygani e’tiborga molik.

🤝 Zumrat Talatovna, shuningdek, Belarus Milliy Fanlar akademiyasining Tizimli tahlil va strategik tadqiqotlar markazi direktori Valeriy Goncharov bilan uchrashib, ilmiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Bundan tashqari, prorektorimiz "Fan-texnologiya-innovatsiyalar" tizimi: metodologiya, tajriba, istiqbollar" mavzusidagi IX Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning plenar majlisida ishtirok etib, ma’ruza bilan chiqish qildi.

🇺🇿🇧🇾 Eslatib o‘tamiz, 26-avgust kuni Belarus Respublikasi Milliy Majlisi Kengashi raisi Natalya Kochanova boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Tashrif doirasida Belarus Milliy Fanlar akademiyasi vakillari universitetimizga kelib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qilishgan edi. Shu kuni universitetlarimiz o’rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bayonnoma imzolangan.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fan va texnologiyalar universiteti
#Xalqaro_hamkorlik 😃 Universitetimiz prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrif buyurib, Belarus Milliy Fanlar akademiyasining "Materialshunoslik ilmiy-amaliy markazi" Davlat ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi olimlari bilan uchrashdi.…
#Xalqaro_hamkorlik

😃 Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrifi davomida bir qator xalqaro seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etdi.

Jumladan, prorektorimiz "Jahon iqtisodiyoti va biznes boshqaruvi" mavzusidagi 20-Xalqaro ilmiy seminarning plenar majlisida "Yangi O‘zbekistonning jahon savdosiga integratsiyalashuvi" mavzusida ma’ruza qildi va hamkasblarining katta qiziqishini uyg‘otdi.

Shuningdek, Zumrat Talatovna Belarus milliy texnika universiteti tomonidan tashkil etilgan "Scientific, Industrial and Educational Integration" xalqaro ilmiy konferensiyasining plenar majlisida ham so‘zga chiqdi. Konferensiya ingliz tilida o‘tkazildi va prorektor o‘zining "Integration of Education, Production and Science is the Main Driver of Economic Growth" nomli ma’ruzasida iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish uchun ta’lim, ishlab chiqarish va ilm-fanni birlashtirish muhimligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Belarus milliy texnika universiteti QS WUR reytingida 801-o‘rinda, QS EECA reytingida 82-o‘rinda turgan yirik universitet bo‘lib, unda 32 ming talaba, 1200 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Fan va texnologiyalar universiteti
#Xalqaro_hamkorlik 😃 Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaibnazarova Zumrat Talatovna Belarus Respublikasiga tashrifi davomida bir qator xalqaro seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etdi. Jumladan, prorektorimiz "Jahon iqtisodiyoti va biznes…
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇧🇾Belarus Respublikasiga tashrif buyurgan Fan va texnologiyalar universiteti prorektori Gaynazarova Zumrat Talatovna 3-oktyabr kuni Belarus milliy texnika universiteti "Muhandislik iqtisodiyoti" yo‘nalishi 2-kurs talabalari uchun "Xalqaro iqtisodiyot" fani bo‘yicha ma’ruzalar o‘tkazdi.

4-oktyabr kuni prorektorimiz Belarus davlat iqtisodiyot universiteti "Tijorat va turizm sanoati" fakultetining 3-kurs talabalari uchun ham ma’ruzalar o‘tkazdi. "Ta’lim sohasida davlatning ijtimoiy siyosati" va "Yangi O‘zbekistonning jahon savdosiga integratsiyalashuvi" mavzulari talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Shu kunning o‘zida Zumrat Talatovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Belarus Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi G.A. Korolenko hamda "Tijorat va turizm industriyasi" fakulteti dekani A.I. Yerchak bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar ilgari imzolangan ikki tomonlama kelishuvga asoslanib, universitetlar o‘rtasida ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

😃 Bugun, 21-oktyabr kuni Fan va texnologiyalar universiteti dunyoning yetakchi ta’lim muassasalaridan biri - QS reytingida TOP-300 talikka kirgan Pekin texnologiya instituti delegatsiyasini qabul qildi.

🤝 Tashrif davomida Pekin texnologiya instituti vitse-prezidenti janob Wang Bencong oliygoh faoliyati haqida batafsil so‘zlab berdi va universitetimiz bilan mustahkam aloqalar o‘rnatganidan mamnunligini bildirdi. U ushbu sheriklikni mustahkamlash va kelgusida rivojlantirish niyatida ekanini ta’kidladi.

✍️ Uchrashuvning muhim yakuni sifatida professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkillashtirish, talabalar almashinuvi dasturlarini ishga tushirish, stajirovka va malaka oshirishni tashkil etishga qaratilgan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

🇺🇿🇨🇳 Pekin texnologiya instituti vakillari imzolangan memorandum kelajakda ulkan maqsadlarga erishish uchun asos bo‘lishini ta’kidlashdi. Tashrif yakunida uzoq muddatli va samarali hamkorlikning boshlanishi ramzi bo‘lgan esdalik sovg‘alari topshirildi.

🔵 Biz bilan aloqa: +99878-888-38-88 | Admin | Lokatsiya

📱 Instagram 📱 Facebook 📱 Youtube 🌐 Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM