Fan va texnologiyalar universiteti
11.7K subscribers
1.14K photos
313 videos
7 files
695 links
Fan va texnologiyalar universitetining rasmiy Telegram kanali.

📲 Onlayn ariza: qabul.usat.uz
☎️ A'loqa uchun: +99878-888-38-88

Savollar va shartnoma olish uchun @usat_admins ga murojaat qiling.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🟥🟥🟥

🎓 Shu yili talaba bo'lishni rejalashtirayotgan va universitetda grant asosida ta’lim olishni xohlovchi tanishlaringiz bormi? Unda ushbu videoni ularga jo'natib qo'ying!

Fan va texnologiyalar universiteti allaqachon an'anaga aylanib ulgurgan “Fan javohirlari” loyihasiga start berdi!


Loyiha ikki bosqichda o’tkaziladi.

1️⃣-bosqichda maktab bitiruvchilari uchun “Fan javohirlari” telegram kanalida matematika, tarix, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili va ona tili fanlaridan bepul onlayn darslar olib boriladi.

2️⃣-bosqichda o’quvchilar olimpiadada ishtirok etishadi va taʼlim granti asosida Fan va texnologiyalar universitetiga oʻqishga qabul qilinish imkoniyatini qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi.

💸 Shu bilan birga, oʻquvchilarga 10 mln soʻmdan 15 mln soʻmgacha boʻlgan vaucher cheklari hamda boshqa qimmatbaho sovrinlar topshiriladi.

Biz sizni kutamiz!

🌐 To'liq video 👉 https://youtu.be/eEwalXk61HM

“Fan javohirlari” telegram kanali 👉🏻 @FanJavohirlari

Olimpiadaga ro’yxatdan o’tish 👉🏻 @FanJavohirlaribot

Biz bilan aloqa:

📲 +99878-888-38-88 | @FanJavohirlari_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9👍6🤗2👏1
#Xalqaro_hamkorlik

🤝 Fan va texnologiyalar universiteti (USAT) hamda Belarus davlat iqtisodiyot universiteti (BDIU) o‘rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.

Ushbu memorandum doirasida quyidagi tadbir va dasturlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan:

- qo’shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish;

- qo‘shma ilmiy markazlar va laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha ishlarni olib borish;

- xalqaro loyihalarda birgalikdagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo’lga qo’yish;

- qo’shma ta’lim dasturlari doirasida ikki diplomli dasturlarni yo’lga qo’yish;

- rahbariyat, ilmiy xodimlar, professor-o'qituvchilar, ilmiy tadqiqodchilar va talabalarning o’zaro tashriflarini tashkil qilish;

- ilmiy-amaliy konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlar, mashg‘ulotlar, treninglarda qatnashish, telekonferensiya va telemostlarni, masofaviy darslarni tashkil qilish;

- qo'shma o'quv va o'quv-uslubiy nashrlarni tayyorlash.


1933-yilda tashkil etilgan Belarus davlat iqtisodiyot universiteti mamlakatning iqtisodiyot sohasidagi yetakchi oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi. Universitetlarning milliy reytingiga ko'ra, BDIU 2023-yilda 57 ta oliygoh ichida 13-o’rinni egallagan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq USAT hamda Xoʻja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti o’rtasida ham hamkorlik to’g’risida memorandum imzolangan edi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍215👏5🎉3😍2
#Xalqaro_hamkorlik

🤝 9 fevral kuni Fan va texnologiyalar universitetiga Yefrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universiteti (Belarus Respublikasi) rektori Romanovskiy Yuriy Yatsentovich tashrif buyurdi.

Suhbat chog‘ida ikki oliy o‘quv yurti delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi, unda ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida USAT rektori Anvar Xamdamov va PDU rektori Yuriy Romanovskiy ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandumni imzoladilar.

Tashrifning rasmiy qismidan so‘ng mehmon uchun universitet bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Yuriy Yatsentovich universitetning texnik ta’minlanganligi va infratuzilmasi xorijiy oliy o‘quv yurtlari standartlariga javob berishini alohida ta’kidladi.

Aytib o’tish lozim, Polotsk davlat universiteti 1968-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunda universitet texnik, moliyaviy, iqtisodiy, gumanitar va pedagogik yo‘nalishlar bo‘yicha 83 ta bakalavriat, magistratura va aspirantura dasturlari hamda 18 ta doktorantura dasturlarini taklif etadi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍30🔥6👏5
❗️Talaba-yoshlar diqqatiga❗️

Fan va texnologiyalar universitetida talaba yigitlar o‘rtasida sportning mini-futbol, qizlar o’rtasida esa voleybol bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkaziladi.

Dastlab musobaqaning saralash o‘yinlari guruhlar va fakultetlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Sport musobaqalarida ishtirok etishni xohlovchi talabalar Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosariga murojaat qilishlari kerak.

Voleybol bo’yicha musobaqaning final o‘yinlari 14-mart kuni 203-maktabning sport zalida, mini-futbol bo’yicha esa 15-mart kuni maktab stadionida bo‘lib o‘tadi.

🏆 Tanlov g‘olibi bo‘lgan jamoa diplom bilan birga quyidagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi:

1️⃣ - o‘rin uchun 3 mln so‘m;
2️⃣ - o‘rin uchun 2 mln so‘m;
3️⃣ - o‘rin uchun 1 mln so‘m.

Universitet ma’muriyati talabalarni sport musobaqalarida faol ishtirok etishga chaqirib qoladi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9👏3
14 fevral — Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va sheʼriyatida o‘ziga xos o‘rin egallagan adib, shoir, olim, yirik davlat arbobi va sarkarda.

Uning nafis g‘azal va ruboiylari turkiy sheʼriyatning eng nodir durdonalari bo‘lib, "Boburnoma", “Mubayyin”, "Xatti Boburiy", Aruz vazni haqidagi risolalari islom huquqshunosligi, sheʼriyat va til nazariyasi sohalari rivojida munosib o‘ringa ega.

Bugun yurtimiz bo‘ylab buyuk bobokalonimizning 541 yilligi keng nishonlanmoqda.

✍️ Siz Zahiriddin Muhammad Boburning qaysi mashhur ruboiy yoki gʻazalini bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍5👏2😍2🎉1
🏆🏆🏆

“Fan va texnologiya” xalqaro ilmiy-texnik jurnalida iqtisod fanlari doktori, Fan va texnologiyalar universiteti “Iqtisod” fakulteti dekani, professor Gaibnazarova Zumrat Talatovna hammuallifligida yozilgan “Zaif formallashtirilgan jarayonlarda bankrotlik xavfini prognoz qilish” mavzusidagi maqola chop etildi.

Maqolada prognozlash maqsadida zaif formallashtirilgan jarayonlarda bankrotlik xavfi modeli ishlab chiqilgan.

Aytib o’tish lozim, ushbu jurnal Web of Science, EBSCO, DOAJ, WorldCat, OpenAIRE, Google Scholar, Rossiya ilmiy iqtiboslar indeksi, “Lan” elektron kutubxona tizimi, “CyberLeninka” ilmiy elektron kutubxona, “Sotsionet” va boshqa ko’plab xalqaro tan olingan maʼlumotlar bazalariga kiritilgan.

Jurnal 2002-yildan beri Belarus milliy texnika universiteti tomonidan nashr etiladi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍11👏5🎉2
14-fevral kuni universitetimizga Yefrosiniya Polotskaya nomidagi Polotsk davlat universitetining “Gumanitar fanlar” fakulteti dekani Aleksey Leonidovich Radyuk tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Aleksey Radyuk “Iqtisodiyot” fakulteti dekani, professor Gaibnazarova Zumrat Talatovna hamda "Ijtimoiy fanlar" fakulteti dekani Chariyev Tursun Xuvayevich bilan uchrashib, muzokaralar olib bordi.

Uchrashuvda 9-fevral kuni ikki universitet rektorlari tomonidan imzolangan hamkorlik to’g’risidagi memorandum ijrosini ta’minlash masalalari muhokama etildi.

Jumladan, tomonlar qo’shma ta’lim va ilmiy loyihalarni ishlab chiqish, xalqaro loyihalarda birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, qo'shma o'quv-uslubiy nashrlarni tayyorlash, professor-o'qituvchilar va talabalar akademik mobilligini yo'lga qo'yish, ularni malaka oshirish va stajirovkalarga yuborish kabi yo’nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

📞 Call-markaz: +99878-888-38-88
📍 Manzil: Toshkent shahri, Algoritm dahasi, Diydor ko'chasi 71.
📍 Mo'ljal: sobiq Roison binosi
📍 Lokatsiya

📹Instagram |💬Telegram |📱Facebook |📹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍23👏53🎉1