Transport litseyi
728 subscribers
2.86K photos
155 videos
22 files
982 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Katta tanaffs - Unutilmas daqiqa🔥
12-aprel butun dunyo bo‘yicha Kosmonavtika kuni (yoki Insonning birinchi bor koinotga chiqqan kuni) munosabati bilan akademik litseyda o'quvchilar bilan qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tdi va koinot haqida bir qancha bilimlar ulashildi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Katta tanaffs - Unutilmas daqiqa video lavhasi🔥
12-aprel butun dunyo bo‘yicha Kosmonavtika kuni (yoki Insonning birinchi bor koinotga chiqqan kuni) munosabati bilan akademik litseyda o'quvchilar bilan qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tdi va koinot haqida bir qancha bilimlar ulashildi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universteti akademik litseyi

Bugun 14-aprel haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon kvant kuni.
🌏Xalqaro darvozabonlar kuni.
🌏Xalqaro qo‘qqisdan kulgu lahzalari kuni.
🇦🇴Angola – Yoshlar kuni.
🇬🇪Gruziya – Ona tili kuni.

#muhim_voqealar
🔹1543 – Bartolomeo Ferrelo ekspeditsiyasi San-Fransisko ko‘rfazini kashf etdi.
🔹1611 – Federiko Sezi birinchi bo‘lib “teleskop” so‘zini ishlatdi.
🔹1894 – Edison kinoproyektorining birinchi namoyishi.
🔹1912 – “Titanik” kemasi Atlantika okeanida aysberg bilan to‘qnashib ketdi.
🔹1996 – O‘zbekiston Respublikasining “Amir Temur ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.

#tavalludlar
🔹1126 – Ibn Rushd (Averroes) – andalusiyalik arab faylasufi.
🔹1886 – Abdulla To‘qay – tatar shoiri, publitsist.
🔹1916 – Sulaymon Yudakov – bastakor, O‘zbekiston xalq artisti.
🔹1973 – Edriyen Broudi – amerikalik aktyor va prodyuser, “Oskar” va “Sezar” mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
🔹1991 – Melissa Asli Pamuk – turkiyalik aktrisa va model, 2011-yilda “Miss Turkey” unvonini olgan.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Hindistonning Parul universiteti vakili ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tashrif davomida mehmon universitet faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, xalqaro hamkorlik va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
👉Litsey o‘quvchilari Parul universitetida o‘qish, stipendiyalar va talabalar almashinuvi dasturlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Uchrashuv o‘quvchilarning xalqaro ta’lim imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qildi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛️ Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o‘quvchilari Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida.

Ushbu tashrif doirasida litsey o‘quvchilari institut tomonidan matematika va iqtisod yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etilgan test sinovlarida faol ishtirok etishdi. Testlar orqali ular o‘z bilimlarini sinab ko‘rish, qiziqishlari va kelajakdagi kasbiy yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, o‘quvchilar institutning ilmiy va amaliy faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, mavjud imkoniyatlar hamda qabul jarayonlari haqida batafsil va foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Tashrif davomida ular zamonaviy o‘quv muassasasi hayoti bilan yaqindan tanishib, o‘zlari uchun motivatsion ruhda ilhom oldilar.

🤝 Bunday tashriflar yosh avlodning kelajakdagi kasb tanlovi va oliy ta’lim muassasalari haqida to‘g‘ri qaror qabul qilishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2025-yilning 22-aprel kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi talabalari Toshkent menejment va iqtisodiyot institutida bitiruvchilari uchun matematika va iqtisodiyot fanlari bo‘yicha olimpiadalarda qatnashishdi. Mazkur olimpiadalarda 400 dan ortiq iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, olimpiada g‘oliblariga institutga kirishda imtiyozli grantlar, qimmatbaho sovg‘alar va chet elda bo‘lib o‘tadigan yozgi maktablarga yo‘llanmalar berilishi rejalashtirilgan.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Ijtimoiy va iqtisodiy sohalarni innovatsion rivojlantirishda yosh tadqiqotchilarning roli” mavzusidagi talabalar xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi!
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o'quvchilari 2025-yil 25-aprel kuni Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti, "INNO" innovatsion o'quv-ishlab chiqarish texnoparki bilan hamkorlikda "Muhandislik oyligi” doirasida tashkil qilgan ilmiy-amaliy konferensiyada qatnashishdi. Konferensiyada yosh tadqiqotchilarning innovatsion rivojlanishdagi o‘rni va ilm-fan sohasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

👉Akademik litseyning 200 nafar o'quvchisi bu konfirensiyada qatnashishdi va faxrli o'rinlarni egallashdi.
🥇Zuxriddinov Dilshod
🥈Karimjonov Mahmudjon
🥉Jaloliddinov Ibrohim

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Open Grants kompaniyasi Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyiga tashrif buyurdi

❗️2025-yilning aprel oyida Open Grants kompaniyasi vakillari Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyiga tashrif buyurishdi. Uchrashuv davomida kompaniya vakillari litsey o‘quvchilari bilan muloqot qilib, Xitoy Xalq Respublikasidagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida o‘qish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdi.
👉Tadbir davomida o‘quvchilarga Xitoydagi universitetlarga qanday hujjat topshirish, grant asosida o‘qish, talablar va zarur tayyorgarlik haqida tavsiyalar berildi. Open Grants kompaniyasi xorijda ta’lim olishni istagan yoshlarga ko‘mak berish, ularga zaruriy maslahat va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilgan.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook