Transport litseyi
728 subscribers
2.86K photos
155 videos
22 files
982 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida "Amir Temur – hurlik quyoshi" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Amir Temurning buyuk jasorati, yuksak ma’naviyati va xalqiga qilgan xizmatlari yoritilib, uning tarixdagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil qilindi. Talabalar va o‘qituvchilar birgalikda buyuk sarkardaning hayoti va merosini o‘rganib, ulug‘ ajdodimizning ma’naviy merosini hurmat qilishga bo‘lgan intilishlarini yanada mustahkamlashdi. Tadbir, shuningdek, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va Amir Temur kabi buyuk shaxslarning xotirasini abadiylashtirish maqsadida o‘tkazildi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi tomonidan “Ekologik madaniyat” mavzusida Toshkent davlat transport universiteti bilan hamkorlikda keng qamrovli targ‘ibot ishlari va davra suhbatlari tashkil etildi. Tadbir doirasida atrof-muhit muhofazasi, ekologik savodxonlikni oshirish va yosh avlod qalbida tabiatga mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
👉Mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlar yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirishga, ularni global ekologik muammolar va ularning yechimlari bilan tanishtirishga xizmat qildi. Targ‘ibot ishlari esa akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ekologik barqarorlikni ta’minlash borasidagi faollikni oshirishga qaratildi. Mazkur hamkorlik doirasidagi tashabbuslar ekologik ongni shakllantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qildi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun 9-aprel – Sohibqiron Amir Temur (1336–1405) tavallud topgan kun!

Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336 yil 9 aprelda Kesh (Shahrisabz)ning Xoja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.


SOHIBQIRON AMIR TEMUR HAQIDA 10 HAQIQAT

1. Buyuk imperiyani noldan, oddiy askarlikdan boshlab yakka o‘zi barpo etdi!

2. Uch qit’ani zir titratdi, Osiyo, Afrikaning eng qudratli hukmdorlarini bo‘ysundirdi, Yevropaning hamma qirollaridan tobe‘lik maktublarini oldi!

3. 27 ta Sultonni tiz cho‘ktirdi, 20 ta buyuk yurish qilib, tamomila g‘alaba qozondi. Hech bir tarixchi uni biror marta yengildi deb yoza olmadi!

4. Yuzlab urushlarning barchasida to‘liq g‘alaba qildi va tarixga ismi “Yagona Yengilmas Xoqon” nomi bilan kirdi!

5. Sohibqiron Sibirning minus 40 daraja sovuğida, Hindistonning 60 daraja issiğida o‘z askarlari bilan birdek jang qilgan yagona sarkardadir!

6. O‘z yurishlari bilan butun Osiyo hududiga teng 40 million km² hududni bosib o‘tdi!

7. Usmoniylar uch marotaba ololmagan Izmir shahrini 7 kunda bosib oldi, Chingizxon va uning avlodalari zabt etolmagan qal’alarni osonlikcha egalladi, Aleksandr Makedonskiy olti yilda olgan Hindistonni 12 oyda tiz cho‘ktirdi!

8. O‘sha davrning eng qudratli 2 davlati – Chingiziylarning Buyuk Oltin O‘rdasi va Usmoniylarning qudratli xoqonlarini ustidan shonli g‘alabaga erishdi!

9. Dinu diyonatni, Islom bayrog‘ini hamisha baland ko‘tardi, ulkan hududda to‘liq adolat o‘rnatti!

10. Borgan joyida qurdi, bunyod etdi, o‘zidan ulkan madaniy, me’moriy yodgorlik qoldirdi. Avlodlaridan esa dunyo tan olgan buyuk olimlar (Mirzo Ulug‘bek), yangi imperiyaga asos solgan buyuk sarkardalar (Zahriddin Bobur) yetishib chiqdi!

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
#Besh_tashabbus_olimpiadasi
#Gandbol_Shayxontohur_tumani

🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o'quvchilari shayxontohur tumani sport maktabida mahalla yoshlari o'rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning 🤾‍♂️#Gandbol turi bo'yicha #tuman bosqichida qatnashishdi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra
o’g’il bolalar;
17-30 yosh
🥇Gulobod MFY
🥈Koxota MFY
🥉Ko‘kcha darvoza MFY

qiz bolalar;
17-30 yosh
🥇Gulobod MFY
🥈Bog‘ ko‘cha MFY
🥉Xadra MFY

⚡️Musobaqada gʻolib boʻlgan jamoalar Toshkent shahar bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritadi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Astronomiya fanidan “Yer tipidagi sayyoralarning fizik xususiyatlari va gigant sayyoralarning o‘ziga xos tabiati” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
👉Ushbu darsda Quyosh tizimidagi sayyoralar tasnifi, ularning ichki tuzilishi, fizik-parametrik farqlari va ilmiy ahamiyati atroflicha yoritildi. O‘quvchilarda astronomik tafakkurni shakllantirish va koinotga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsad qilingan.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook