Transport litseyi
726 subscribers
2.86K photos
156 videos
22 files
985 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida Zulfiyaxonimning tavalludi munosabati bilan tadbir tashkil etilgan. Tadbirda akademik litsey o‘quvchilari va o‘qituvchilari Zulfiyaxonimning adabiyotga qo‘shgan hissasini yodga olib, uning hayoti va ijodini yoritganlar. Bu tadbirda Zulfiyaxonimning adabiy merosi, uning o‘zbek adabiyotidagi o‘rni va ayollarning jamiyatdagi roli haqida nutq so‘zlangan. Shuningdek, o‘quvchilarga ma’naviy-axloqiy tarbiya berish, uning hikmatlaridan o‘rnak olish, zamonaviy dunyoqarashni shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borilgan.

Tadbirda Zulfiyaxonimning she’rlari, aforizmlari va ulug‘ shoiraning jamiyatda tutgan o‘rni haqida qisqacha taqdimotlar, insholar va dars so‘zlari o‘tkazilgan. Bu kabi tadbirlar o‘quvchilarda o‘zbek adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ilmga bo‘lgan muhabbatni oshirishga xizmat qiladi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛2025 yilning 26-fevral kuni Toshkent davlat transport akademik litseyida psixolog tomonidan o'qituvchilar uchun trening o'tkazildi. Treningda o'qituvchilarning muloqotchanligini oshirish, kasbiy so'nishning sabablari va uning oldini olish muhokama qilindi. Kasbiy so'nishning asosiy sabablari — haddan tashqari ish yuklanishi, ruhiy stress va rivojlanish imkoniyatlarining cheklanishi. Oldini olish uchun o'qituvchilarga dam olish, o'zini tahlil qilish va qo'llab-quvvatlash tizimini yaratish tavsiya qilindi. Bu trening o'qituvchilarga stressni boshqarish va samarali ishlash ko'nikmalarini rivojlantirishga yordam berdi.

🌐Akademik litsey sahifalari

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist “Mehnat shuhrati” va “Do’stlik” o’rdeni sohibi Turg’un Beknazarov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.



🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
Forwarded from ULUGBEK
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida O'zbekiston Respublikasi Transport Prokurorining katta yordamchisi Mansurova Xulkar Nabiyevna va Transport vazirligi mas'ul xodimi O'lmasova Lobarxon Odilovnanlar tomonidan transport qoida va xavfsizligi bo'yicha tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda ishtirokchilar transport sohasidagi qonunlar, yo‘l harakati xavfsizligi va transport qoida buzilishlarining oldini olish masalalarini muhokama qilishdi.

⭕️Tadbirda shuningdek, yoshlarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish va ularning huquqiy ongini oshirish maqsadida treninglar va suhbatlar tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasining transport sohasida xavfsizlikni ta'minlash, ayniqsa yoshlarga yo‘l harakati qoidalariga nisbatan mas'uliyatni oshirish muhim o‘rin tutadi. Tadbir yoshlarga katta ta'sir ko'rsatgan va transport xavfsizligini yaxshilashga yo‘naltirilgan harakatlarni kuchaytirish kerakligini ta'kidlagan.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist “Mehnat shuhrati” va “Do’stlik” o’rdeni sohibi Turg’un Beknazarov bilan ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
#taklifnoma

💫Kimki boqsa ko’zlaringga ziyosan, ayol,
Go’yo gulsan, sertabassum ibosan, ayol,
Qoshlaringga, ko’zlaringga nur bersa ham tun,
Dili poku mo’jizakor samosan, ayol! 💫

Sevimli ayollarimizni 8-mart Xalqaro Xotin-qizlar bayrami bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!

🎉Ushbu ajoyib bayram munosabati bilan sizlarni 7-mart, soat 12:00 da akademik litseyimiz faollar zalida o'tkaziladigan bayram tadbirimizga taklif etamiz!
🎁Sizlarni qiziqarli dastur, ajoyib musiqa va unutilmas kayfiyat kutmoqda!


🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook