Transport litseyi
726 subscribers
2.86K photos
156 videos
22 files
985 links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi o'quvchilari kuni kecha bo'lib otgan "Boshqarma boshlig'i kubogi " shahar bosqichida faol qatnashib finalga bosqichiga yollanma oldi.Tadbirda o'quvchilar o'zlarining jismoniy va intellektual salohiyatlarini namoyish etib, raqobatbardosh sport va ijtimoiy ko'nikmalarini sinovdan o'tkazdilar.

⭕️Shahar bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan litsey o'quvchilari, yuqori natijalar bilan final bosqichiga yo'llanma olishdi. Bu esa nafaqat akademik, balki sport va ijtimoiy faoliyatda ham o'quvchilarning muvaffaqiyatlarini namoyon etishiga imkon berdi. Tadbir o'quvchilarga o'z mahoratlarini rivojlantirish, jamoadoshlik va jismoniy faollikni qo'llab-quvvatlash imkoniyatini yaratdi. Finalda yanada yuqori natijalarga erishish uchun o'quvchilar tayyorgarlikni davom ettirishmoqda.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida "Customs and traditions" mavzusi ostida tadbir bo'lib o'tdi. Tadbirda o'quvchilar va o'qituvchilar ishtirok etib, turli millatlarning urf-odatlari va an'analari haqida ma'ruzalar, taqdimotlar va madaniy dasturlarni namoyish etdilar.

🔺Tadbir davomida ishtirokchilar o'zlarining madaniy meroslarini namoyish etib, xalqaro do'stlik va hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo'shdilar. Shuningdek, o'quvchilar turli millatlarning urf-odatlari va an'analari haqida bilimlarini oshirib, madaniy xilma-xillikni qadrlashni o'rgandilar.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🇺🇿 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida tabiy fanlar kafedrasi mudiri D.N.Do’stqobilova hamda fizika fani o'qituvchisi A.S.Muminovalar “Katta tanaffus - unutilmas daqiqa🔥 tadbirini o’tkazishdi.
Katta tanaffusda o’quvchilar o’zlari yasagan mashinachalar bilan bellashdilar. Bu musobaqa texnikaga qiziqishni oshirib, ijodkorlikni namoyon etishga imkon berdi.

🇷🇺В Академическом лицее Ташкентского государственного транспортного университета заведующая кафедрой естественных наук Д.Н. Достқобилова и преподаватель физики А.С. Муминовы провели мероприятие под названием «Большая перемена — незабвенная минута🔥».

Во время большой перемены ученики соревновались на самодельных машинах. Этот конкурс способствовал повышению интереса к технике и предоставил возможность проявить креативность.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Kuni kecha Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi "Jadidlar, milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazildi.Ushbu tadbirda litsey o'quvchilari o'zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etib, yuqori baholandi.Tanlov g'oliblari universitet rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

⭕️Bunday tadbirlar o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, milliy va umumbashariy qadriyatlarni anglash hamda ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook
🏛Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida ingliz tili fani doirasida "BREAK TIME" nomli tadbir o'tkazildi. Mazkur tadbir o'quvchilarning ingliz tiliga bo'lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan edi. Tadbir davomida o'quvchilar ingliz tilida turli ko'nikmalarni namoyish etib, ishtirok etdilar. Ushbu tadbir litsey o'quvchilari uchun unutilmas lahzalarga boy bo'ldi.

🌐Akademik litsey sahifalari:

Sayt|Telegram|Instagram|YouTube|Facebook