Transport litseyi
835 subscribers
3.03K photos
183 videos
22 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
"KITOBXONLIK MUSOBAQASI – ZAKOVAT"DA (2-kurs)

💎 2024-yil 5-aprel kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida “BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi MART oyi soni bo’lib o’tdi.

🛎 “Zakovat”da 3 ta jamoa “Titans” (1-22), “O’zbekiston yoshlari” (2-22), “Ishonch” (5-22) jamoalari ishtirok etdi.

📚 Mart oyi sonida O’zbekiston xalq yozuvchi O’tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida tuzilgan savollar kitobxonlarga taqdim etildi.

🎗Barcha jamoalar munosib ishtirok etdi va quyidagi ochkolarni qo’lga kiritdi.

🔸“Ishonch” -2;
🔹“O’zbekiston yoshlari”-9;
🔸11 ochko bilan "Titans" – Diyorbek Otajonov jamoasi o’yin g’olibiga aylandi.

🪅 “BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi kitobxonlik oyligi reja asosida davom etadi. Barcha kitobsevarlarni safimizga chorlab qolamiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ "OPEN BYUDJET"DA TRANSPORT AKADEMIK LITSEYI G’OLIB

💦 2024-yil 5-aprel kuni TDTrU akademik litseyida butun jamoa hamkorligida o'tkazilgan “Open byudjet”da qatnashib, yutib chiqqanligini keng nishonlash jarayonidan lavhalar.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4🔥1
⭕️ "SOHIBQIRON AMIR TEMUR" TANLOVIGA MARHAMAT!

🟢 TDTrU akademik litseyining iste’dodli, ijodkor o‘quvchi-yoshlari!

🔱 Buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Temur avlodlarimiz" shiori ostidagi tanlovda barchani chorlab qolamiz.

✔️Tanlov quyidagi yo’nalishlar orqali olib boriladi va qabul qilinadi.

1️⃣ ijodiy erkinlik aks etgan fotosuratlar;
2️⃣ "Amir Temur avlodlarimiz" mavzusidagi insho;
3️⃣ Sohibqiron hayoti va ijodiga oid test (9-aprel).

🔻Izoh: bir o'quvchi bir vaqtning o'zida 3 ta yo'nalishda ham ishtirok etish huquqiga ega.

📅 Ijodiy ishlarni qabul qilish oxirgi muddati: 9-aprel, 2024-yil

👮‍♂️Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan o'quvchilar guruh rahbaringizga yoki tanlov tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

💐Aziz yoshlar tanlovda ishtirok eting va esdalik sovg'alar egasiga aylaning.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍2
📚 “KITOBXONLIK OYLIGI” DAVOM ETMOQDA.

TDTrU akademik litsey o’quvchilari o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobga oshno qilish va fikr almashish maqsadida “KITOBXONLIK OYLIGI” yo’lga qo’yilgan.

📍“KITOBXONLIK OYLIGI”dagi talablar:

🔹Har oyda har bir kurs uchun alohida badiiy kitob tanlash;
🔸Badiiy kitobni belgilangan vaqt mobaynida tugatish;
🔹Guruh o’quvchilaridan bitta jamoa tuzish (6 nafar);
🔸Badiiy asar mutolaasi bo’yicha musobaqaga ishtirok etish;
🔹G’oliblikni qo’lga kiritish va sovg’alar egasiga aylanish;
🔸Guruh rahbarlari tomonidan nazoratga olish va ta'minlash.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1
⭕️ APREL OYIDA!

📚 1-KURS O'QUVCHILARI UCHUN "QIZIQUVCHAN MATMUSA" ASARI.
Muallif: Erkin VOHIDOV.


📆 Asar mutolaasi yakuni - 2024-yil 25-aprel.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1
⭕️ APREL OYIDA!

📚 2-KURS O'QUVCHILARI UCHUN "GULISTON" ASARI.
Muallif: Sa'diy SHEROZIY.


📆 Asar mutolaasi yakuni - 2024-yil 25-aprel.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍2
⭕️ "RAMAZON HAYITI – MEHR-OQIBAT, SAXOVAT BAYRAMI"

💎 2024-yil 8-aprel kuni TDTrU akademik litseyi jamoasi tomonidan “Faxriy keksa ustozlar – el ardog’ida” shiori ostida diydor uchrashuvi amalga oshirildi.

Uchrashuvda muassasada uzoq yillar davomida faoliyat yuritgan "Shuhrat" medali sohibi, “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi maslahatchisi M.Usmonov hamda “Mehr-muruvvat” fondi rais o’rinbosari S.Narbayevlar xonadonlarida litsey rahbariyati tashrif buyurdi hamda ular holidan xabar olinib, hurmat va ehtirom ko’rsatildi.

❇️ Faxriy ustozlar tomonidan olib borilgan faoliyati, turli lavozimlarda ishlaganlari, shuningdek, kasbiga doir qiziq voqealardan so’zlab berdi va tinchlik hukmron yurtda yashayotganimiz shukronasini aytib duolar qilishdi.

💥 Uchrashuv taassurotlarga boy bo’ldi va shunday faxriy ustozlar yoshiga yetishni orzusi bilan yakunlandi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍6🔥1
⭕️ "SOHIBQIRON AMIR TEMUR" TANLOVI JARAYONIDAN!

🟢 2024-yil 9-aprel kuni TDTrU akademik litseyida iste’dodli, ijodkor o‘quvchi-yoshlari o’rtasida buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Temur avlodlarimiz" shiori ostida III bosqichli tanlov o’tkazildi.

🟣 Tanlovni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, Sohibqironning bosib o’tgan hayot yo’li, salb yurishlari haqida gapirib, tanlovda ishtirok etayotgan barcha o’quvchi-yoshlarga muvaffaqiyatlar tiladi.

🟢 Tanlov quyidagi yo’nalishlar orqali olib borildi va ijodiy ishlar qabul qilindi.
1️⃣ ijodiy erkinlik aks etgan fotosuratlar;
2️⃣ "Amir Temur avlodlarimiz" mavzusidagi insho;
3️⃣ Sohibqiron hayoti va ijodiga oid test.

🟠 Tanlov natijalari ishchi guruh tomonidan o’rganilib, g’oliblikni qo’lga kiritgan o’quvchilar Ramazon hayitidan so’ng munosib taqdirlanadi.

💐 Tanlovda ishtirok etgan barcha o’quvchi-yoshlarga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ "SOHIBQIRON AMIR TEMUR" TANLOVI JARAYONIDAN!

🟢 2024-yil 9-aprel kuni TDTrU akademik litseyida iste’dodli, ijodkor o‘quvchi-yoshlari o’rtasida buyuk sarkarda, davlat arbobi Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan "Temur avlodlarimiz" shiori ostida o'tkazilgan tanlov lavhalari.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1