Transport litseyi
832 subscribers
3.03K photos
183 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “YOD ETINGIZ KAMTARIN CHUSTIYNI HAM” tadbiri jarayonidan

🔷 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent shahar boishqarmasining 2024-yil 1-apreldagi 02/01/03-198-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yil 3-aprel kuni TDTrU akademik litseyida "Ezgulik shiorimiz, ma'rifat qurolimiz" g'oyasi asosida “Yod etingiz kamtarin Chustiyni ham” mavzusida tadbir bo'lib o'tdi.

🔶 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, Nabixo’ja Chustiyning bosib o’tgan hayot yo’li, ijod olami, she’r-u, dostonlarining mazmun-mohiyati xususida ma'lumot berdi.

🔷 O’quvchi-yoshlar tomonidan Chustiy qalamiga mansub she’r, dostonlar mahorat bilan ijro etildi hamda she’rlar tahlilini o’z tengdoshlari bilan o'rtoqlashdi.

🔶 Adib qalamiga mansub “Ona”, “Indamaslar olami”, “Kerma manmanlik bilan” kabi she’rlarining xonandalar tomonidan kuylangan variantlari o'quvchilarga taqdim etildi va madaniy hordiq chiqarishlariga imkon bo’ldi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4
⭕️ E’LON!!!

👮‍♂️HURMATLI 9-SINF BITIRUVCHILARI VA ULARNING OTA-ONALARI!

🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyi 2024-2025 o‘quv yili uchun quyidagi yo‘nalishlar bo'yicha umumta’lim maktablarining 9-sinf iqtidorli bitiruvchilarini o‘qishga taklif qiladi!

Akademik litseyda mavjud yo‘nalishlar va kirish imtihonlari bo‘ladigan fanlar.

1️⃣ Aniq fanlar-1 (texnika) yo‘nalishi (matematika, fizika, IQ test);
2️⃣ Aniq fanlar-2 (iqtisod) yo’nalishi (matematika, ingliz t, IQ test);
3️⃣ Xorijiy tillar yo’nalishi (ona tili va adabiyot, ingliz tili, IQ test).

📣 Eslatma: Hujjatlar Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining onlayn platformasi my.edu.uz orqali qabul qilinadi.

Barcha savollarga
👉https://t.me/transportlitseyi kanali orqali javob olasiz!

Murojaat uchun telefonlar:↩️
☎️+99855 5060188
📲+99897 4433952
📲+99899 6463283

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍2
⭕️ Уважаемые выпускники 9-классов и их родители

Академический лицей Ташкентского государственного университета транспорта приглашает на 2024-2025 учебный год одаренных выпускников 9-классов общеобразовательных школ по следующим направлениям!

♻️ В Академическом лицее есть направления и предметы, по которым будут сдаваться вступительные экзамены.
1️⃣ Tочные науки-1 (техника) направление (математика, физика, IQ тест);
2️⃣ Tочные науки-2 (экономика) направление (математика, английский язык, IQ тест).
3️⃣ Направление по иностранным языкам (родной язык и литература, английский язык, IQ тест)

📣 Примечание: документация принимается на онлайн-платформе Министерства высшего образования, науки и инноваций через my.edu.uz

👉https://t.me/transportlitseyi перейдя по этому каналу, вы получите ответ!

Телефоны для справок: ↩️
☎️+99855 5060188
📲+99897 4433952
📲+99899 6463283

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1
“ZAKOVAT"DA MART OYI KITOBXONLIK MUSOBAQASI

📚 TDTrU akademik litsey o’quvchilari o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, badiiy kitobga oshno qilish hamda bir asar doirasida fikr almashish maqsadida “KITOBXONLIK OYLIGI” yo’lga qo’yilgan.

💦 2024-yil 4-mart kuni 1-kurs o'quvchilari uchun O'zbekiston xalq yozuvchisi, o’zbek bolalarining sevimli yozuvchisi Xudoyberdi To’xtaboyevning "JANNATI ODAMLAR" asari bo'yicha "ZAKOVAT" musobaqasi o'tkaziladi.

👉 Musobaqa sharti bo'yicha aynan shu asarga doir 15 ta savol beriladi.

🔥 "BIR OYDA BIR ASAR TAHLILI" aksiyasi davom etadi.

💐Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍2
⌛️ "KITOBXONLIK MUSOBAQASI – ZAKOVAT"DA (1-kurs)

🔵 2024-yil 4-aprel kuni TDTrU akademik litseyida 5 tashabbus doirasida o’quvchilarni kitobga oshno qilish yo'lida “BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi mart oyi musobaqasi bo’lib o’tdi.

🟣 “Zakovat”da 4 ta jamoa “Everest” (1-23), “Infinity” (2-23), “Elites” (5-23), “Tafakkur” (6-23) jamoalari ishtirok etdi.

📚 Mart oyi musobaqasida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, o’zbek bolalarining sevimli yozuvchisi X.To'xtaboyevning “JANNATI ODAMLAR” asari asosida tuzilgan savollar kitobxon o'quvchilarga taqdim etildi.

🟠 Barcha jamoalar munosib ishtirok etdi va quyidagi ochkolarni qo’lga kiritdi.

🔹“Tafakkur”-2;
🔸“Elites”-3;
🔹“Everest”-7;
🔸12 ochko bilan “Infinity” – Durdona Hakimjonova jamoasi o’yin g’olibiga aylandi.

💐 “BIR OYDA BIR BADIIY ASAR” shiori ostidagi kitobxonlik oyligi reja asosida davom etadi. Barcha kitobsevarlarni safimizga chorlab qolamiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍3
⭕️ "OPEN BYUDJET"DA TRANSPORT AKADEMIK LITSEYI G’OLIB

💦 2024-yil 5-aprel kuni TDTrU akademik litseyida butun jamoa hamkorligida “Open byudjet”da o'z loyihasi bilan qatnashib, yutib chiqqanligini keng nishonlashdi.

💠 Bayram dasturini YoBIBDO’ A.T.Ikromov ochib berib, o’quvchilarning ertangi kelajagi hamda akademik litseyning rivoji uchun ovoz to’plashda o’z hissasini qo’shgan barcha o’qituvchi-xodimlarga, o’quvchilarga, ularning ota-onalariga muassasa rahbari M.T.Xasanova nomidan samimiy minnatdorchilik bildirib o'tdi.

♻️ Quvonchli xabardan xursand bo’lgan o’qituvchi va o’quvchilar qo’yilgan sho’x kuy-qo’shiqlarga madaniy hordiq chiqarishdi.

🏆 Akademik litseyning yutuqlari bardavom bo’lisin va, albatta, mana shunday imkoniyatni yaratib bergan barcha mutasaddi rahbarlarga, xalqimizga, Prezidentimizga o’z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍6