Transport litseyi
833 subscribers
3.04K photos
184 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oav_biz_haqimizda

Toshkent TV | Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bayram tadbiri oʻtkazildi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍1🤩1
⭕️ 25-MART SAYYORAMIZ SOATI KUNI AKSIYASIDA MENING HISSAM

🌏 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent shahar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining 2024-yil 25-martdagi 01/03-139-sonli xati ijrosi munosabati bilan TDTrU akademik litseyi o’quvchilari va guruh rahbarlari ishtirokida “25-mart Sayyoramiz soati kuni aksiyasida mening hissam” mavzusida sayohat tadbiri o’tkazildi.

🪐 Tadbir davomida litseyda aksiya doirasida belgilangan vaqt bo’yicha chiroqlar o’chirildi, bir guruh o’quvchilar va guruh rahbarlari hududdagi “Navro’z bog’i”da ko’ngilochar sayohatni amalga oshirdi.

🌈 Sayohat davomida tabiat qo’ynida bahramand bo’lish, bog’ning eng ko’zga ko’ringan joylari bilan yaqindan tanishish, uni tengdoshlari bilan fikr almashish barobarida tashkil qilingan sayohat ko’ngildagidek o’tdi va katta taassurotlar bilan qaytishdi.

☄️ Aksiyada ishtirok etgan guruhlarga va guruh rahbarlariga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍8👏1
“HUQUQIY ZAKOVAT” SHIORI OSTIDA FAQAT QIZLAR O’RTASIDA "ZAKOVAT" MUSOBAQASI

💦 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining bilimga chanqoq O'QUVCHI-QIZLARI.

🌿 Ertangi kun hayotingizda unutilmas kun bo’lishiga ishoning va bugundan harakatni boshlang.

📆 2024-yil 28-MART kuni faqat va faqat qizlar ishtirokida “ZAKOVAT” intellketual o’yinining 2-soni o’tkaziladi.

🦠 Sizlardan asosiy talab: 6 kishidan iborat jamoa tuzish, namunali formada ishtirok etish.

🍿Eng asosiysi har bir raund savoliga qo’yilgan sovg’alar sizlarni kutmoqda.

😊 Ertangi qiziqarli va unutilmas "Zakovat" maydonida diydorlashguncha!

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
⭕️ AN'ANAVIY O’QUVCHI-QIZLAR O’RTASIDAGI "ZAKOVAT" MUSOBAQASI (2-SON)

🔵 2024-yil 28-mart kuni TDTrU akademik litseyida “Bo’lajak olima qizlar” shiori ostida o’quvchi-qizlar o’rtasida "ZAKOVAT" intellektual o'yinining mart oyi soni otkazildi.

🟢 Tadbirni YoBIBDO’ A.T.Ikromov olib bordi va barcha jamoalarga o’yin shartlarini takroran eslatib o’tdi.

🟣 Savollar asosan, o'quvchi-qizlarni dunyoqarashiga mos, kitobxonlikka chorlaydigan, fanga doir hamda mantiqiy savollar taqdim etildi.

🟠 Qiziqarli va unutilmas tarzda kechgan 2-son o’yinida g’olib jamoalar quyidagicha aniqlandi.

🥇-o’rin. "Formidable";
🥈-o’rin: "Infinity";
🥈-o’rin: "Ishonch”;
🥉-o’rin: "Tafakkur";
🥉-o’rin: “Titans o’zbek”

💐"Zakovat"ning har bir raundi uchun qo’yilgan sovg’alarni jamoa bilimdonlari qo’lga kiritishdi.

📌 O’quvchi-qizlar bu sondagi o'yindan katta taassurotlar oldi va davomli bo’lish taklifini bildirishdi. Reja asosida bu taklif amalga oshiriladi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍4
⭕️ DARS MASHG'ULOTI JARAYONIDAN

💠 2024-yil 28-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida 1-23-guruh (o’zbek) o’quvchilari bilan hamkorlikda fan o’qituvchisi Sh.Otaboyev tomonidan III juftlikda dars mashg’uloti o’tkazildi.

🖌 “Matematika va informatika” kafedrasi tajribali va mas'uliyatli o’qituvchilaridan Sh.Otaboyev hayotiy bilim, pedagogik tajribasi va mahoratiga tayangan holda “Termodinamikaning birinchi qonuni” mavzusini zamonaviy pedagogik texnologiyalar va mavzuga oid metodlar asosida qiziqarli tarzda o’quvchilarga yetkazdi.

🔎 Darsda o’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimi sinovdan o’tkazildi va butun dars davomida faol ishtirok etgan o’quvchilar baholandi.

📍 Fan o’qituvchisining yutuq va kamchiliklari kuzatuvchilar tomonidan tahlil qilindi va maslahatlar berildi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⭕️ "CHIQINDISIZ DUNYO UCHUN!" EKO-AKSIYASI JARAYONIDAN

♻️ 2024-yil 30-mart
kuni Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyida “Chiqindisiz dunyo uchun!” eko-aksiyasi o‘tkazildi.

🔆 “World Zero-Waste day” munosabati bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda akademik litseyning barcha o'quvchilari faol ishtirok etdi.

Sayt/ Telegram/ Facebook/ Instagram/ You tube
👍5🔥1