Transport litseyi
830 subscribers
3.06K photos
184 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ PSIXOLOG VA O’QUVCHILAR TRENINGI

🔹 2024-yil 24-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 4-23-guruh o’quvchilari ishtirokida “Hayotda o’z o’rnini topishga ko’maklashish” mavzusida psixologik trening bo’lib o’tdi.

🔸 Trening davomida o’quvchilarning o’ziga bo’lgan ishonchini aniqlash, hozirgi kungacha nimaga erishdi-yu nimalarni maqsad qilishgani, hayotda o’z o’rinlarini topishga ko’maklashish kabi proyektiv metodika psixolog L.Abdujalilova tomonidan qo’llanildi.

🔹 Bunda trening ishtirokchilari o’zlari ma'qul ko’rgan muhitni tanlashlari, o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda savollarga javob berib, taqdim etilgan turli shakllarni faol tarzda to’ldirganlari ijobiy natijani berdi.

🔸 Treningdan o’quvchilar o’zlariga kerakli xulosalarni oldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍2👏2🤩1
“ZAKOVAT"DA FEVRAL OYI KITOBXONLIK MUSOBAQASI

📚 TDTrU akademik litsey o’quvchilari o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobga oshno qilish hama bir asar doirasida fikr almashish maqsadida “KITOBXONLIK OYLIGI” yo’lga qo’yilgan.

🌈 2024-yil 1-mart kuni 1-kurs o'quvchilari uchun komediya janri ustasi G’afur G’ulomining "Shum bola" asari bo'yicha "ZAKOVAT" musobaqasi o'tkaziladi.

Musobaqa sharti aynan shu asarga doir 15 ta savol beriladi.

🌈 "BIR OYDA BIR ASAR TAHLILI" aksiyasi davom etadi.

💐Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍1
⭕️ “ZAKOVAT"DA FEVRAL OYI KITOBXONLIK MUSOBAQASI

📚 TDTrU akademik litsey o’quvchilari o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish, kitobga oshno qilish hama bir asar doirasida fikr almashish maqsadida “KITOBXONLIK OYLIGI” yo’lga qo’yilgan.

🌈 2024-yil 2-mart kuni 2-kurs o'quvchilari uchun braziliyalik yozuvchi Paulo Koeloning "Alkimyogar" asari bo'yicha "ZAKOVAT" musobaqasi o'tkaziladi.

Musobaqa sharti aynan shu asarga doir 15 ta savol beriladi.

🌈 "BIR OYDA BIR ASAR TAHLILI" aksiyasi davom etadi.

💐Barcha jamoalarga omad yor bo'lsin!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👏1
⭕️ “ILMLI AYOL - JAMIYAT KO'ZGUSI” SHIORI OSTIDA O’QUVCHI-QIZLAR O’RTASIDA "ZAKOVAT" MUSOBAQASI

💦 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining bilimga chanqoq O'QUVCHI-QIZLARI.

🔸 Ertangi kun hayotingizda unutilmas kun bo’lishiga ishoning va bugundan harakatni boshlang.

🔹 2024-yil 28-fevral kuni faqat va faqat qizlar ishtirokida “ZAKOVAT” intellketual o’yini o’tkaziladi.

🔸 Sizlardan asosiy talab: 6 kishidan iborat jamoa tuzish, namunali formada ishtirok etish.

🔹Eng asosiysi har bir raund savoliga qo’yilgan sovg’alar sizlarni kutmoqda.

💠 Ertangi qiziqarli va unutilmas "Zakovat" maydonida diydorlashguncha!

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🔥2
⭕️ “KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (16-kun)

❄️ 2024-yil 26-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.

🫧 Tadbirda o’quvchilarning ingliz tili va boshqa sohadagi bilimlari fan o’qituvchisi R.Mamatqulova tomonidan sinovdan o’tkazildi.

💠 Bunda o’quvchilarga ingliz tili faniga doir “Warm up” hamda “Linguistic goals” kabi qiziqarli shartlar berildi va g’olib o’quvchilar munosib taqdirlandi.

💦 O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍2
⭕️ O’QUVCHILAR ISHTIROKIDA “TURNALAR” TRENINGI

🔵 2024-yil 27-fevral kuni TDTrU akademik litseyida 1-23-guruh o’quvchilari ishtirokida “Hayotga nisbatan yashovchanlikni aniqlash” mavzusida psixologik trening bo’lib o’tdi.

🟢 Trening davomida o’quvchilarning hayotdagi qiziqishlari, kelajakdagi orzulari “Turnalar” proyektiv metodikasi orqali psixolog L.Abdujalilova tomonidan aniqlandi.

🟣 Trening ishtirokchilari o’rtasida “Kim chaqqon”, “Meni takrorla” kabi interaktiv o’yinlar ham o’tkazildi va bu o’quvchilarni bir-birini tushunishga yordam berdi.

🔴 Treningdan o’quvchilar o’zlariga kerakli xulosalarni oldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🔥3👍2
⭕️ 263-MAKTAB O’QUVCHILARI “OCHIQ ESHIKLAR” KUNIDA TASHRIFI JARAYONIDAN

2024-yil 28-fevral kuni TDTrU akademik litseyida Mirobod tumaniga qarashli 263-umumiy o'rta maktabning 9-sinf bitiruvchilari “Ochiq eshiklar” kunida tashrifi amalga oshirildi.

❇️ Tashrif davomida mas’ullar tomonidan akademik litseyning dars mashg’ulotlari xonasi, kutubxona, zamonaviylashtirilgan kompyuter xonasi, vebinar va faollar zali to’liq tanishtirib o’tildi.

Shuningdek, akademik litseyda o’qitiladigan yo’nalishlar, imtiyozlar hamda litseyning maktabdan farqli tomonlari haqida to’liq ma'lumot berildi.

❇️ Respublikadagi barcha umumiy o'rta maktabning 9-sinf bitiruvchilarini “Ochiq eshiklar kuni”ga taklif etamiz.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍6🔥1
⭕️ “KATTA TANAFFUS – UNUTILMAS DAQIQA” JARAYONIDAN (17-kun)

♻️ 2024-yil 28-fevral kuni TDTrU akademik litseyida o’quvchilarning bo’sh vaqtini mazmunli va esda qolarli o’tkazish maqsadida “Katta tanaffus – unutilmas daqiqa” tadbiri bo’lib o’tdi.

💎 Tadbirda o’quvchilarning ingliz tili va boshqa sohadagi bilimlari fan o’qituvchisi I.Jaloldinov tomonidan sinovdan o’tkazildi.

💰 Ikki guruhga bo’lingan o’quvchilar o’rtasida aralash raqamlarni ingliz tilida aytib, tartib bilan joylashish hamda guruh a’zosi chizgan suratni mavhum holatda ingliz tilida tasvirlab berish kabi qiziqarli shartlar amalga oshirildi va g’olib o’quvchilar munosib taqdirlandi.

💦 O’quvchi-yoshlarga yuqori haroratli kayfiyat beruvchi unutilmas lahzalar dasturi reja asosida davom etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍3