Transport litseyi
830 subscribers
3.06K photos
184 videos
23 files
1.06K links
🏛 Toshkent davlat transport universiteti akademik litseyining rasmiy telegram kanali.

🌐 Rasmiy veb-sayt: transportlitseyi.uz
https://instagram.com/transport_litsey
https://www.youtube.com/@transportlitseyi

☎️ +998 (55) 506-01-33 | +998 (55) 506-01-8
Download Telegram
⭕️ “OCHIQ ESHIKLAR KUNI”DA LITSEY O’QUVCHILARI TASHRIFI

🔷 2024-yil 22-fevral kuni TDTrU akademik litsey bitiruvchilari, guruh rahbarlari va rahbariyat jamoasi Transport universitetida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni”da ishtiroki amalga oshirildi.

🔶 Tashrif davomida mas’ullar universitetning “Lu Ban” ustaxonasi, “Coworking” markazi, lokomativ, metropolitenlardan foydalanish amaliyot xonalari hamda muzey bilan o’quvchilarni yaqindan tanishtirdi.

🔷 Universitetda yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, ichki tartib-qoidalar aytib o’tilgan bo’lsa, tadbir mehmoni Din ishlari bo’yicha qo’mitasi mas’ul xodimi Sh.Jumayev “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ochiq muloqotni davom ettirdi.

🔶 Muloqot chog’ida bugungi kunda to’g’ri yo’ldan adashib firibgarlarning qo’liga tushayotgan yoshlarga qarata hayotiy maslahatlar, ko’rsatmalar berdi va hadislardan namunalar keltirdi.

🔷 O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar oldi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
🔥3👍1
⭕️ TRANSPORT UNIVERSITETI “OLIY MATEMATIKA” KAFEDRASI JAMOASI AKADEMIK LITSEY MEHMONI

🔵 2024-yil 23-fevral kuni TDTrU akademik litseyida Transport universitetining “Oliy matematika” kafedrasi jamoasi bilan navbatdagi hamkorlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

🟢 Tadbirda kafedraning tajribali professor-o’qituvchilari ishtirok etdi hamda aniq fanlarga oid qiziqarli ma’lumotlar, misol va masalalar, sovrinli savol-javoblar o’quvchi-yoshlar ishtirokida qizg’in tarzda olib borildi.

🟠 Shuningdek, universitet tarixi, u yerdagi bakalavriat, magistratura va boshqa yo’nalishlar haqida mas’ullar tomonidan to’liq ma’lumotlar berib o’tildi.

🟣 Tadbirda kafedra o’qituvchilari tomonidan o’tkazilgan viktorinalarga o’quvchi-yoshlar faol qatnashdi va esdalik sovg’alarini qo’lga kiritdi.

🔴 Universitet hamda boshqa kafedra bilan hamkorlik ko’prigi davom etadi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍4
⭕️ BRITISH MANAGEMENT UNIVERSITY “OCHIQ ESHIKLAR KINI”DA AKADEMIK LITSEY O’QUVCHILARI TASHRIFI

💠 2024-yil 23-fevral kuni TDTrU akademik litsey bir guruh bitiruvchilari mas’ullar ishtirokida Toshkent shahridagi “British management university”ga tashrifi amalga oshirildi.

🌐 Tashrif davomida mas’ullar universitetning eng ko’zga ko’ringan joylari kutubxona, sport zal, faollar zali, dars mashg’ulotlari xonasi, talabalar turar joyi kabilar haqida to’liq ma’lumot berib o’tdi va amalda o'quvchilar guvohi bo'lishdi.

🌀 Universitetda darslar to’liq ingliz tilida olib borilishi, speaking club, qiziqarli tadbirlarning davomiyligi, qabul jarayoni va yo’nalishlar, kontrakt summasi haqida ham o’quvchi-yoshlar qo’shimcha ma’lumotga ega bo’lishdi va katta taassurotlar bilan qaytishdi.

Sayt | Telegram | Facebook | Instagram
👍4🔥1