🗣Termiz shahrida “Joylinks” IT akademiyasi ochildi!⏺Bugun Termiz shahridagi
IT PARKda
“Joylinks” IT akademiyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu akademiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 22-avgustdagi P9-357-sonli qaroriga muvofiq Termiz shahrida
IT sohasini rivojlantirish va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
⏺Akademiyada ilg‘or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlari asosida zamonaviy
IT yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim beriladi.
💬Xususan, quyidagi kurslar yo‘lga qo‘yiladi:
➡️Robototexnika
➡️Kompyuter savodxonligi
➡️Web dasturlash
➡️ Grafik dizayn
➡️ Motion grafika
➡️SMM
➡️Ingliz tili
➡️Foundation dasturlash⏺Mazkur akademiyaning ochilishi
IT sohasi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘lib, yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bugungi kunda Termiz shahri ham IT markaziga aylanmoqda!#IT #Joylinks #Termiz_shahar #Raqamli_kelajak🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram