Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
3.79K subscribers
36.2K photos
4.76K videos
69 files
11.8K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun Termiz shahrida “Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan aholi muammolarini o’rganish va hal etishdagi rolini oshirish, fuqarolarning turmush darajasini yaxshilash, shahardagi ijobiy ishlar samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar” mavzusida MATBUOT ANJUMANI o’tkazildi.

Tadbirda Surxondaryo va Ishonch telekanallarining jurnalistlari, gazeta muxarrirlari, matbuot kotiblari, mustaqil jurnalistlar va keng jamoatchilik a’zolari ishtirok etishdi. Ular bugungi kunning dolzarb masalalari va shahardagi ijobiy o’zgarishlar haqida batafsil ma’lumot olishdi.

Anjumanda deputatlar va jurnalistlar o’rtasida iliq va qizg’in suhbatlar bo’lib o’tdi, barcha savollariga javoblar berildi. Jamoatchilik vakillari bilan bo’lib o’tgan suhbatlar orqali aholi hayotini yaxshilash va shaharda amalga oshirilgan ijobiy ishlar haqida yanada ko’proq ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.

Tadbirda, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi mudiri tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimotlar ham qilindi. Bu tadbir Termiz shahridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, shuningdek, fuqarolar bilan bevosita muloqot o’rnatishning muhimligini yana bir bor namoyish etdi.

#Termiz #Jamoatchilik #MatbuotAnjumani #XalqDeputatlari #ShaharKengashi #Fuqarolar #Jurnalistika #TermizdagiYangiliklar

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram