🗣Termiz shahri, "Farhod" mahallasida yil sarhisobi bo'yicha aholiga axborot berildi va yangi yil tadbiri nishonlandi⏺Termiz shahridagi "Farhod" mahallasida aholiga mahalla xodimlarini tomonidan 2023-yilda olib borilgan ishlar yuzasidan to'liq ma'lumot, hisobot berildi.
⏺Tadbir davomida mahalladagi fidoyi fuqarolar va faol yoshlar mahalla yettiligi tomonidan taqdirlandilar. Mahalla nuroniylari so'zga chiqib, Termiz shahridagi barcha mahallalar uchun, shuning bilan birga "Farhod" mahallasiga ham 2 mlrd. so'm mablag' ajratilib, bunyodkorlik ishlari amalga oshirilganligi, mahalla zamonaviy qiyofaga keltirilganligi uchun Prezidentimizga o'z minnatdorchiligini bildirdilar hamda osmonimiz doimo musaffo boʻlishi, yurtimiz tinch, shahrimiz yanada rivoj topib boraverishini tilab duo qildilar.
⏺Tadbir yakunida "Yangi yil - orzu-umidlar va ulkan niyatlar bayrami!" shiori ostida yangi yil
tadbiri tashkillashtirildi, ertak qahramonlari bolajonlarga sovg'alar ulashdi hamda mahallaning faol yoshlari o'z chiqishlari bilan iste'dodlarini namoyon qilishdi. Kuyu qo'shiqlar kuylandi va she'riy bahru baytlar o'tkazildi.
#Termiz_shahri #Farhod_mahallasi #Yil_sarhisobi #Taqdirlash #Bayram_tadbiri📷 Foto mobil tasvirlar
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter |
Instagram