Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib yashash sharoitini yaratish, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishda qurilish va infratuzilmaviy loyihalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, har bir hududda bunday loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi doimiy nazoratga olingan.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri va Termiz tumanidagi yirik qurilish va infratuzilma obyektlari bilan tanishdi. Jumladan, Termiz shahrida "Yangi Termiz siti" va "Termiz biznes siti" majmualari, shuningdek, "Farovon" massividagi birinchi va ikkinchi qavatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari joylashadigan ko‘p qavatli turar joy binolari qurilishi hamda yer ishlari jarayonlari o‘rganildi.

Termiz tumanidagi "Kelajak" mahallasini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan 1,13 milliard so‘mlik loyiha ijrosi ham ko‘zdan kechirildi. Unga ko‘ra, 2 ta transformator punkti qurildi, 185 ta beton ustun o‘rnatildi va 8,7 km elektr tarmog‘i tortilishi ta’minlandi.

Shuningdek, "Yangi O‘zbekiston" massividagi Amfiteatr hamda katta bayroq o‘rnatiladigan maydonda olib borilayotgan qurilish ishlari holati ham o‘rganildi.

Bunday loyihalar nafaqat hududning arxitekturaviy qiyofasini zamonaviylashtiradi, balki aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratishda muhim ahamiyatga ega.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT KASTING!

JURNALIST BOLMOQCHIMISIZ?

BOSHLOVCHILIK
MUXBIRLIK
OPERATORLIK
MONTAJ USTASI
SMM (ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlash)

boʻyicha 3 OY mobaynida BEPUL nazariy va amaliy bilimlarni olasiz. Agar iqtidoringiz bilan oʻzingizni koʻrsata olsangiz 2-oydan “ISHONCH” TRKda turli loyihalarni olib borish imkoniyatiga ham ega boʻlasiz.

Sizni 10-IYUL kuni soat 9:00 da Termiz shahrida joylashgan YOSHLAR MARKAZI binosida kutib qolamiz.

Murojaat uchun telefon: +998993776062

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR KUNI!

“Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilayotgan yurtimiz yoshlari uchun katta bayram — “YOSHLAR FESTIVALI – 2025” 
#gala_konserti tashkil etildi.

#30Iyun
#YoshlarKuni
#Dolzarb90Kun
#YoshlarOyligi
#Yangi_ruhiyatdan_ilhomlanib_birlash

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Bugun – 2-iyul, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!

1992-yil aynan shu kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan Davlat gerbimiz tasdiqlandi. Bu – xalqimizning mustaqilligi, o‘zligimiz va tarixiy merosimizning ifodasi bo‘lgan muqaddas ramzdir.

Gerbimizda quyosh nurlari, g‘alla boshoqlari, paxta novdalari, Humo qushi va boshqa timsollar bizning tinchlikka intilishimiz, boy tabiiy zaxiralarimiz va ozodlikka bo‘lgan cheksiz ishtiyoqimizni ifodalaydi.

Davlat gerbi – milliy faxrimiz, yurtimiz sha’nidir!

Gerbimiz haqida qo‘shimcha ma’lumotlar shu yerda!

#DavlatGerbi #MilliyRamz

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1992-yilning 2-iyulida “O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida”gi Qonun qabul qilingan. Davlat gerbi O'zbekiston Respublikasi Oliy kengashining X sessiyasida tasdiqlangan.

📄 Barcha davlat ramzlarimiz singari gerb ham xalqimizning g‘ururi, or-nomusi, tarixiy xotirasi va orzu-umidlarini o‘zida mujassam etgan bo'lib, istiqlolimiz ramzi, o‘zini shu yurt farzandi deb bilgan har bir inson uchun cheksiz faxr-u iftixor manbaidir.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Termiz shahrida yangi saylangan mahalla raislariga xizmat guvohnomasi va “Mahalla raisi” ko‘krak nishoni topshirildi

Termiz shahrida yangi saylangan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga shahar hokimi Sharofiddin Lolayev, deputatlar, nuroniylar va faollar ishtirokida tantanali tarzda xizmat guvohnomasi va “Mahalla raisi” ko‘krak nishoni topshirildi.

Tadbirda mahalla raislarining jamiyatdagi muhim o‘rni, ularning mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishdagi roli alohida ta’kidlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram