Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣“Tabiatga yaqin, dam olishga zamin!”: Termiz shahrida ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashriflar davom etmoqda

Termiz shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz hayvonot bog‘iga tashrif buyurdi. Ushbu tashabbus ichki turizmni rivojlantirish, o‘quvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Sayohat davomida bolalar hayvonot olami bilan yaqindan tanishdi, jonivorlar hayoti, ularning yashash muhiti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Tashrif o‘quvchilarga nafaqat maroqli hordiq, balki ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan katta foyda keltirdi.

Mazkur tashrif shahar aholisi tomonidan ham ijobiy kutib olindi. Bunday tadbirlar nafaqat bolalarning, balki ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun ham tabiat bilan yaqin bo‘lish, sog‘lom dam olish hamda ma’naviy boyish imkoniyatini yaratadi.

Siz ham tabiat quchog‘ida unutilmas lahzalarni boshdan kechiring!

💬Termiz hayvonot bog‘i – zavqli hordiq va boy taassurotlar manzili!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahridagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining hayvonot bog‘iga ma’naviy-ma’rifiy tashrifi

Ichki ishlar xodimlari hamrohligida Termiz shahridagi 12-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Termiz hayvonot bog‘iga tashrif buyurishdi. Mazkur tashrif o‘quvchilarning ekologik bilimlarini boyitish, tabiatga mehr uyg‘otish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida amalga oshirildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar hayvonot bog‘idagi turli xil noyob jonivorlarni tomosha qildilar, ularning yashash muhitlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘qituvchilar tomonidan tabiat qo‘ynida ochiq osmon ostida dars mashg‘ulotlari tashkil etildi. Bunday o‘zgacha muhitdagi mashg‘ulotlar bolalarning qiziqishini yanada oshirib, ularda atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorlik va mas’uliyat hissini shakllantirishga xizmat qildi.

Mazkur tashrif o‘quvchilar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘lib, ularning ma’naviy-axloqiy kamoloti yo‘lida yana bir muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Tabiat quchog‘ida o‘tkazilgan bunday tadbirlar o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“5 tashabbus” doirasida mazmunli sayohat: 3-maktab o‘quvchilari tarixiy obidalar bilan tanishdi

Termiz shahridagi 3-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-"D" sinf o‘quvchilari “5 muhim tashabbus” doirasida tashkil etilgan tadbirlar asosida shahar hududidagi tarixiy obidalarga sayohat uyushtirdilar.

Mazkur tashrif yosh avlod vakillarining tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash va Vatan tarixiga nisbatan hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. Sayohat davomida o‘quvchilar qadimiy yodgorliklar, arxeologik obidalar va tarixiy maskanlar bilan yaqindan tanishdilar.

Bolajonlarda ajdodlarimiz me’rosi, o‘zlikni anglash va yurtga mehr tuyg‘usi yanada mustahkamlandi. Ular tarixiy obidalar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va sayohatdan katta ruhiy ko‘tarinkilik bilan qaytdilar.

Sayohat maqsadli va mazmunli o‘tdi, o‘quvchilarimizda tariximizga nisbatan yuksak qiziqish va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahridagi 17-maktabda “Dolzarb 90 kun” doirasida ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etildi

Termiz shahridagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida turli mazmunli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida maktabning 5-sinf o‘quvchilari uchun shahar hududida joylashgan tarixiy obidalar, diqqatga sazovor maskanlar hamda Termiz hayvonot bog‘iga ma’rifiy sayohat uyushtirildi.

Mazkur tashrif o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, ularning Vatanga bo‘lgan mehrini oshirish, tabiatni asrashga oid qarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tarixiy joylar bilan yaqindan tanishgan bolajonlar ajdodlarimiz merosini chuqur anglash imkoniga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, hayvonot bog‘idagi noyob jonivorlarni ko‘zdan kechirish o‘quvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning tabiatga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Tashrif davomida o‘qituvchilar tomonidan ochiq dars mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.

“Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar o‘quvchilarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM