🗣“Tabiatga yaqin, dam olishga zamin!”: Termiz shahrida ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashriflar davom etmoqda
⏺Termiz shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz hayvonot bog‘iga tashrif buyurdi. Ushbu tashabbus ichki turizmni rivojlantirish, o‘quvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.
⏺Sayohat davomida bolalar hayvonot olami bilan yaqindan tanishdi, jonivorlar hayoti, ularning yashash muhiti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Tashrif o‘quvchilarga nafaqat maroqli hordiq, balki ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan katta foyda keltirdi.
⏺Mazkur tashrif shahar aholisi tomonidan ham ijobiy kutib olindi. Bunday tadbirlar nafaqat bolalarning, balki ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun ham tabiat bilan yaqin bo‘lish, sog‘lom dam olish hamda ma’naviy boyish imkoniyatini yaratadi.
⏺Siz ham tabiat quchog‘ida unutilmas lahzalarni boshdan kechiring!
💬Termiz hayvonot bog‘i – zavqli hordiq va boy taassurotlar manzili!
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram