Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.8K photos
4.89K videos
70 files
12.2K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Prezidentimiz tashabbusi va topshiriqlari asosida, yozgi ta’til davrida maktab o‘quvchilari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli va samarali tashkil etish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Surxondaryo viloyatida ilg‘or xorijiy tajribalar asosida umumta’lim maktablarida "Kasb markazlari" faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bugun mazkur markazlar o‘z faoliyatini boshladi.

Xususan, Termiz shahar politexnikumida tashkil etilgan "Kasb markazi"da o‘tkazilgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, yaratilgan shart-sharoitlar, kurs va to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, videokonferensaloqa orqali hududlardagi yana 15 ta markaz faoliyatiga rasman start berildi.

"Kasb markazlari"da quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan:

hunarmandchilik, kulolchilik, yog‘och va metall o‘ymakorligi;
sartaroshlik, robototexnika, oshpazlik va qandolatchilik;
karving san’ati, tikuvchilik va kiyim dizayni;
fotografiya, videotasvirga olish, grafik dizayn va gulchilik;
duradgorlik, avtotrinajyor, kibersport va ot sporti;
SMM (Social Media Marketing) — Instagram, TikTok, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarda kontent yaratish, reklama va targ‘ibot strategiyalari.

Viloyat hokimi to‘garaklar faoliyati bilan tanishib, mas’ullarning axborotlarini tingladi hamda o‘quvchi yoshlarning qiziqishlarini inobatga olgan holda to‘garaklar sonini yanada oshirish bo‘yicha tegishli vazifalarni belgilab berdi.
🗣Bugun Termiz shahar yozgi kasblar markazining ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

💬Batafsil: https://t.me/termizshh/49073

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahrida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Jinoyatchilikning oldini olish, nazorat ostidagi fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish va ularni mehnatga jalb etish maqsadida Termiz shahar Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi tomonidan Termiz shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir Probatsiya hisobida turuvchi fuqarolarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishi va jamiyatga moslashuvini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan tizimli ishlarning uzviy davomi bo‘ldi.

Yarmarka davomida ishtirokchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, bandlik imkoniyatlari va kasb-hunar o‘rganish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Natijada, tadbirda ishtirok etgan fuqarolardan 5 nafari ish bilan ta’minlandi, yana 2 nafari kasb-hunarga o‘qish istagini bildirganligi sababli tegishli o‘quv muassasalariga yo‘llanmalar berildi.

Bunday tadbirlar Probatsiya guruhi nazoratidagi shaxslarning ijtimoiy hayotga qayta integratsiyasini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Tabiatga yaqin, dam olishga zamin!”: Termiz shahrida ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan tashriflar davom etmoqda

Termiz shahridagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Termiz hayvonot bog‘iga tashrif buyurdi. Ushbu tashabbus ichki turizmni rivojlantirish, o‘quvchilarning ekologik madaniyatini yuksaltirish va ularning ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

Sayohat davomida bolalar hayvonot olami bilan yaqindan tanishdi, jonivorlar hayoti, ularning yashash muhiti haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Tashrif o‘quvchilarga nafaqat maroqli hordiq, balki ta’limiy va tarbiyaviy jihatdan katta foyda keltirdi.

Mazkur tashrif shahar aholisi tomonidan ham ijobiy kutib olindi. Bunday tadbirlar nafaqat bolalarning, balki ularning ota-onalari va o‘qituvchilari uchun ham tabiat bilan yaqin bo‘lish, sog‘lom dam olish hamda ma’naviy boyish imkoniyatini yaratadi.

Siz ham tabiat quchog‘ida unutilmas lahzalarni boshdan kechiring!

💬Termiz hayvonot bog‘i – zavqli hordiq va boy taassurotlar manzili!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM