🗣Termiz shahridagi 17-maktabda “Dolzarb 90 kun” doirasida ma’naviy-ma’rifiy sayohatlar tashkil etildi
⏺Termiz shahridagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida turli mazmunli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Dastur doirasida maktabning 5-sinf o‘quvchilari uchun shahar hududida joylashgan tarixiy obidalar, diqqatga sazovor maskanlar hamda Termiz hayvonot bog‘iga ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
⏺Mazkur tashrif o‘quvchilarning tarixiy bilimlarini boyitish, ularning Vatanga bo‘lgan mehrini oshirish, tabiatni asrashga oid qarashlarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tarixiy joylar bilan yaqindan tanishgan bolajonlar ajdodlarimiz merosini chuqur anglash imkoniga ega bo‘lishdi.
⏺Shuningdek, hayvonot bog‘idagi noyob jonivorlarni ko‘zdan kechirish o‘quvchilarda katta taassurot qoldirib, ularning tabiatga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirdi. Tashrif davomida o‘qituvchilar tomonidan ochiq dars mashg‘ulotlari ham tashkil etildi.
⏺ “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar o‘quvchilarning har tomonlama barkamol shaxs bo‘lib ulg‘ayishida muhim o‘rin tutmoqda.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram