Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Aziz bolajonlar!

Sizlarni bugungi quvonchli, rang-barang bayram — 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

Sizlar — qalblarimiz quvonchi, hayotimizning eng go‘zal va pokiza ilhomi, yuragimizdagi abadiy bahorsiz. Har bir kulgichingiz biz kattalarga kuch, ilhom va ertangi kun umidini beradi. Biz sizlar uchun go‘zal, tinch, mehrga to‘la hayot yaratishga, har bir orzuingizni ro‘yobga chiqarish uchun bor imkoniyatimizni safarbar etishga tayyormiz.

Bugungi kundan sizlarga tilagim shuki — hech qachon bolalik baxtingiz so‘nmasin, ko‘zlaringizda porlagan nur hech qachon o‘chmasin! Sizlar bizning eng bebaho boyligimizsiz! Har biringizni o‘z farzandimdek aziz tutaman, hayotingizga doim quvonch, sog‘lik va muvaffaqiyatlar hamroh bo‘lsin!

Biz sizlarni himoya qilishga, o‘qitishga, o‘stirishga va orzularingiz sari yo‘l ochishga mas’ulmiz. Yurtimizda yaratilayotgan barcha sharoit, har bir bunyodkorlik, har bir islohot — aynan sizlar uchun, kelajak uchun!

Bayramingiz muborak, aziz bolajonlar!
Doimo mehr, muhabbat va quvonch bag‘rida ulg‘aying!

Hurmat va samimiyat bilan Sharofiddin Lolayev Usanovich - Termiz shahar hokimi!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Har yili 1-iyun sanasida butun dunyo bo‘ylab Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni nishonlanadi. Bu sana nafaqat yozning ilk kuni, balki mehr, e’tibor va muhabbatga eng ko‘p loyiq bo‘lgan bolajonlar uchun bag‘ishlangan muhim bayramdir.

Ushbu kun ilk bor 1950-yilda nishonlana boshlangan. Uning ildizi esa 1949-yilda Parijda bo‘lib o‘tgan Ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressida “Bolalar baxti – tinchlik garovi” shiori ostida yangragan da’vatga borib taqaladi.

Urushdan keyingi notinch yillarda bolalar salomatligi, osoyishtaligi va himoyasi jahon hamjamiyati oldida dolzarb masalaga aylangan edi. 1989-yilda esa BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Bolalar huquqlari to‘g‘risida Konvensiya qabul qilindi. Bu hujjat butun dunyo bo‘ylab bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni huquqiy asosda kafolatlab berdi.

Bugun esa biz har bir bolaga mehr berish, asrash va ularning baxtli kelajagi uchun mas’ul ekanimizni unutmasligimiz lozim. Chunki bolalar – ertamiz, umidimiz va jamiyatimizning eng bebaho boyligidir.

💬1-iyun – Xalqaro bolalar kuning bilan, aziz bolajonlar!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Eng yaxshi tuman (shahar) Yoshlar ishlari agentligi rahbari"ga ovoz berish jarayonida qatnashish uchun video qo'llanma👆🏻

🗳OVOZ BERISH 👉 TISU SO'ROVNOMA

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣“Dolzarb to‘qson kunlik” doirasida ezgu tashabbuslar davom etmoqda

Termiz shahrida “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida ezgulik va mehr-oqibatni ulug‘lovchi tashabbuslar izchil amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, jamiyat e’tiboridan chetda qolmasligi lozim bo‘lgan ehtiyojmand oilalar va ularning farzandlariga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani tahsinga loyiqdir.

1-iyun xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Termiz shahridagi “Serenada” tantanalar saroyida yuksak darajada tashkil etilgan yana bir ezgu tadbir – sunnat to‘yi marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda 500 nafarga yaqin mehmon – nuroniy otaxon-u onaxonlar, mahalla faollari, yoshlar, turli soha aholi vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida 40 nafar ehtiyojmand oilalar farzandlari uchun keng ko‘lamli sunnat to‘yi tashkil etilib, har bir bolajonning qalbida unutilmas xotiralar qoldi. Marosim davomida yurtimizga taniqli san’atkorlar, jumladan, Toshkent shahridan tashrif buyurgan el suygan ijodkorlar ham ishtirok etib, o‘z chiqishlari bilan tadbirga bayramona ruh bag‘ishladilar.

Ushbu xayrli ish orqali mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va milliy qadriyatlarimiz yana bir bor ulug‘landi. Ayniqsa, bolajonlarning yuzidagi tabassum, ota-onalarning duosi va xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib ko‘rsatgan birdamligi – bu tashabbusning eng yuksak samarasidir.

Shunday ezgu amallar davomli bo‘lsin! Birlik va hamjihatlikda yurtimizning har bir go‘shasida yana-da ko‘proq xursandchilik, farovonlik va baxtiyorlik hukm sursin!

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM