🗣“Yurtimiz kelajagini bunyod etadigan yosh avlod maktabda tarbiyalanadi – shuning uchun har bir sinf xona, maktab hovlisi farzandlarimiz orzulari boshlanadigan muqaddas maskan bo‘lishi kerak.” — Sh.Lolayev
⏺Bugun Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev 9-maktabda shahardagi barcha umumta’lim maktablar direktorlari va mas’ul mutasaddilari ishtirokida muhim yig‘ilish o‘tkazdi.
⏺Uchrashuv davomida shahar hokimi 9-maktabda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini xonama-xona kirib, shaxsan o‘rganib chiqdi. U maktab binosining holati, ta’lim-tarbiya jarayonlari uchun yaratilayotgan sharoitlar va xavfsizlik choralari yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berdi.
⏺Yangi 2025–2026-o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Termiz shahridagi 26 ta umumta’lim maktabi uchun jami 400 million so‘mlik qurilish-ta’mirlash materiallari taqdim etildi. Ushbu tashabbus ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga munosib holatga keltirishga xizmat qiladi.
⏺Shahar hokimi har bir maktabga alohida tashrif buyurib, tayyorgarlik holatini shaxsan o‘rganishini ta’kidladi. Shu bilan birga, u maktab hududlari, ayniqsa hovlilarning obodonlashtirilishi, yashil maydonlar va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratish lozimligini mutasaddilarga qat’iy takidlab o’tdi.
⏺ Ushbu tashrif ta’lim tizimida sifatli muhit yaratish va o‘quvchilarga qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan izchil islohotlarning yana bir amaliy ifodasidir.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram