Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.91K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗣1-iyulgacha "President Tech Award" tanloviga ariza yuboring!

Prezidentimiz tashabbuslariga ko’ra umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarni tashkil etuvchi “President Tech Award” tanlovi juda ko’p Startup loyihalarni amalga oshishiga hissa qo’shib kelmoqda.

💬Bu mavsumda Siz ham qatnashing!

Tanlovda ishtirokni o’zi ham Sizga kelgusida loyihangizni targ’ib qilish uchun yangi tajriba va ko’nikmalar berishi aniq, g’olib bo’lsangiz esa loyihangizga qo’shimcha moliyaviy yordam olasiz.

🎁Asosiy toifalar bo‘yicha mukofotlar miqdori:
1-o‘rin — 100 000 dollar
2-o‘rin — 50 000 dollar
3-o‘rin — 30 000 dollar

⭐️Maxsus toifa mukofoti: 100 000 dollar

💬Batafsil: https://awards.gov.uz

Muvaffaqiyatli Startup dunyodagi ko’proq insonlarning muammolarini yecha oladigan va hayotini yaxshilashga xizmat qiladigan bo’ladi. Shunda bemalol uni kelgusida Unicornga aylanishini niyat qilsa bo’ladi.

#PresidentTechAward #InnovationChallenge #TechForImpact #UzbekistanTech #ITCompetition

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PQ-330-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Termiz shahrida ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush tarzi farovonligini oshirish maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Termiz shahridagi “Termiz markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hamda “Yashil dunyo markaziy oziq-ovqat bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, ehtiyojmand oilalar uchun o‘z tadbirkorligini amalga oshirishlari hamda oilalarning barqaror bandligini ta’minlash, ko‘mak berish maqsadida maxsus “Farovonlik sari” rastalari ajratilgan.

“Farovonlik sari” dasturi asosida amalga oshirilayotgan mazkur ishlar ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun yaratilgan imkoniyatlar biri desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, mazkur dasturga muvofiq Termiz shahar “Majnuntol” mahallasida istiqomat qiluvchi, kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan Isanova Mehriniso Turdievnaga Termiz shahar Markaziy dehqon oziq-ovqat bozoridan maxsus savdo rastasi ajratib berilgan.

Mazkur tashabbuslar aholining hayot sifati va farovonligini oshirishga, ijtimoiy tenglikni ta’minlashga hamda iqtisodiy faollikni oshirishda o‘z aksini topmoqda. Muhtaram Prezidentimizning mazkur yo‘nalishdagi ko‘rsatmalari xalqimizning turmush farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️ O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslar qo‘llab-quvvatlanadi

🖋 “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025-y.) qabul qilindi.

😮 Qarorga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Faol hayotga qadam” dasturi joriy etiladi.

Dastur doirasida quyidagi 5 turdagi yangi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi:

⏺️ uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish xizmati;
⏺️ uy sharoitida qarab turish xizmati;
⏺️ tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya xizmati;
⏺️ kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati;
⏺️ shaxsiy yordamchi xizmati.

💵 Dastur doirasidagi ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlarining bir qismi vaucher asosida qoplab beriladi.

🖋 Vaucher qiymati Hukumat tomonidan belgilangan miqdorda Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga,“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga subsidiya shaklida to‘lanadi.

🎖  Vaucher berish va uning qiymatini to‘lash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimidagi “Oila hamkori” platformasi orqali amalga oshiriladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣"Men bo‘lg‘usi..." nomli psixologik aksiyasi oʻtkazildi

Termiz davlat pedagogika institutda “Men bo‘lg‘usi...” nomli psixologik aksiya tashkil etildi. Talaba-yoshlar orasida ijobiy kayfiyat ulashish, ularning maqsad va orzular sari intilish ruhini shakllantirishga qaratildi.

Tadbir davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar o‘z hayotiy maqsadlari, orzu-intilishlari, kelajakdagi kasblari va shaxsiy yondashuvlari haqida fikr almashdilar. Aksiya davomida talabalar orasida do‘stona muhit, o‘z-o‘zini anglash va ishonch hissini mustahkamlashga qaratilgan turli faoliyatlar tashkil etildi.

"Men bo‘lg‘usi..." aksiyasi institutda sog‘lom psixologik muhit yaratish, yoshlarni hayotiy maqsadlarini belgilashga undash, ularda motivatsiyani oshirish va maqsadga intilish ruhini mustahkamlashga xizmat qildi.

📍 Ushbu tashabbus Termiz davlat pedagogika instituti jamoasining yosh avlod ma’naviy-ma’rifiy va psixologik tarbiyasiga qaratilgan izchil faoliyatining bir qismi sifatida amalga oshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ҳузуридаги Халқаро инклюзив хабга "Zamin" фонди Васийлик кенгаши раиси Зироат Мирзиёева ва UNICEFнинг ижрочи директори Кетрин Мери Рассел ташриф буюришди.

Ташриф давомида меҳмонлар Марказнинг ривожланиш стратегияси, методологик ёндашуви ҳамда Ўзбекистонда инклюзивликни илгари суриш бўйича ташаббуслари — жумладан, инклюзив таълим, бандлик ва қулай муҳит яратиш йўналишлари билан яқиндан танишдилар.

Самимий ва дўстона муҳитда Зироат Мирзиёева ва Кетрин Мери Рассел Марказ ўқувчилари билан мулоқот қилишди, UPSHIFT дастури доирасидаги ёшлар ташаббуслари билан танишдилар ҳамда ўқувчилар тайёрлаган театр саҳнасидан ёрқин таассуротлар олдилар.

UNICEFнинг ижрочи директори барча ёшлар учун тенг имкониятлар яратиш муҳим аҳамиятга эга эканлигини таъкидлаб, инклюзив амалиётларни ривожлантиришдаги ҳиссаси учун Марказ жамоасига миннатдорлик билдирди.

🌐 https://t.me/AOKA_Surxon