Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Bugun 26-may haftaning dushanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
🌏Butunjahon Qizil soch kuni.
🌏Butunjahon Drakula kuni.
🇦🇺Avstraliya - Milliy kechirim kuni.
🇺🇦Ukraina, 🇷🇺Rossiya, 🇰🇿Qozogʻiston, 🇧🇾Belarus – Kimyo sanoati xodimlari kuni.
🇷🇺Rossiya – Tadbirkorlik kuni.

#muhim_voqealar
🔹1761 – Mixail Lomonosov Venera sayyorasi atmosferasini aniqladi.
🔹1897 – B. Stoker “Drakula” romanini chop ettirdi.
🔹1928 – FIFA tashkiloti har to‘rt yilda bir marotaba futbol bo‘yicha jahon chempionatini o‘tkazish borasida qaror qabul qildi.
🔹1994 – Xalqaro “Navro‘z” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi.

#tavalludlar
🔹1265 – Dante Aligeri – florensiyalik shoir, italyan adabiy tilining asoschilaridan biri, mutafakkir, ilohiyotchi, mashhur “Ilohiy komediya” ning muallifi.
🔹1814 – Genrix Geysler – nemis olimi, termometr va boshqa qator kimyoviy uskunalar ixtirochisi.
🔹1822 – Edmon De Gonkur – fransuz adibi.
🔹1877 – Aysedora Dunkan – amerikalik raqqosa.
🔹1947 – Tilak Jo‘ra – hassos shoir, adabiyotshunos, tarjimon.
🔹1974 – Sherzodxon Qudratxoʻja – jurnalist, teleboshlovchi, siyosatshunos, OʻzJOKU rektori, “Xalqaro press klub” NNT raisi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Prezidentimiz ta’kidlaganidek, sanoat, eksport va tushum bo‘yicha "respublika – tarmoq – viloyat – tuman" vertikal tizimidagi masalalar o‘z vaqtida va to‘liq hal qilinganida sanoatda yana 2 foizlik o‘sishga erishish mumkin edi.

Shu munosabat bilan uch kun muddatda "respublika – tarmoq – viloyat – tuman" vertikali bo‘yicha har bir masalani tezkor hal qilish uchun respublikadan aniq mas’ullarni belgilash va joylarga yuborish topshirildi.

Vertikal bo‘yicha qaysi bo‘g‘inda muammo yechilmasa, o‘sha tizim mas’ullaridan so‘rov qattiq bo‘lishi haqida ogohlantirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Yig‘ilishda ta’kidlanganidek, birinchi 4 oyda eksport 20 foizga oshdi. Yuqori o‘sish sur’atlari asosan kimyo, oziq-ovqat, meva-sabzavot, IT, turizm va transport xizmatlari hisobidan ta’minlanmoqda.

Lekin to‘qimachilik eksporti 825 million dollar, ya’ni o‘tgan yilgidan 175 million dollarga kam bo‘ldi. To‘qimachilik sohasidagi 1,5 mingdan ziyod yirik va o‘rta korxonadan faqat 244 tasida xalqaro sertifikat bor.

Savdo-sanoat palatasi har bir korxonaga borib, sertifikat olishga ko‘maklashsa, qo‘shilgan qiymatni ham, eksportni ham oshirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Navoiy Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm viloyatlarida xalqaro sertifikatga ega korxonalarni 20 taga yetkazish, qolgan hududlarda yana 10 tadan korxonaga sertifikat olishga ko‘maklashish vazifasi qo‘yildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Milliy brendlarni ko‘paytirish, mavjudlarini xalqaro darajaga olib chiqish bo‘yicha ham yangi tizim joriy qilinishi belgilandi.

Milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi tashkil qilinadi. Ushbu kompaniya:

xorijdan brend-menejer, dizayner, marketolog, piar-menejerlarni olib keladi;

xalqaro sertifikati bor, sifati yuqori va tashqi bozorda raqobatbardosh bo‘lgan kamida 50 ta milliy mahsulotni tanlab oladi;

ularga sifat belgisini berib, brendini dunyoga tanitish uchun katta targ‘ibot kampaniyasini boshlaydi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan yili mebel eksporti 20 million dollarga yetdi. Sifat, dizayn va brendga e’tibor qaratilsa, mavjud quvvatlarning o‘zida eksport hozirgidan 10 karra oshishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tildi.

Shu bois, mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati hamda xorijdan jalb qilingan dizayner, marketolog, injener-texnologlar ish haqining yarmi qoplab beriladi.

Xalqaro ko‘rgazmalarda ijara puli kompensatsiya qilinadigan maydon hozirgi 20 kvadratdan 40 kvadrat metrga oshiriladi.

Mutasaddilarga malakali mutaxassislarni jalb qilib, yiliga 1 ming nafar mebel ustalarini zamonaviy ko‘nikmalarga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024-yilda zargarlikda ishlab chiqarish 200 million dollardan oshdi, eksport 17 foizga o‘sib, 92 million dollarga yetdi.

Shu bilan birga, mamlakatimizda yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning o‘ndan biri ham ishga solinmayotgani qayd etildi.

Sohada "xufiyona" iqtisodiyot ulushi yuqori ekani ko‘rsatib o‘tildi. Yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki, mustaqil izlovchilar 2020-yilda 40 kilogramm oltin topshirgan bo‘lsa, o‘tgan yili bu 100 karra kamaygan.

Yig‘ilishda sohani "soya"dan chiqarish uchun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilishga ruxsat berish, zargarlikda milliy brend yaratish uchun xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toshlar bilan ishlaydigan gemmologlarni olib kelish xarajatining bir qismini qoplash bo‘yicha takliflar bildirildi.

Davlatimiz rahbari ushbu takliflarni ma’qulladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda zargarlar ham yakka tadbirkor sifatida tilla buyumlari savdosi bilan shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi

Mutasaddilarga joylardagi norasmiy zargarlik rastalarini zamonaviy ko‘rinishga keltirib, ularning faoliyatini qonuniylashtirish topshirildi.

Chetdan mutaxassis olib kelish xarajatining 2,5 ming dollargacha qismi kamida 5 nafar shogird chiqarish sharti bilan qoplab beriladi.

Umuman, zargarlikda ham sanoat usuliga o‘tib, ichki bozorni himoya qilish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash vaqti kelgani qayd etildi.

Buning uchun zargarlik sanoatida ishlatiladigan uskunalar va ularni butlovchi qismlari import bojidan ozod qilinadi.

Navoiy va Olmaliq kombinatlaridan oltinni bo‘lib to‘lash asosida sotib olish tartibi yana 3-yilga uzaytiriladi.

Nufuzli brendlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ularning dizayni va qolipini olib kelish xarajatining 30 ming dollargacha qismi qoplab beriladi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berib kelayotganimizdek, har haftaning muayyan kunida belgilangan sohalardagi topshiriqlarning ijrosi o‘rganilib, kelgusi vazifalar belgilanmoqda. Jumladan, dushanba kuni qurilish sohasidagi dastur va loyihalar ijrosini tahlil qilish kuni etib belgilangan.

Ushbu reja doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz shahri hamda Angor, Sherobod va Termiz tumanlaridagi qurilish loyihalari bilan tanishdi.

Xususan, Termiz shahrida "Yangi Termiz Sity" va "Termiz Biznes Sity" majmualari, Termiz tumanidagi "Yangi O‘zbekiston" massivi va bog‘i, Angor tumanida yo‘l va ko‘prik qurilishi, Sherobod tumanida esa avtomobil yo‘llarini rekonstruksiya qilish loyihalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi ham tahlil qilindi.

Yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyihalarda ishlarning sust ketishi hamda bu borada yuklatilgan vazifalar to‘liq bajarilmagani tanqid qilindi.

Shu bilan birga, turar joylar, savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalari hamda ijtimoiy soha obyektlari qurilishidagi kamchiliklar bartaraf etilishi, ishlar sifatini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Hudud rahbarlari, mas’ul mutasaddilar va pudratchi tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi hamda kelasi haftadagi o‘rganishlar davomida mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan axborot taqdim etilishi belgilandi.

Surxondaryo.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Muammoli masalalar tinglandi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM