Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣So‘nggi qo‘ng‘iroq – yangi yo‘l boshlanishi!

📝Bugun yurakda g‘am aralash quvonch. Maktab – bizga harfni o‘rgatgan, orzularimizga yo‘l ochgan muqaddas maskan.

🫥Sinfxonalar jim, ammo yuragimizda jaranglayotgan xotiralar baland ovozda. Ustozlarimiz bergan bilim va tarbiya, do‘stlarimiz bilan o‘rganilgan hayot saboqlari – biz bilan bir umrga qoladi.

📍Termiz shahrining barcha maktablarida bayram tadbirlari ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-oktabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 665-sonli qaroriga asosan, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Sherobod tumanlariga zamonaviy "Samosval" rusumidagi maxsus yuk tashuvchi transport vositalari topshirildi.

Mazkur texnikalar tumanlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud yo‘llarni ta’mirlash va yangi yo‘llar qurilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus hududlarda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va erkin harakatlanish imkoniyatlarini yaratishda katta ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning navbatdagi onlayn qabuli ham o‘tkazildi. Qabul davomida Termiz shahri va tumanlardagi Xalq qabulxonalari orqali murojaat qilgan hamda shaxsan qabul so‘ragan 77 nafar fuqaroning 98 ta turli masaladagi muammolari tinglandi.

Mutasaddi rahbarlar ishtirokida ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 18 tasi qabul jarayonida ijobiy hal etildi. Yana 80 ta murojaat esa qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etgani sababli viloyat, shahar va tuman darajasidagi 72 nafar mas’ul rahbarga biriktirilib, qat’iy nazoratga olindi.

Shuningdek, qabulda O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvi raisi Ergash Narpulatov ham ishtirok etdi. U joylardagi ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan fuqarolarning muammolarini ko‘tarib chiqdi. Jumladan, jamiyatning 185 nafar a’zosi tomonidan 240 ta masala yuzasidan murojaat bildirilgan bo‘lib, ularni hal etish uchun 175 nafardan ortiq mas’ul va rahbar biriktirildi.

📝Eslatma: Vohadoshlarimiz quyidagi havolalar orqali bevosita viloyat hokimiga murojaat yo‘llashlari mumkin:
Telegram guruh: https://t.me/qosimovgamurojaat
Telegram bot: @surxondaryouz_bot

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Viloyat hokimining topshirig‘i amalda

Avval xabar berilganidek, bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov tomonidan shahar va tumanlar studiyalari orqali fuqarolarning muammolari tinglandi va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev tomonidan shahar studiyasidan ishtirok etgan ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan har bir fuqaro bilan samimiy muloqot qilinib, ularning taklif va muammolarini tezkor hal etish masalalari kelishib olindi.

Shundan so‘ng, ko‘zi ojiz va nogironligi bo‘lgan bir guruh fuqarolar bilan dasturxon ustida suhbat davom ettirilib, ular tomonidan el-yurt tinchligi va farovonligini so‘rab duolar qilindi.

Shuningdek, shahar hokimi Sh.Lolayev O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Markaziy boshqaruvi raisi E.Narpulatov bilan birgalikda shahardagi “Navro‘z” mahallasida yashovchi Otamurodova Dilfuzaxon xonadonida bo‘lib, uning murojaatiga asosan muzlatgich bilan ta’minlandi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Termiz shahar | Soʻnggi qoʻngʻiroq tadbirlari joylarda keng nishonlandi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM