Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.9K subscribers
37.9K photos
4.93K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
🗣Bugun barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangramoqda

Ana shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan Termiz shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari, maktab o‘qituvchilari, ota-onalar, o‘quvchilar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Dastlab, 11-sinf bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng, Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Xalbayev bitiruvchilarni katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.

Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r va kuy-qo‘shiqlar bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.

Tadbir yakunida 11-sinf bitiruvchilari so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi ostida kuzatib qo‘yildi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣So‘nggi qo‘ng‘iroq – yangi yo‘l boshlanishi!

📝Bugun yurakda g‘am aralash quvonch. Maktab – bizga harfni o‘rgatgan, orzularimizga yo‘l ochgan muqaddas maskan.

🫥Sinfxonalar jim, ammo yuragimizda jaranglayotgan xotiralar baland ovozda. Ustozlarimiz bergan bilim va tarbiya, do‘stlarimiz bilan o‘rganilgan hayot saboqlari – biz bilan bir umrga qoladi.

📍Termiz shahrining barcha maktablarida bayram tadbirlari ko’tarinki ruhda bo’lib o’tdi

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-oktabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 665-sonli qaroriga asosan, Surxondaryo viloyatining Bandixon, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Sherobod tumanlariga zamonaviy "Samosval" rusumidagi maxsus yuk tashuvchi transport vositalari topshirildi.

Mazkur texnikalar tumanlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, mavjud yo‘llarni ta’mirlash va yangi yo‘llar qurilishida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu tashabbus hududlarda transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish, aholi uchun qulay yashash va erkin harakatlanish imkoniyatlarini yaratishda katta ahamiyat kasb etadi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM