⏺Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida
"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari tantanali ruhda nishonlanmoqda.
"Ilm – eng ulug‘ sharaf!" shiori ostida ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori kayfiyatda tashkil etildi.
⏺Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev Termiz shahridagi 3
-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan
"So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.
⏺O‘z nutqida shahar hokimi bitiruvchi yoshlarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabriklab, ularga katta hayot ostonasida omad va muvaffaqiyat tiladi. Shu bilan birga, yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlash, ulardan unumli foydalanish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish singari ezgu maqsadlar sari intilishga chaqirdi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram