Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
4.92K subscribers
37.9K photos
4.94K videos
71 files
12.3K links
🇺🇿Termiz shahar hokimligining rasmiy axborot kanali

Web site:
http://termizsh.uz/
Facebook:
https://www.facebook.com/termizshahar.hokimligi

☎️Мурожаат учун телефон:
➡️+998(76) 224-00-61
➡️+998(76) 224-13-12
Download Telegram
Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari tantanali ruhda nishonlanmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatidagi 992 ta maktabda "Ilm – eng ulug‘ sharaf!" shiori ostida ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori kayfiyatda tashkil etildi. Joriy o‘quv yilida viloyat bo‘yicha 35 665 nafar 11-sinf o‘quvchisi maktabni muvaffaqiyatli yakunlamoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Termiz tumanidagi 5-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri hamda ushbu ta’lim dargohining 100 yillik yubiley tantanasida ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘z nutqida viloyat rahbari bitiruvchi yoshlarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabriklab, ularga katta hayot ostonasida omad va muvaffaqiyat tiladi. Shu bilan birga, yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlash, ulardan unumli foydalanish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish singari ezgu maqsadlar sari intilishga chaqirdi.

Ayni paytda, 1 227 nafar o‘quvchi ta’lim olayotgan ushbu maktabning 100 yillik yubileyi munosabati bilan muassasada zamonaviy ta’lim sharoitlarini yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Viloyat hokimi mutasaddi idoralarga o‘quv xonalarini zamon talablariga mos ravishda jihozlash va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari tantanali ruhda nishonlanmoqda. "Ilm – eng ulug‘ sharaf!" shiori ostida ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori kayfiyatda tashkil etildi.

Termiz shahar hokimi Sh.Lolayev Termiz shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi. Tadbir davomida hokim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab bitiruvchilariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi.

O‘z nutqida shahar hokimi bitiruvchi yoshlarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabriklab, ularga katta hayot ostonasida omad va muvaffaqiyat tiladi. Shu bilan birga, yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlash, ulardan unumli foydalanish va Vatan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish singari ezgu maqsadlar sari intilishga chaqirdi.

🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish: https://t.me/termizshh
Telegram | YouTube | Facebook | Web-site | Twitter | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM