🗣Bugun barcha maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” yangramoqda⏺Ana shunday tadbirlardan biri Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasiga biriktirilgan Termiz shahridagi 18-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari, maktab o‘qituvchilari, ota-onalar, o‘quvchilar hamda boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.
⏺Dastlab, 11-sinf bitiruvchilariga davlatimiz rahbarining tabrik so‘zi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng, Bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X. Xalbayev bitiruvchilarni katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi.
⏺Tadbir o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan she’r va kuy-qo‘shiqlar bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda davom etdi.
⏺Tadbir yakunida 11-sinf bitiruvchilari so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangi ostida kuzatib qo‘yildi.
🇺🇿Termiz shahar hokimligi Axborot xizmati
✅Kanalga ulanish: https://t.me/termizshhTelegram |
YouTube |
Facebook |
Web-site |
Twitter | Instagram